1.3Chidamlilikni rivojlantirish metodikasi: Muskul ishi faoliyatida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish davomida charchoqka qarshilik ko'rsatish darajasi chidamlilik sifati deb ataladi.
Jismoniy mehnat (sport faoliyati)ni bajarayotgan kishi sekin asta o'z faoliyatni davom ettirishi qiiynlashayotganligini sezadi. Ter quyuilib oqa boshlaydi, yuzida qizillik kuchayadi, rangi o'zgaradi, muskullarida xorg’inilik sezadi, harakat koordinatsiyasi, harakat texnikasi tarkibidagi elementlaming bajarish ketma-ketligi buziladi, nafas olishi ritmi chuqurligi o'zgaradi. Bajarayotgan harakati tarkibida qo'shimcha keraksiz harakatlar paydo bo'ladi, qo'shilib qoladi. Bunga asosan, organizmda kechayotgan fiziologik, bioximiyaviy va biomexanik o'zgarishlar sabab bo'ladi. Faoliyatni davom ettirish esa ruhiy, irodaviy va boshqa sifatlar evaziga bajariladi. Bunday holatni konpensatsiyali charchoq fazasi deyiladi.
Agarda iroda namoyon qilish darajasini ortganligiga qaramay, ish intensivligi pasaya borsa, konpensatsiyasiz charchoq fazasi boshlanganligini kuzatamiz.
Charchoq o'zi nima mehnat (mashq qilish) davomida ish qobiliyatining vaqtihchalik susayishi charchoq deyiladi. Bir xil ish faoliyati davomida charchoq turli kishilarda turlicha bo'lishi amaliyotda isbotlangan. chunki, har bir individning chidamliligini rivojlanganligi turlichadir.
Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosidan charchash mavzusiga katta e'tibor berilgan. Bir minginChi yili yozishni boshlab, bir ming yigirma to'rtihchi yili mukammal tarixiy ilmiy asarga aylangan «Kitob ul qonun fit Tib”da surunkali jismoniy mashq bajarish charchoqni vujudga keltirishiga to'xtalib uni to rt xilga ajratib izoh bergan:
Yarali charchash - unda terini yuzida yoki tagida yara kabi narsa seziladi.
Qotib charchash - unda kishi go'yo gavdasini ezilgan yoki majag’langan gumon qilib tanasida issiqlik va bo'shashishni sezadi.
Shishli Charchash - bunda tana odatdagidan qizarganroq bo'lib, g’ovlaganga o'xshash hissiyat sezadi.
Ozib Charchash - unga uchragan kishi gavdasini qurigan va kovjiraganroq Chidamlilik vositalar va vositalarsiz o'lchanadi. Chidamlilikni vositali o'lchash uchun ma lum tezlik bilan yugurish tavsiya qilinadi, hamda o'sha intensivlikni bo'shashtirmay ushlay olish vaqti (tezlikni susayishi boshlangunga qadar) hisoblanadi. Shuning uchun to'g’ridan-to'g’ri chidamlilikni o'lchash juda noqulay. Ko'proq vositasiz ulchashdan foydalaniladi. Sport amaliyotida, uzoq masofaga (10.000 m; 20.000 m) yugurish uchun sarflangan vaqtiga qarab chidamlilikga baho beriladi.
Chidamlilik talab qilinadigan mashqlarni bajarishda insonning funktsional imkoniyatlari, bir tomondan, lozim bo'lgan harakat malakalari va texnikani egallanganligi darajasiga bog’liq bo'Isa, boshqa tomondan, organizmning aerob va anaerob (kislorodli, kislorodsiz) imkoniyatlariga bog’liq. Nafas imoniyatlarining xususiyligi nisbatan yuqori emas, ular harakatni tashqi formasiga ham aytarli bog’liq bo'lmaydi. Shuning uchun yugurish mashqi yordamida o'zini aerob imkoniyatlarining darajasini oshirgan shug’ullanuvChi boshqa harakatlarni, masalan, eshkak eshish, yurish, velosipedda yurish mashqlarni bajarishda ham o'zining chidamliligidan ijobiy naf oladi. Misol, yurish va yugurishdagi harakatlaming koordinatsiyaviy tuzulishi va tezlik, kuch xarakteristikasi ko'phollarda turliCha. Trenirovka orqali yugurishda erishilgan tezlikni yaxshilanganligi yurushni maksimal tezligiga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsata olmaydi. Ya'ni “ko'chish” yo'q. Yugurish tezligi yurish tezligini o'zgarishiga ta'sir ko'rsatmagan. Lekin uzun masofadagi shug’ullanganlik bir vaqtni o'zida yurish bilan yugurishda biri-biriga «ko'chishi» mumkinligi ilmiy-amaliy isbotlangan (V.M.Zatsiorskiy va boshqalar). Demak, koordinatsiyaviy biri-biriga yaqin bo'lgan harakatlarni bajarishda sportChi organizmining vegetativ sistemasini funktsional imkoniyatini e'tiborga olsak umumlashtirilgan holat, shartli aytilganda, “vegetativ” shug’ulaganlik chidamlilikning “ko'chishi” (o'tish)ga qulay imkoniyat ochiladi. Lekin har bir holatda ko'chish ro'y bermasligi organizmning energiyasi imkoniyatlariga, harakatlaming barcha sifat xususiyatlariga talab qo'ymay, harakat malakalarining o'zaro muvofiqlashuvi xarakteriga ham bog’liq bo'ladi.
