Ijtimoiy fanlar


Axborot xavfsizligining vazifalari



Yüklə 434,96 Kb.
səhifə44/60
tarix09.12.2022
ölçüsü434,96 Kb.
#73284
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
Ma\'ruza matni (3)

Axborot xavfsizligining vazifalari:
1) shaxs va jamiyatning axborot qabul qilish va undan foydalanishga bo‘lgan huquqini ta’minlash;
2) xolis axborotlar makonini ta’minlash (mustaqil OAV tizimini yaratish orqali);
3) informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarni bartaraf etish yo‘li bilan ushbu yo‘nalishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan terroristik tahdidlar, jumladan, telefon orqali, kompyuter tizimi orqali ro‘y beradigan xavflarni, shu orqali noqonuniy mablag‘larning bir manbadan ikkinchisiga oqim ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
4) shaxsni, tashkilot va yaxlit jamiyatni axborot-psixologik tahdidlardan himoya qilish;
5) imidjni shakllantirish, turli bo‘hton, mish-mishlar va noo‘rin xabarlarga qarshi kurashish.
Axborot xurujlari turlicha bo‘lgani uchun unga nisbatan xavfsizlik choralarini ko‘rish ham turli sohalarda (siyosat, iqtisodiyot, mudofaa) va turli jabhalarda (davlat miqyosida, xududiy, tashkilish, shaxsiy) amalga oshiriladi. Ya’ni, davlat miqyosida axborot xavfsizligini ta’minlashga aloqador bo‘lgan ishlar muayyan bir tashkilot doirasida amalga oshiriladigan axborot xavfsizligidan farq qiladi. Birinchisiga gap milliy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risida ketsa, ikkinchi xolatda tashkilotdagi muayyan ijtimoiy guruhlararo axborot almashinuvida bo‘hton, to‘xmat, mish-mishlar tarqatishga bog‘liq bo‘lgan salbiy xolatlar nazarda tutiladi. Lekin ikkala xolat ham axborot xurujlariga odamlarning normal faoliyatlari uchun xalaqit beruvchi omil sifatida qaraladi.
Axborot xurujlari – bu shaxsga, muayyan tashkilot va davlatga yo‘naltirilgan ta’sir bo‘lib, uning asl maqsadi o‘sha shaxs, tashkilot va davlatning normal hayot tarzining buzilishini nazarda tutgan siyosiy va ijtimoiy guruhlarning g‘arazli niyatlaridan kelib chiqadi.
Tezkor tapaqqiyot odatiy tamoyillar katori vaqt va makonmutanosibligiga xam o‘z ta’sirini ko‘rsatmokda. Barcha faoliyatjarayonlarida yangicha yondashuv va rivojlanish strategiyalariningshakllanishi insonlar va mintaqalarning yakkalikdan yaxlitlikka yuzburishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida "odamlarni ma’lum birmanfaatlarga xizmat kiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan,turli ma’no-mazmundagi axborot bosimlarining doimiy ta’siri ostidayashashga majbur qilmoqda.
Bugungi kunda axborot juda keng tarqalgan bo‘lib, har taraflama rangbarang ma’nolarda tushuniladi. U ishtirok etmagan bilim sohasini topish qiyin. XXI asr axborotning nazariy va amaliy ijodi eng cho‘kkisiga еtgan asr xisoblanadi. Shuning uchun xam XXI asrni axborot asri deb ta’kidlashmokda.
Axborotga quyidagicha ta’rif berish mumkin - axborot manbalari va takdim etilish shaklidan kat’i nazar, shaxslar, predmetlar, faktlar, vokealar,xodisalar va jarayonlar to‘g‘pisidagi ma’lumotlar majmuidir.
Jahon tajribasidan ma’lumki, davlat axborot infrastrukturasining rivojlanishi jamiyat va davlatning xamma jabxalarini, jumladan, odamlarning dunyokarashini va ularning mexnat, ijtimoiy va siyosiy xayotda ishtirok etishi shartlarini uzgartirib, jamiyat rivojlanishini tezlashtiradi.
Tig‘iz axborotlashgan jamiyatda "shaxs-jamiyat-davlat" alokadorligi, ularning o‘zaro uzviyligi va yaxlitligini ta’minlash bir muncha kiyinlashadi. Chunki axborot okimi tezlashgan va axborotlar girdobida yashash kabi murakkab, ziddiyatli vaziyatning yuzaga kelishi bevosita shaxs tafakkurining, inson dunyokarashining keskin uzgarishiga sabab bulmoqda. 23 Bugungi kunda, rivojlangan texnika davrida turli xil ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali tez va oson topishmumkin. Jumladan, buzg‘ynchilik, tajovuzkorlik, noaxlokiy xulqni shakllantiruvchi ma’lumotlar ham anchagina. Ayniqsa, bunday manbalar o‘sib kelayotgan yosh avlodlar ongiga ta’sir ko‘rsatayotganligi juda achinarli xoldir.
Axborot orqali yuzaga kelgan psixologik mojarolar sharoitida davlat axborot siyosatining vazifasi jamiyatni salbiy axborot, psixologik xurujdan ishonchli saqlash, qat’iy himoya qilish mexanizmini yaratish bilan belgilanadi.
Har bir yangi axborot-psixologik mojaro himoya kilinayotgan jamiyat uchun yangi taxdidlarni keltirib chikarishi xam mumkin. Demak, taxdid kancha ko‘p bo‘lsa, xadik va ishonchsizlik shuncha ko‘payadi. Ana shunday ma’naviy, ruxiy, ijtimoiy vaziyatdan kelib chikib, jamiyat kayfiyatini muvofiklashtirib, yo‘naltirib, boshkarib turishi muxim axamiyat kasb etadi.
Axborot-psixologik xavfsizlik bu bevosita siyosiy mojarolarning oldini olish, eng avvalo, insonning o‘zini o‘zi tushunishi va fukarolararo munosabatlarni yuksak ma’naviy-ma’rifiy mezonlar asosida shakllantirish, axborot qurolidan zamonaviy insonparvar tafakkurni, ijodkorlik ruxini, yaratuvchilik kobiliyatini, bunyodkorlik imkoniyatlarini shakllantirishni taqozo qiladi.
Hozirgi kun jamiyatni boshqarish, zamon me’yorlari asosida kishilik taraqqiyotini ta’minlashning yangi usul va uslublarini qidirib topish zaruriyatini paydo qiladi. Jumladan, siyosiy-xykuqiy, tashkiliyiktisodiy, ijtimoiy psixologik va axborot tizimini boshkarish kabi kator, bir-biriga uzviybog‘liq, bulgan yo‘nalishlarda boshkaruvning eng makbul uslubini topish,bevosita xokimiyat va unga ishonch, jamiyat va davlat tarakkiyotinita’minlashda fukarolar yakdilligi, ma’naviy va g‘oyaviy jixatdanbirligini ta’minlashni takozo etadi.
Ommaviy axborot vositalari ta’siridagi buzrynchi yoki ongni zararlovchi g‘oyalarning oldini olish fakat yosh avlodning ta’lim tarbiyasiga e’tiborni kengaytirish va to‘g‘pi tashkil etish xamda sifatlita’sirni kuchaytirishdan iborat. Bunda, albatta, pedagoglar,psixologlar, jamoatchilik, ota-ona kabi bolaga ma’sul shaxslarningbilim saviyasi va xayotiy tajribalari ayniqsa axamiyatlidir.
Ommaviy axborot tizimi ayni paytda ochiq axborot tizimi xisoblanadi. Chunki dunyo miqyosida axborot tarqatishni ma’lumdavlatdan yoki bir joydan turib, nazorat qilib, tartibga solib bo‘lmaydi. Shuning uchun xam bu tizim ochiq ommaviy axborot tizimi debnomlanadi.
Ochiq axborot tizimi deganda axborot vositalari va undaberilayotgan axborotlarning oshkoraligi, dunyo axborot maydonida axborot almashinuv jarayonining jamiyat extiyoji sifatida namoyon bo‘lishi va axborotlarning shaxs xayoti-faoliyatining ajralmas qismiga aylanib borishi jarayoni tushuniladi.
Axborot olish kafolati bu bevosita shaxsiy manfaatdan ustun turadigan, umummilliy manfaatga daxldor bulgan qadriyatga aylanmog‘i lozim. Ana shunday sharoitda qanday mazmundagi axborotni tarqatishni man etish, jamiyatning psixologik xolatiga salbiy ta’sir etuvchi ijtimoiy, milliy, etnik, diniy tafovut va kelishmovchiliklarni kuchaytiruvchi, zuravonlik va urushni targ‘ib etuvchi pornografiya, maishiy buzg‘unlik, shaxslar mavqei, obrusi va sha’niga salbiy ta’sir etuvchi axborotlarni chegaralashning norasmiy, vijdon bilan bog‘liq bulgan, sog‘lom aql va yuksak tafakkurga tayangan ma’naviy-ruxiy me’yorlarni vujudgakeltirish muxim axamiyat kasb etadi. XX asrning ikkinchi yarmi tezkor, keng kulamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish davri, xayotningdeyarli barcha jabxalariga va inson faoliyatiga kirib borishi, shuningdek, axborot makonining globallashuvi, butun jaxon rivojigata’sir kursatgan va kursatayotgan omili sifatida e’tirof etilmoqda. E’tiborli jixati, mamlakat ichida va tashqi dunyoda faol axborot almashinuviga odamlar extiyoji juda ortib bormoqda. Axborot soxasining bunday tezlik bilan rivojlanishi, uning potensiali va imkoniyatlarining usishi, jamoatchilik va davlat xayotidagi turli xil yo‘nalishlarda keng tarzda ishlatilishi, yangi - XXI asrdagi odamzot taraqqiyotini aniqlab beruvchi muxim omillardan biri bulishiga asosdir. Bugungi kunda kundalik xalqaro munosabatlarda "axborot urushi", "axborot karama-karshiligi", "axborot bosimi" kabi tushunchalar kupishlatilayotganligi axolini axborot xurujidan ximoyalash bo‘yicha choralar kurish muximligini yanada oshiradi. Ushbu muammoning dolzarbligi yana shundaki, xozirda odamlar (shaxs, ijtimoiy gurux, jamiyat) ongi shakllanishida ma’lum darajada ommaviy axborot voqealarining faoliyati va axborot resurslarining ta’siridadir. Shuning uchun, ayniqsa ochiq axborot tizimi sharoitida shaxs, jamiyat va davlatning axborot, axborot-psixologik xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni xal qilishning axamiyati yanada oshadi. Ayni vaqdta, axborot tizimi imkoniyatlarini milliy manfaatlarni ximoyalash va 25 rivojlantirish, shuningdek, global axborot makonida davlatning manfaatlarini amalga oshirish uchun kulay sharoit yaratish yulida foydalanish juda muxim xisoblanadi.
Axborot-psixologik xavfsizlik deb - individual, guruhiy psixologik va omma psixologiyasiga, jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, ekologik va boshqa sohalariga qaratilgan turli darajalardagi salbiy ta’sir o‘tkazishlardan himoyalanganlik holatini tushunish lozim.
Bunda axborot-psixologik tahdidlardan himoyalash asosiy maqsad qilib olinishi hamda maqsadga yo‘naltirilganligi bo‘yicha ularni tabaqalashtirish mumkin:
- ijtimoiy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
- iqtisodiy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
- siyosiy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
- ma’naviy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
- fan va texnika sohalaridagi axborot-psixologik tahdidlar;
- harbiy sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
- xavfsizlik sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar;
- ekologiya sohadagi axborot-psixologik tahdidlar;
- ta’lim-tarbiya sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar;
- tibbiyot sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar;
- madaniyat sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar;
- oziq-ovqat sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar;
- boshqaruv sohasidagi axborot-psixologik tahdidlar va b.



Yüklə 434,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin