Agrobiznes – bu qishloqdagi agrofirmalar bilan sanoat xos resursdagi birgalikda ishlatib, iste‘molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi.
Agrofirma – ma‘lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir. Bunday korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik aosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin.
Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.
Agrosanoat birlashmalari – bir turdagi mahsulot ishlab chmqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir nechta xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi tsex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtiroqchilari ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.
Agrosanoat kombinatlari qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo’jalik va korxonalarning ma‘lum bir hududida birlashuvidir. Qishloq xo’jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo’jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo’shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Agrobiznes turiga ko’ngilli va paychilik mablag’lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham kiritish mumkin.