Ijtimoiy fanlar yo’nalishi” “5110600 – Tarix o’qitish medodikasi” ta’lim yo’nalishi


Qadimgi podsholik davrida Misr madaniyati



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə8/15
tarix01.06.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#121845
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Boboqulova Sevara kurs ishi

Qadimgi podsholik davrida Misr madaniyati. Qadimgi podsholik davrida Misr madaniyati juda katta yo‘lni bosib o‘tdi. Misrliklar qudratli ilohiy fir’avnlar va betakror buyuk donishmandlar: Imxoteb, Kagemni va Ptaxxoteblar davri Misr madaniyatining oltin asri nomini olgan. Misrliklar o‘z yurtlarini xudolar tomonidan yaratilgan deb hisoblaganlar. Manefon xronologiyasiga ko‘ra dastlab Misrda xudolar, so‘ng yarim xudolar hukmronlik qilishgan. «Memfis - xudolar traktida “Ptax”ketishidan avval hamma narsani yaratdi, u xudolarni, shaharlarni, nomlarni, ibodatxonalarni yaratdi. E’tiqodga o‘rgatdi, qurbonlik tayinladi» deyilgan.
Quyoshga topinish
Misrliklar juda qadimdan quyoshga sig‘inganlar. Quyoshga topingan eng qadimgi shaharning markazi Iunu bo‘lib, greklar uni “Quyosh shahri” - Geliopol deb ataganlar. Bu shahar qadimgi Misrning butun tarixi davomida diniy markaz sifatida saqlanib kelgan. Qadimgi podsholik davrida Misr davlatining markazlashishi bilan birga Quyoshga topinish ham markazlashgan tus oladi. Quyosh xudosi Ra oliy xudo deb e’lon qilinadi va uning nomi markaziga nuqta qo‘yilgan doirasimon shaklidagi ieroglif shaklida yoziladi. Ra xudosining nomi IV sulola fir’avnlari Xafra va Menkaura nomlarining tarkibiy qismiga kiradi. V sulola fir’avnlari Ra xudosiga atab hashamatli ibodatxonalar quradilar. Bu ibodatxonalarda quyoshga topinish marosimlari o‘tkazilgan, oliy quyosh xudosi Ra Misrning eng qadimgi davlat e’tiqodlaridan biri bo‘lgan.
Podshoni ilohiylashtirish
Podshoni ilohiylashtirish qadimgi podsholik davrida o‘zining aniq ifodasini topdi. Juda katta maqbaralar piramidalar qurilib, ular xudoga tenglashtirilgan fir’avnning kuch - qudratini namoyish qilgan. V — VI sulolalar davrida qurilgan piramidalarda “Piramidalar matni” saqlanib qolgan, ularda osmon xudolari xudo sifatida e’tirof etilgan fir’avnlarni xuzuriga chorlab olganlari va arshi a’loga ko‘tarilib, unda ko‘rgan rohat - farog‘atlari batafsil bayon qilinadi.
Qadimgi Misr me’morchiligi
Misrda me’morchilik juda erta taraqqiy etgan. Qadimgi podsholik davrida fir’avnlar va katta zodagonlar o‘zlari uchun maqbara, saroy va ibodatxonalar qurdirganlar. Ular ichida ayniqsa Misr ehromlari diqqatga sazovor. Sakkaradagi Joser maqbara ehromi ular ichida eng qadimgisi bo‘lib, u zinasimon shaklda qurilgan. III — IV sulola fir’avnlari davrida bunyod etilgan ehromlar o‘zlarining ulug‘vorligi bilan bugun ham butun dunyoni lol qoldirib kelmoqda. Ular ichida eng kattasi fir’avn Xufu qurdirgan ehrom bo‘lib, uning balandligi 150 metrga yaqin. Gizadagi yana bir me’morchilik namunasi Sfinks bo‘lib sher surati tarzida ishlangan. Misr ehromlari o‘sha davr me’morchiligining yuksak namunasi hisoblanadi. Misrda me’morchilik qadimgi davrdayoq shakllanib, o‘z mahobati, jozibasi bilan kishilarni hayratga solgan. Gerodot ma’lumotiga ko‘ra, Xufu ehromi 30 yil qurilgan bo‘lib, uning qurilishida bir vaqtning o‘zida yuz mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. Antik davr mualliflarining ma’lumotlarida ham ulug‘vor ehromlarning naqadar xashamatli ekanligi ko‘rsatilgan.
Qadimgi misrliklar dunyo tarixidagi eng qadimiy, paydo bo’lishi Eramizdan avvalgi IV asr o’rtasiga borib taqaladigan sivilizatsiyani yaratdilar. Qadimiy Misr Nil daryosi vodiysida, uning birinchi ostonasidan to O’rta еr dеngizi sohillarigacha yoyilgan hududda joylashgan edi. Gеrodot Misrni ―Nil tuhfasi‖ dеb atagan edi. Qadimgi Misrning uch ming yillik tarixi bir nеchta yirik tarixiy davrlarga bo’linib, ularning har biri qadimiy Misr
sivilizatsiyasining o’ziga xos oyoqqa turish, ko’tarilish va rivojlanish paog’nasi bo’lgan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin