Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti jismoniy madaniyat kafedrasi,, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


Egilivchanlik va uni rivojlantirish usuliyati



Yüklə 62,9 Kb.
səhifə7/12
tarix10.08.2023
ölçüsü62,9 Kb.
#139053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
JISMONIY SIFATLAR SHAXZOD

2.2Egilivchanlik va uni rivojlantirish usuliyati:
Egilivchanlik - jismoniy fazilat bo'lib, harakat tayanch apparatlarining morfofunktsional xususiyatlari demakdir. Bu xususiyatlar shu apparat zvenolarining harakatchanligi, uning maksimal amplitudasi (og’ishi, egilishi, buklanishi, cho'zilishi, qayishqoqligi, buralishi va hokazolar) bilan o'lchanadi.
Egilivchanlik aktiv, passiv bo'lishi mumkin. Muskul kuchi evaziga bo'ladigan egilivchanlik aktiv; tashqi qarshilikni inertsiya yoki og’irligi evaziga tashqi taosir kuchi va hokazolar hisobiga namoyon qilinadigan egilivchanlik passiv egilivchanlik deyiladi.
Emotsionallik ko'tarinki kayfiyat va boshqalar egilivchanlikning namoyon bo'lishiga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishi amaliyotda isbotlangan. egilivchanlik chegaralanadi unda cho'ziladigan muskullarning qo'zg’aluvchanligi muhim ahamiyatga ega. Chunki uning tabiatida cho'zilayotgan muskullami himoyalash, saqlash xususiyati mavjud. Cho'zilayotgan muskullarning egiluvchanligi ortishi bilan ulaming qo'zg’aluvchanlik holati yuqori darajaga ko'tariladi. Bunda cho'ziluvchan muskullarning faoliyati ma lum darajada pasayadi.
Egilivchanlikni namoyon bo'lishi tashqi muhit temperaturasiga ham bog’liq. Temperaturaning ortishi bilan egilivchanlik ortib boradi. erta tongdan tungacha bo'lgan vaqt, boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda, egilivchanlikka ko'p ta'sir qiladi. Masalan, ertalab egilivchanlik ancha kamaygan bo'ladi. Mashg’ulot vaqtida egilivchanlik turli sharoitlar (harorat, kunning vaqti) ta'sirida o'zgarishini e'tiborga olish lozim.
Egilivchanlikni yomonlashuviga olib boradigan noqulay holatlami, chigal yozish (razminka) mashqlari yordamida muskullami qizitish bilan bartaraf etish mumkin. egilivchanlik charchash ta'sirida sezilarli o'zgaradi, aktiv egilivchanlik ko'rsatkichlari esa ortib boradi. Bolalar kattalarga qaraganda ancha egiluvchan bo'ladi, degan fikr unchalar to'g’ri emas. Bu fikmi boshqacharoq - bolalarda egilivchanlikni tarbiyalash kattalarga nisbatan osonroq ko'chadi, deb tushunsak to'g’rirok bo'ladi. Aktiv egilivchanlik bevosita muskul kuchi bilan aloqador. Lekin. kuchni rivojlantiradigan mashqlar bilan shug’ullanish bo'g’inlarda harakatchanlikni susaytirishi, chegaralash mumkin.
Lekin bunday salbiy ta'sirni engish mumkin. egilivchanlik va kuchni rivojlantiradigan mashqlami maqsadga muvofiq qo'shib olib borish yo'li bilan egilivchanlik jismoniy sifatini normal tarbiyalanishiga erishish mumkin.
Jismoniy tarbiya jarayonida egilivchanlikni mumkin qadar me'yoridan ortiq rivojlantirish salbiy oqibatga olib kelishi mumkin. Zaruriy harakatlami imkoniyat darajasida erkin bajarilishini ta'minlaydigan holatda rivojlantirish, uning me'yori esa harakat bajariladigan maksimal amplituda-dan ortmasligiga erishish, egilivchanlik zahirasini boyitishga olib keladi. egilivchanlikdan kelib chiqadigan gipertrofiya, bo'g’inlaming anotomik tuzilishi doirasida rivojlanish o'zini oqlamaydi, Chunki u rivojlanishning garmoniyasini buzadi, pedagogik maqsadlarga zid keladigan holga kelishi mumkin. Umurtqa pog’onasining tos son va elka bo'g’inlarining harakatchanligini tarbiya jarayonidagi ahamiyati beqiyosdir.
Egilivchanlikni rivojlantirish uchun maksimal harakat amplitudasidagi cho'zish, eshish, buklana olishni oshiradigan jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhga (aktiv va passivga) bo'linadi.
Aktiv harakatlarda bo'g’inlardagi harakatchanlik shu bo'g’indan o'tadigan muskullaming qisqarishi hisobiga ro'y beradi, passiv harakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi.
Aktiv mashqlar bajarilish xarakteriga ko ra bir-biridan farq qiladi. Ular bir fazali va prujinasimon (ketma-ket, ikki-uch marotabalab engashish) mashqlar. Ularga tananing ma lum a'zolarini yoki uning bir qismini tebratish, siltash (maxlar)lar, oxirgi holatini ushlash (fiksiya), qarshiliklami engish, og’irlikdan foydalanish mashqlari.
Bulardan tashqari maksimal amplitudada bajariladigan harakat davomida tanani qimirlatmay ushlash bilan (statik holatda) bajariladigan mashqlar ham shu guruhga kiradi.
Passiv statik mashqlarda gavdaning holati tashqi kuchlar hisobiga saqlanadi. Bu aktiv egilivchanlikni rivojlantirish uchun dinamik mashqlarga qaraganda samarasizroq, lekin passiv egilivchanlikni tarbiyalashda yuqori ko'rsatkiChlarga olib kelishi mumkin. Muskullaming cho'ziluvchanligi nisbatan kam bo'ladi. Agar bi harakatda ulaming uzunligini oshrishga harakat qilinsa, uning natijasi juda past bo'ladi. Biroq mashqlami takrorlayverish mashq qilish orqali ular qoldirgan natijalar yig’ilib, amplitudaning ortishi juda sezirarli bo'ladi. Shuning uchun egilivchanlikni oshirish mashqlari seriyalar bilan, har birini bir nechta marta qaytarib bajarish bilan rivojlantiriladi va shunday qilish ham zarur.
Seriyadan seriyaga o'tgan sari harakat amplitudasi kattalashtirilib boriladi. Har bir mashg’ulotda cho'ziluvchanlik mashqlarini og’riq sezguncha bajarish tavsiya etiladi. Og’riq paydo bo'lishi bilan mashq amplitudasi chegaralanadi. Agar mashqlami har kuni sistemali bir yoki bir necha marta bajarilsa, ulaming foydasi ko'proq bo'ladi. Agar egilivchanlikning erishilgan darajasini saqlab turish maqsad qilinsa, kamroq mashq qilish, ya'ni mashg’ulotlar sonini ozaytirib borish mumkin. Bu mashqlami mustaqil topshiriq sifatida uyga vazifa qilib berish samara beradi. Darslarda bu mashqlar asosan darsning asosiy qismi oxiriga, chigal yozish vaqtida va asosiy bo'lmagan mashqlar orasidagi intervallarda bajarish tavsiya qilinadi. egilivchanlik mashqlarini bajarishdan oldin muskullarda engil ter paydo bo'lguncha chigal yozish mashqlarini bajarish zamr. Bu mashqlar hisobiga erishilgan harakatchanlikning ortishi nisbatan uzoq davom etmaydi - xona temperaturasida 10 minutcha saqlanadi. Issiqlik tarqalishini kamaytirish (issiq kiyim kiyish) bilan, bu vaqtni ma lum darajada oshirish mumkin.
Bolalik va o'smirlik yoshida egilivchanlikni rivojlantirish oson bo'lgani sababli
10-15 yoshdagilardan boshlab bu sifatni rivojlantirishni rejalashtirish samara beradi. Kuch va uni rivojlantirish usuliyati:
Har qaysi individ tashqi ta'sir yoki qarshilikni engish uchun o'z jismidagi ma lum sifatni namoyon qiladi. Tashqi ta'sirga qarshi muskul zo'riqishi orqali harakat faoliyati - shaxsning kuchi, uning kuch qobiliyati deb atash qabul qilingan. SHug’ullanuvChi mashg’ulot paytida o'z tanasi tinch turgan holdan sport snaryadiga (uloqtirishda), o'z tanasini harakatlantirish maqsadida (gimnastika mashqlari va boshqalar), aylantirish, siljitish, ko'tarishga intilsa, ayrim hollarda uning teskarisi,. tananing o'zi, yoki uni bilagiga tashqi kuch ta'sir etishi bilan uning statitik holatini buzib o'z gavdasini oldingi (dastlabki) holatini ushlab turishga urinadi. Bokschining raqibi mushtining zarbi, kurashchini raqibi tomonidan kuch ishlatib uni tanasini ayrim bo'laklarini egishga dosh berishi tana holatini o'zgartirmaslik orqali ro'y beradi. Bunda shug’ullanuvchi va uning raqibi ma lum darajada qarshiliklami, og’irliklami engish va ko'tarishda ma lum darajada kuch sifatini namoyon qiladi.
Ilmiy tushuncha tarzida kuch imkoniyati boricha o'zining aniq ta'rifiga ega bo'lishi va farqlanishi lozim:
ljharakatning mexanik xarakteristikasi sifatidagi kuch (“tanaga «m» massasidagi «F» kuchining ta'siri...”);
2) inson jismidagi jismoniy sifat tarzidagi kuch (masalan, “yoshning ulg’ayishi bilan kuchning rivojlanishi; sportChi kuchini sport bilan shug’ullanmaydiganlarga nisbatan ko'p bo'lishi...” va h.k.).
Bu sifatning psixofizik mexanizmi muskul zo'riqishining boshqarilishi (regulyatsiyasi) va ulaming ish tartibi (rejimi) bilan aloqador. Muskulning taranglashishi insonning kuchini namoyon bo'lishiga olib keladi.
Ruhiy ozuqa olishi va harakatni ma lum tizimda bajarish markaziy hamda pereferik nerv sistemasi, xususan, nerv markazlaridan muskullarga kelayotgan signallarga va muskullaming o'z xizmati holatiga bog’liq. Umuman, muskul tarangligi - zo'riqishi (kuch namoyon qila olishi) quyidagilarga qarab aniqlanadi;

  1. markazdan muskullarga kelayotgan qo'zg’alishlaming chastotasiga (chastota qancha katta bo'lsa, muskul shunchalik zo'r darajada o'zining tarangligini oshiradi) ko'ra;

  2. zo'riqishga qo'shilgan harakat birligining soni bilan;

  3. muskulning qo'zg’aluvchanligi va undagi quwatning manbai miqdoriga qarab.

Muskul kuch namoyon qilishi uch xil rejimda zo'riqadi:
a) o'zining uzunligini o'zgartirmay (statik, izometrik rejimda). Tananing turliCha holatlarda (pozalar)da ushlash va h.k.lar bilan;
b) muskul uzunligini kamayishiga hisobiga, bardosh berish bilan (miometrik). Zo'riqish birday - o'zgarmay turadi, bunday rejim tsiklik va balastik harakatlardagi muskul qisqarishi fazalari evaziga sodir bo'ladi;
v) muskulni cho'zish vaqtida uning uzayishi hisobiga (yon berish, bo'sh kelish- pliometrik) kuch yuzaga keladi. O'tirib turish, uloqtirish, depsinishda muskul qisqarishi orqali shu kuch namoyon bo'ladi.
Bardosh berish bilan, yon berish, bo'shashtirish bilan kuch namoyon qilishni dinamik rejimdagi kuch deb atash qabul qilingan. SHunday qilib bunday sharoitlarda maksimal kuchni ko'lami turlicha qayd qilingan kuch namoyon qilishning asosiy xillari kuch qobiliyatining klassifikatsiyasi sifatida qabul qilingan.
Kuch qobiliyatlarining turlari muskul zo'riqishi tartibining kombinatsiyalashtira olish xarakteriga qarab farqlanadi. Statik rejimda va sekinlashtirilgan harakatlarda namoyon bo'ladigan shaxsiy-kuch qobiliyatlari va tezlik-kuchi hisobiga sodir bo'ladigan kuch (dinamik kuch), tez bajariladigan harakatlarda qo'llaniladi. Boshqachasiga buni shiddat (portlash) kuchi debham ataladi. Bunga qisqa vaqt ichida eng ko'p darajada kuch namoyon qila olish qobiliyati deb qaraladi. Portlash kuchi sakrashlarda depsinish orqali sakrovchanlik tarzida namoyon bo'ladi.
Muskulning o'ta zo'riqishini optimal yo'nalishi. Muskul kuchi belgilangan faoliyatning yo'nalishiga iloji boricha yaqinlashtirilishi, moslashtirilishi lozim. Masalan, nayza uloqtirishda zo'r berib tanaga tezlik berishimiz mumkin, lekin bu tezlik nayzani uloqtirishdagi zarbga moslanmasa, sarflangan kuch samarasiz bo'ladi, nayza mo'ljallangan traektoriyada uchmasligi mumkin. Past start olishda tananing og’ishi 54 va 72 gradusli burchak hosil qilgandan so'ng startdan chiqishning samarasi turlicha bo'ladi. Hisoblashlar ko'rsatmoqdaki, ikkala oyoqdan 180 kg kuch bilan depsinish 72 gradusdan start olganda, kuchning gorizontal yo'nalishi samaradorligi 55,62 dan oshmas ekan. Agar start 54 gradusda bajarilsa, depsinish kuchi samaradorli 105,80 kg bo'lishi mumkin. Harakat tezligini oshirish, gavdaga tezlanish berish uchun unga anchagina kuch ta'sir etilishi lozim. U qanchalik kuchli bo'Isa, tanani fazoda tezlanishi shunchalik qisqa vaqt ichida tez vujudga keladi. Lekin tezlik birdaniga oshmaydi. Buning uchun kuch anchagina vaqt ichida ta'sir etib turishi zarur. Maksimal tezlik olish uchun esa uzoqroq masofa lozim va katta kuch bilan ta'sir etish foydalidir. Oyoqning to'pga tegadigan ustki qismini qanchalik orqaga cho'zib to'p oralig’idagi masofa uzaytirilib oyoq kaftining to'pga tegish tezligi oshirilsa, to'pning zarbi kuchayadi. Yo'lning chegaralanishi tezlikni kuchayishini susaytiradi.
Kuchning ta'sir etish vaqti qanchalik oz bo'Isa, harakat tezligi shunCha yuqori bo'ladi. Gavda qiya chiziq bo'ylab tezlik oladigan bo'Isa shunCha ko'p ta'sir kuchi kerak bo'ladi.
To'g’ri chiziq bo'ylab harakat tezligi uchun qiya chiziq bo'ylab harakat tezligiga nisbatan ta'sir kuchi oz talab qilinadi.
Kuch oshirilishining uzluksizligi va birin ketinligi. Bu qoida N'yutonning ikkita (inertsiya va tezlanish) qonunidan kelib chiqadi. eng katta kuch harakatni boshlash uchun, tihch (turg’un) inertsiyani engish uchun kerak bo'ladi.
Masalan, shtangani ko'krakka olishga harakat boshlash uchun oyoqning va elkaning orqa muskullaridan, ulaming kuchidan foydalaniladi. Chunki uni to'xtatish yoki tihch turgan jism enertsiyasini ozgina bo'lsada, o'zgartirish uchun yana qo'shimcha zo'riqish talab qilinadi. Aslida bu zo'riqishdan mashq tezligini yanada oshirishda samarali foydalansa bo'lar ekan.
Mabodo yadro turtishning qaysidir joyida harakatning ozgina sekinlashtirilishi yoki ushlanishiga yo'l qo'yilsa, oldingi harakatning foydali effektidan mahrum bo'lib qolish mumkin.
Harakatlaming uzluksizligi va davomiyligi texnik tayyorgarligi yuqori bo'lgan sportchilarda, ayniqsa uloqtirish, sakrash, suzishning barcha turlarida yaqqol ko'zga tashlanadi va harakat samarasiga ta' sir qiladi.
Insonning kuch namoyon qila olishdagi asosiy faktor - muskul zo'riqishi, lekin uning tanasining massasi (vazni) ham ma lum darajada rol’ o'ynaydi. SHunga ko ra, absolyut va nisbiy kuch deb ham farqlanadi. Birinchisida insonning tanasi vaznini hisobiga olmay, qandaydir bir harakatda kuch namoyon qila olishi tushunilsa, ikkinchisida, uning tana vaznining har bir kilogrammiga to'g’ri keladigan qilib namoyon qilinadigan kuchning me'yori tushuniladi.
Kuchni o'lchash. Absolyut kuch inson dinamometriyasi ko'rsatkichlari va boshqalarga asoslanib, ko'tara oladigan yuk kuchini namoyon qila oladigan chegara tushuniladi. Nisbiysi esa absolyut kuchning shaxsiy vazniga (tana og’irligiga) nisbati bilan o'lchanadi. Vazni turli xil, lekin bir xil darajada shug’ullanganlikka ega bo'lganlarda absolyut kuch tana vaznining oshishi orqali ortadi, nisbiy kuch kamayadi. Buni shunday tushunish lozimki, tana vaznini qo'shilishi bilan uning og’irligi muskul kuchiga nisbatan ortib ketadi.
Qator sport turlarida (masalan, uloqtirishda) yutuq absolyut kuch hisobigagina qo'lga kiritiladi. Qaysiki tana vazni chegaralanadigan, vazn hisobiga olinadigan turlarda yoki tananing ko'p marotalab o'mi almashtirilib turiladigan sport turlarida (masalan, gimnastikada) yutuq nisbiy kuch bilan qo'lga kiritiladi. Kuchning namoyon bo'lishi harakatning biomexanik sharoitiga to'g’ridan-to'g’ri bog’langan: elka suyagining va boshqa gavda richagining uzunligi, muskullaming fiziologik-yo'g’on yoki ingichgaligi, cho'ziluvchanligi, chayir yoki mo'rtligi va h.k. larida e'tiborga olinadi.
Kuchni rivojlantirish metodlari. Muskul kuchining ortishi, asosan uni rivojlantirish metodlariga bog’liqdir.
Maksimal zo'riqish metodi, ya'ni me'yordagi yoki me'yorga yaqin og’irliklarni ko'tarish (o'z vaznining 90-95%), nerv muskul apparatining maksimal safarbarligi va muskul kuchining ko'p bo'lmasada ortishini ta'minlaydi. Ammo bu yuqori darajadagi nervpsixik zo'riqishi bilan bog’liq, ayniqsa, o'quvchilar kuchini rivojlantirishda noqulaylik tug’diradi. Oz mikdordagi qaytarishlar modda almashinuvi va boshqa plastik jarayonlami yo'lga qo'yolmaydi, natijada muskul massasi ortmaydi. Bu metod mashq texnikasi ustida ishlash uchun qiyinchilik tug’diradi, chunki me'yoridan ortiq nerv-muskul tarangiligi nerv markazidagi qo'zg’alishni generalizatsiyalashishiga va ishga ortiqcha muskul guruhlarining qo'shilib ketishiga olib keladi. Va nihoyat, shuni hisobga olish kerakki, xatto etarli darajadagi tayyorgarlikka ega bo'lgan sportchilaming nerv sistemasi yaxshi rivojlanmagan bo'Isa, me'yoriga yaqin bo'lgan nagmzkalardan foydalanish metodi muskul kuchining ortishida me'yor bo'lmagan nagmzkalar bilan mashq qilish metodi bergan foydani ham bermaydi.
Me'yorga yaqin bo'lmagan (oz zo'riqish talab qilinadigan) nagruzka bilan mashq qilish metodida katta hajmda ish bajarish mumkin. Bu modda almashinuvida ma lum o'zgarishlarga sabab bo'ladi va o'z navbatida, muskul massasining ortishiga olib keladi. Kuchli zo'riqishsiz yuklama bilan bajariladigan mashqlar harakat texnikasini aniq nazorat qilish imkonini beradi, ayniqsa, bu yangi o'rganuvchi shug’ullanuvchilar uchun qulay. O'rtacha nagruzka trenirovka jarayonining boshlang’ich etaplarida katta bo'lmagan yuqori tiklanishni va quvvat manbalarini qo'zgatadi, qaysiki, ular hisobiga sifatning bir oz o'sganligi ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, yangi o'rganuvchilaming shikastlanishlari oldi olinadi. Shuning uchun me'yorga yaqin va o'rtacha nagruzka bilan kuch talab qiladigan mashqlami bajarish kuchni rivojlantirishning asosiy metodi hisoblanadi.
Jismoniy tayyorgarlikning ortishi bilan ko'proq, me'yordagi va me'yorga yaqin og’irliklardan foydalaniladi.
Me'yorga etmagan zo'riqishni qo'llash o'z kamchiliklarga ega. energiya sarflashda me'yordan ortiq - muskul butunlay bajara olmay qoladigan darajada ishlash samara bermaydi. Kuchni rivojlantirish nuqtai nazaridan aytarli ahamiyatga ega bo'ladigani asosan oxirgi o'rinishlar bo'lib, toliqish hisobiga o'ta zo'riqish susayadi, ishga ko'proq harakat birligi qo'shila boradi va ko'tarilayotgan og’irlik me'yoriga yaqin bo'la boshlaydi. Lekin bu urinishlar yarim sharlar po'stlog’i funktsiyasining susayganligi fonida (holatida) bajariladi. Bundan tashqari, takrorlash sonini ko'p marotabaliligi shug’ullanuvchilarda befarqlilikni uyg’otadi yoki faoliyatga munosabati salbiylashadi, albatta, ular mashq samarasining pasayishiga olib keladi.
Sportchilaming yoshiga xos xususiyatlar o'zgarishi bilan bog’liq kuch mashqlaridan mashg’ulotlarda, ayniqsa, darslarda foydalanish imkoniyati Chegarillangan. Kichik va o'rta maktab yoshida shaxsiy kuchini rivojlantirishni o'ta oshirib yubormaslik lozim. Mashqlar tezlik kuchini rivojlantirishga yo'naltirilsa mashqdagi statik komponentlar chegaralanishini ahamiyati muhimdir. Lekin uni butunlay chiqarib tashlab bo'lmaydi, chunki statik holatlami qo'llash, ayniqsa, qomatning tarbiyalashning etakchi vositalari hisoblanadi va uni qo'llash samaralidir.
Yosh o'tishi bilan bu mashqlar kengrok qo'llaniladi. Lekin albatta nafas olishning nazorati kuchaytirilishi kerak. Chunki nafasni zo'riqish paytida uzoqroq ushlash, ayniqsa, qizlarda salbiy ta'sirga olib kelishi, hatto ulaming xushdan ketib qolishlaridek holatlar sodir qilishi mumkin.
Maktabda kuch tayyorgarligini olib borishdagi asosiy vazifa tananing orqa va qorin tomonini yirik muskulalari guruhini rivojlantirishga yo'naltirilishi, chunki qomatning shakllanishi shu muskullarga bog’liq. Rivojlanmaydigan muskul guruhlari - tananing qiyshiq muskullari, harakat tayanch apparati muskullari, sonning orqa tomoni muskullari va hokazolami rivojlantirish. «Alpomish» va «Barchinoy» testi talab normalari tarkibiga kiritilganligi bejiz emas.
Kuchni rivojlantirishning tipik vositalari: 7-9 yoshda jismlar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, qiyshiq o'rnatilgan gimnastika skarneykalariga tirmashib chiqish, gimnastika devoridagi mashqlar, sakrashlar, uloqtirishlardir; 10-11 yoshdagilar uchun - katta muskul tarangligi talab qilinadigan jismlami ko'tarish bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar (to'ldirma to'plar, gimnastika tayoqlari va h.k.jda, uch usul bilan vertikal kanatga tirmashib, engil jismlami uloqtirish va boshqalar; 1415 yoshda - to'ldirma to'plar, katta og’irlikka ega bo'lmagan gantellar, kanat (arg’amchi) tortishdek kuch talab qiladigan mashqlar, tortilishlar, qo'lda tik turish va boshqalar. To'g’ri o'smirlarda og’irlashtirish maksimal vaznga nisbatan 60-70%ni tashkillashi lozim, bundan tashqari, mashqlami muskul to'la bajara olmay qolgungacha bajarish bu yoshdagilarda qat'iyan ta'qiqlanadi.