Umumiy va maxsus chidamlilikning aniq vazifalarini hal qilish og’ir, ko'ngilga tegadigan darajadagi bir xil va eng katta hajmdagi og’ir ishni bajarishni taqazo qiladi. charchash toliqishga aylana boshlanganda ham mashqni to'xtatmaslik talab qilinadi. Bu esa ruhiy tayyorgarlikning namoyon bo'lishi uchun yuqori darajada katta talabni qo'yadi.
Chidamlilikni rivojlantirish mehnat sevarlikni, katta nagruzkalarga, shuningdek, nihoyatda horg’inlik hissiga bardosh berishga tayyor turishni tarbiyalash bilan olib boriladi. Sportchilar mashg’ulotda ozmi-ko'pmi charchoqni his qilsalargina, ularda chidamlilik ortib boradi. Bu esa tashqi tomondan chidamlilikning ortib borishida namoyon bo'ladi. Moslashuv o'zgarishlaming miqdori va qay maqsadga qaratilganligi, mashg’ulot yuklamalari natijasida organizmdagi javob reaktsiyasi xarakteri darajasi bilan belgilanadi.
Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamini kriteriyasi va komponentlari muhim ahamiyat kasb etadi. Chidamlilik mashg’ulotlar davomida sportchini bir oz bo'lsada charchashni his qilishi orqali rivojlanishiga e'tibor bersak yuklamadan so ng tiklanish juda oz vaqt ichida sodir bo'lsa chidamlilikni rivojlanmasligi ma lum bo'ladi. Ish hajmi katta bo'lib charchoq his qilish bilan bajarilsa organizm yuklamaga moslasha boshlaydi va qator mashg’ulotlardan so'ng chidamlilikni ortib borayotganligi ko'zga tashlanadi. Moslashuv organizmdagi o'zgarishlar darajasi, yuklamaga javob reaktsiyasi xarakteri, uni ko'lami yo'nalishi orqali sodir bo'ladi. Har xil tipdagi nagruzkada charchoq bir xil bo'lmaydi.
Chidamlilik namoyon qilishda nafas muhim ahamiyatga egaligi ma lum bo'ldi. Shunga ko ra tihch, bir xil maromdagi ishlarda asosan burun orqali Chuqur nafas olish bilan mashq, ish bajarish to'g’riligi amaliyotda isbotlangan. Ma'lumki nafas, ko'krak, qorin, (bryushnoy press) va aralash muskullar - diafragma aralashuvi orqali olinadi. Kuchli zo'riqish bilan bajariladigan faoliyatda maksimal darajada o'pka ventilyatsiyasini yo'lga qo'yish uchun (N.G. Ozolin, V.V. Mixaylov) og’iz orqali chuqur nafas tavsiya qilinadi. Asosiy e'tibor nafas Chiqarishga qaratilishi, chunki o'pkadagi kislorodi kam bo'lgan havo yangi havo bilan aralashib ketmasligi keskin va chuqur nafas chiqarish tavsiya qilinadi.
Yuqori malakali sportchilarda chidamlilikni tarbiyalashda hozirgi zamon metodikasi biror mashg’ulotni o'zidagina emas, trenirovka mashg’ulotlarining yillik tsiklida ham juda katta hajmda ish bajarishni tavsiya qilmoqda.
Masalan, mashhur frantsuz stayyori Allen Mimun o'zini sport karperasi yillarida jami 85 ming km yurgan. Uni baholash maqsadida er shari aylanasi-ekvatori 40 ming km ekanligini e'tiborga olsak, Magellanni birichi marta uni aylanib o'tishi uchun 3 yil sarflaganligini ko'z oldimizga keltirishimiz lozim. “Sport yurushi” bilan shug’ullanuvchilar bitta trenirovka mashg’ulotida 100 km.gacha masofani o'tadilar.
Chidamlilikni tarbiyalashda faqat masofa uzunligini hisobga olish noto'g’ri natijaga olib kelishini unutmasligimiz lozim. Chunki jismoniy tayyorgarligi yuqori bo'lgan sportChi uchun 800 m ga yugurishga 1.45.0 dan tez vaqt sarflasa bu yuguruvChiga qayd qilingan masofa sprint masofasi bo'lib xizmat qiladi. YAngi o'rganuvChi uchun esa 3-3,5 min li muddat uzoq masofa rolini o'ynashi mumkin.