Veb saytlar qanday turlarga bo‘linadi? Veb sayt nima? Veb (inglizcha Web) so‘zi aslida o‘rgimchak to‘ri degan ma’noni bildiradi, internet tarmog‘i hozirda xuddi o‘rgimchak to‘ri kabi bir biriga ulanib ketgan millionlab kompyuterlardan iboratdir. Sayt esa ana shu tarmoqda joylashgan va o‘zida biror ma’lumotni jamlagan sahifalardir. Bu sahifalarda asosan matnlar (tekst), rasm, audio, video kabi ma’lumotlar joylangan bo‘ladi. Dunyoning istagan yeridan bularni ochish va ko‘rish imkoni mavjud bo‘ladi.
Veb saytlarning qanday turlari bor?Bugungi kunda saytlarning turlarini aniq sanab aytish qiyin, chunki har sohada, har mavzuda saytlar ochilmoqda… Lekin asosiy turlarni sanab o‘tamiz. Bular:
Ijtimoiy tarmoqlar (facebook.com, ok.ru, vk.ru, muloqot.uz, twitter.com)
Korxona, tashkilot saytlari (apple.com, ucell.uz, gov.uz, bank.uz)
Shaxsiy saytlar (Mashur shaxslar, qo‘shiqchilar, shoirlar, davlat arboblari haqidagi saytlar)
Fotogallereyalar (flickr.com , shutterstock.com)
Yangiliklar sayti yoki portal (islom.uz, kun.uz , darakchi.uz, ziyonet.uz )
Qidiruv tizimlari (Google.uz, yandex.ru)
Forum va chat (tforum.uz, forum.ziyouz.com, forum.islom.uz)
Media mahsulotlari – Audio, videolar (mytube.uz, mover.uz, mp3.uz)
Yelonlar, umumiy savdo, yoki kataloglar sayti (torg.uz, glotr.uz, zor.uz, kplus.uz)
internet do‘konlar (Masalan: amazon.com, souq.com, esavdo.uz, korzinka.uz)
Va boshqa turdagi saytlar mavjud.
Veb sayt ochish nima uchun kerak?Sayt ochish turli sohadagi odamlarga har xil maqsadlar uchun kerak bo‘aldi. Masalan, tadbirkorlar uchun o‘z korxonasining veb sayti bo‘lishi bu – mijozlarga qulaylik tug‘diradi. Hatto yangi mijozlar orttirishga sabab bo‘ladi. Chunki internetdan biror mahsulot yoki xizmat turini izlagan odam sizni vebsaytingizga duch keladi va sizning korxonangiz bilan tanishadi.
Agar siz ijodkor bo‘lsangiz yoki ilm-fan bilan shug‘ullansangiz, u holda o‘z sohangiz haqida veb sayt ochib bilimlaringizni boshqalarga ulashasiz. Yoki ijodingizni namoyish qilasiz. O‘zingiz bilan hamfikr odamlar bilan tanishasiz.
Savdo bilan shg‘ullansangiz, tovar va mahsulotlaringizni o‘z saytingizga joylab buyurtmalar olishingiz mumkin. Mahsulotingizni odamlarga reklama qilasiz.27