Qizlardan 13-14 yoshdan boshlab talab qilinadigan yuklama bolalar uchun talab qilinadigan yuklamaga nisbatan o'z tanasinig maksimal vazni atrofida bo'lishi, ko'proq lokal holda muskul guruhlariga kuch mashqlari, tashqi og’irlashtiruvchi sifatida gimnastika predmetlari yoki og’ir bo'lmagan jihozlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Kuchni rivojlantirishda muskul zo'riqishi ko'lami (tirik organizm sodir qiladigan) ikki faktorga bog’liq: a) orqa miyaning oldingi shohchalari motoneyronlaridan muskulga boradigan impulpslar; b) shartli ravishda - muskulni o'zining reaktivligi, ya'ni ma'lum qo'zg’olishlarda javob berish kuchi. Muskulni reaktivligi uni fiziologik ko'ndalangi, tolasi yo'g’onligi, uni qo'zg’ala olishi darajasi va boshqa to'zilishidagi bir qancha xususiyatlariga, markaziy nerv sistemasiga, trofik adrenalinsimpatik tizimi orqali amalga oshiriladigan ta'siriga va shu daqiqadagi muskul uzunligi va boshqa holatlar, faktorlarga ham bog’liq. Muskul zo'riqishi darajasini zudlik bilan o'zgartirishda unga keladigan effektli impulpslar xarakteri yetakchi mexanizmlardan biri hisoblanadi.
Yuk (og’irlik) ko'tarish bilan mashqlanish o'zining universalligi bilan qulay bo'lib, ular yordamida faqat eng kichik muskullar guruhigagina emas, xatto eng yirik muskullar guruhiga ham ta'sir etish mumkin. Ulami dozalash oson. Lekin bir qator salbiy xususiyatlari ham mavjud. Og’irlik bilan ishlash mashqlarida dastlabki holat muhim rol’ o'ynaydi. U albatta yukni statik holda ushlashni talab qiladi. Agarda yukni massasi og’ir bo'lsa dastlabki holatda turish qiyinlashadi. Bu o'z navbatida harakatni hal qiluvchi fazasida diqqatni kontsentratsiyalashda qiyinchilikni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari ahamiyatli massaga ega bo'lgan snaryadga birdaniga katta tezlik berish qiyin, xohlaysizmi yo'qmi harakatning birinchi qismi (boshlanishi) sekin bajariladi. Harakat ritmi majburiy astalik bilan ortib boruvchi bo'ladi. Bu o'z navbatida lozim bo'lgan muskullar guruhiga zo'riqish berishda qiyinchiliklarga sabab bo'ladi.
Egilib yana asli holatga qaytadigan jihozlardagi qarshiliklami engish bilan mashqlanish uchun harkatni oxiriga borib zo'riqishni ortirilishi xarakterlidir.
O'z tanasi og’irligini engish bilan bajariladigan mashqlar odatda gavdaning tayanCh apparatlari yordamida bajariladi. Bunda tananing muskul apparati kuch namoyon qilishda yutqazadi, ya'ni bir oz tayanish (proksimal)dan yuqori bo'lmagan kuch sarflaydi xolos. Oqibatda qandaydir harakatda tananing shaxsiy vazni yoki uning og’irligiga teng qarshilikni engish kerak bo'lsa bu kuch namoyon qilish nuqtai nazaridan ancha engil keChadi. Masalan, devorga suyanib kaftga tayanib qo'lda turishda qo'llar tirsakda bukib to'g’rilanganda o'z vazni uchun sarflangan kuch shu vazndagi shtangani ko'tarishdan engilroq tuyuladi.

Yüklə 62,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin