Ijtimoiy fanlar


Hind mutafakkiri M. Gandi



Yüklə 434,96 Kb.
səhifə47/60
tarix09.12.2022
ölçüsü434,96 Kb.
#73284
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60
Ma\'ruza matni (3)

Hind mutafakkiri M. Gandi ham diniy qoida va an’analarga sodiq qolgan holda diniy aqidaparastlik va ekstremizmga qarshi kurash olib borgan. Jamiyatning kastalarga bo‘linishini va ular o‘rtasidagi tengsizlikni qoralagan. Xotin-qizlarning tengligi va ularning haq-huquqi uchun kurashgan, ammo jamiyatdagi tabaqalanishni tugata olmadi.
Xristianlik dini tarkibida katolik, pravoslav, protestantlik yo‘nalishlarini paydo bo‘lishida nima sabab bo‘ldi! iqtisodiy manfaat va tafovutdan boshqa sabablar ikkinchi darajali hisoblanadi. Tarixiy fakt: o‘rta asrlarda aholi daromadning o‘ndan bir qismini soliq shaklida cherkovga to‘lagan. Ruhoniylar tushumlarni ko‘paytirish maqsadida xizmat to‘lovlari miqdorini oshirib borish bilan birga mansabni suiste’mol qilish, tamagirlik, poraxo‘rlik kabi vositalardan foydalanar edilar. Birgina misol, indulgensiyalar (lotincha ihduigehtia – rahm-shafqat degan ma’noni anglatadi) joriy qilib, uni sotishni keng yo‘lga qo‘yish asnosida katta iqtisod qilganlar.
Islom dinidagi ilk bo‘linish ham moddiy manfaatdorlikdan boshqa narsa emas. Xususan, VII asrning o‘rtalarida turli guruhlarning siyosiy hokimiyat uchun o‘zaro kurashlari natijasida paydo bo‘lgan bo‘linish zamirida ma’naviy barkamollikni saqlab qolish emas balki, hukmronlikka erishish asnosida iqtisod qilish yotganligi oddiy haqiqat. To‘rtinchidan, diniy e’tiqoddagi uzilish va sun’iy tarzda yondashuvning avj olishi. Tarixdan bizga ma’lumki, sharq mamlakatlarida so‘ngi ming yillik mustamlakachilik siyosati ta’sirida o‘tdi. Buning natijasida insonlar e’tiqodida tom ma’nodagi еmirilish yuzaga keldi. Xususan, XX asrda dunyoning ikki tizimga bo‘linishi tufayli yuqoridagi muammolar (diniy e’tiqoddagi bo‘linish, turli manfaatlarni siyosiy-iqtisodiy tus olishi) bir oz (vaqtinchalik) ortga surildi. Ammo XX asrning oxirida kommunistik tuzum va mafkuraning mag‘lubiyati sababli oldingi muammolar yana qalqib chiqa boshladi. Ya’ni industrial davlatlar bilan rivojlanayotgan va qoloq davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning avj olishi natijasida mazkur muammolar turli ko‘rinishlarda, xususan din sohasida o‘ta keskin tus oldi. Buning oqibatida hech bir diniy qarashlarga to‘g‘ri kelmaydigan qarashlar (guruhlar)ni yuzaga kelishida zamin yaratildi.
Bugun dunyo taraqqiyoti shu darajaga еtdiki, endi mafkuraviy kurash, ma’naviy salohiyat еtakchi o‘ringa chiqdi. Endi qurol-yaroqlar emas, balki «fikrga qarshi faqat fikr, g‘oyaga qarshi faqat g‘oya» bilan kurashib olg‘a borish mumkin. Kimning mafkurasi, milliy g‘oyasi kuchli bo‘lsa, o‘sha еngib chiqadi.
Mafkuraviy kurash bir jamiyat, mamlakat ichida ham, xalqaro va davlatlararo miqyosda ham davom etmoqda.
Hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar tobora keskinlashib bormoqda. Muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsion tizimni zaiflashtirish va buzishga yo‘naltirilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi mafkuraviy tajovuzlar keskinlashmoqda. Bunday tajovuzga qo‘l urayotgan yovuz kuchlar o‘z jirkanch maqsadlariga erishish uchun har qanday usullardan, odamlarning diniy, milliy hissiyotlari, hayotda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklaridan, shuningdek, zamonaviy texnika, telekommunikatsiya vositalaridan ustalik bilan foydalanishga harakat qiladilar. Bugungi kunda ularning aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan g‘oya bilan egallashlari ya’ni buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm, axloqsizlik g‘oyalarini singdirish kabi g‘arazli maqsadlari xalqqa ayon bo‘lib bormoqda.

Yüklə 434,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin