Ijtimoiy fanlar


Ijtimoiy tarmoqlarni ommalashtirish



Yüklə 434,96 Kb.
səhifə33/60
tarix09.12.2022
ölçüsü434,96 Kb.
#73284
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60
Ma\'ruza matni (3)

6.4. Ijtimoiy tarmoqlarni ommalashtirish

Jahonda globallashuv jarayoni va inson tafakkuriga axborot bosimining kuchayishi natijasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tez sur’atlarda rivojlanishi tufayli insoniyatning global internet tarmog‘iga qaramlik darajasi ortib bormoqda. Shu sababli, global internet tarmog‘i jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy qarashlarni shakllantirish, rivojlanish jarayoniga bevosita ta’sir etish va o‘zgartirishda asosiy vositalardan biri bo‘lib qolmoqda.


Ayni vaqtda, milliy segment saytlarini OAV sifatida rivojlanib borishi «transformatsiyalashgan matbuot nazariyasi»ga asosan shakllanmoqda. Bugungi kunda «transformatsiyalashgan matbuot nazariyasi» («transformatio» lotincha, «o‘zgartirish», «qayta tuzish») termini orqali jurnalistikani demokratik institut sifatida qayta tuzish, OAV faoliyatini tubdan o‘zgartirish va takomillashtirish orqali yangi davr – axborotlashgan jamiyatga xizmat qiluvchi «transformatsiyalashgan matbuot» tushunilmoqda.11
Internet tarmog‘ida joylashtirilgan ma’lumotlarning asosiy foydalanuvchilari yoshlar ekanligi, internet tizimi tomonidan taqdim etilayotgan tezkor aloqa imkoniyatlari yoshlarga mo‘ljallangan saytlarni jadallik bilan rivojlanishiga olib kelmoqda. Bunday kommunikativ imkoniyatlar yoshlarning internet imkoniyatlariga ishonchini oshirdi, ularning xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan hamkorlari, do‘stlari, hamkasblari, qarindoshlari va izdoshlari bilan sifatli aloqa vositasi rolini bajardi. Shu bilan birga yoshlarning muayyan qismi internet tarmog‘ida bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish salbiy mazmundagi axborotlar majmuasi, demokratik jamiyat rivojlanish tendensiyalariga zid bo‘lgan, buzg‘unchi g‘oyalarni tarqatayotgan saytlar ta’siriga tushishiga sabab bo‘lmoqda. Globallashuv va axborot bosimi muttasil oshib borayotgan davrda ayrim xorij davlatlar hududida zararli ta’sirga tushib qolgan yoshlar faoliyatini tasvirlovchi, ularning tajovuzkorlik, bosqinchilik, jinoyatchilik, giyohvandlik, buzg‘unchilik faoliyatini tashviqot qiluvchi ma’lumotlarga ega bo‘lgan internet saytlarining soni ortib bormoqda. Internet tarmog‘ida ma’naviy buzuqlik va turli g‘arazli maqsadlarni, konstitutsion tizimga qarshi, demokratik jamiyat qurish talablarini inkor etishni targ‘ib qiluvchi, tinch osoyishta ijtimoiy, iqtisodiy turmushni buzishga undovchi ishlar bilan shug‘ullanayotgan internet saytlar soni oshib bormoqda.
Bugungi kunda internet xavfsizligini ta’minlash va uning salbiy ta’sirini kamaytirishda «tanaziyalashgan matbuot nazariyasi»dan kelib chiqib yondashish lozim. Ushbu «tanaziyalashgan matbuot nazariyasi» termini orqali iste’molchilar jamiyatini tirik organizm sifatida idrok etib, real hayotni siyosiy, madaniy, ijtimoiy, huquqiy, diniy, tibbiy, iqtisodiy, axborot xavfsizligi omillari orqali ichdan yemiruvchi, axborotlashgan jamiyatning salbiy holatidagi «o‘lik matbuot» prognozi tushuniladi.
(1-диаграмма).


Yüklə 434,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin