Ijtimoiy fanlar yo’nalishi” “5110600 – Tarix o’qitish medodikasi” ta’lim yo’nalishi



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə1/15
tarix01.06.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#121845
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Boboqulova Sevara kurs ishi




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
IJTIMOIY FANLAR YO’NALISHI”
5110600 – Tarix o’qitish medodikasi” ta’lim yo’nalishi


Boboqulova Sevara Boynazarovna
KURS ISHI
Mavzu: Qadimgi Misr madaniyati





Rahbar: Abdurahmonova Jumagul Namozovna


Chirchiq – 2023
Reja:
Kirish.
I Bob. Asosiy qism

  1. Qadimgi Misr madaniyati.

  2. Qadimgi Misr yozuvi.

  3. Qadimgi Misrda maorif va maktab.

  4. Qadimgi Misr adabiyoti

  5. Qadimgi Misr san'ati.

Xulosa .


Foydalanilgan adabiyotlar.

Biz Misrni qadimiy sivilizatsiya beshigi, boy tarix va yuksak salohiyatga


ega mamlakat deb bilamiz. Xalqlarimizning madaniy yaqinligi juda qadim
zamonlarga borib taqaladi.
Sh.Mirziyoyev KIRISH
Qadimgi dunyo tarixida bir qator muhim 'madaniyat o'choqlari bo'lganki, bularning mavjudligi keyinchalik yer yuzida san'at va madaniyatning ravnaqiga, kuchli ta'sir ko'rsatgan. Shunday madaniyat o'choqlari orasida ikki daryo oralig'i (Messopotamiya), Misr, O'rta Yer havzasidagi davlatlar, ayniqsa, Gretsiya, Rim davlatlarining roli benihoyadir. Misrda 5000 yil burun ilk sinfiy jamiyat - quldorlik davlati paydo bo'ldi. Misrning tabiiy sharoiti insonni juda erta hayotga, hayot uchun kurashishga da'vat etdi. Bu hoi, o'z navbatida, uning ongining o'sishiga, tasavvurining kengayishiga olib keldi, aql taraqqiyotini tezlatdi. Meditsina, astronomiya, matematika rivojlan-di. San'at sohasida katta yutuqlar qo'lga kiritildi. Qadimgi Misrda yaratilgan haykaltaroshlik, rassomchilik, amaliy-dekorativ san'ati va me'morchilik yodgorliklari hanuzgacha o'zining badiiy qiymatini yo'qotgani yo'q. Tasviriy san'atda shartli belgilardan foydalanish Misr san'atida juda erta boshlandi va uning xarakterli tomonini tashkil etdi. Misrliklarning bunday badiiy fikrlashlarini ular yaratgan sfinkslarda ham ko'rish mumkin. Odam boshli, sher (arslon) tanali haykallar orqali inson kabi aqlli, arslon kabi kuchli zotlar timsolini yaratganlar. Shu obrazlar orqali fir'avnlarni kuchli va donishmand siymo darajasiga ko'tarishga, ilohiylashtirishga harakat qilganlar. Shu bilan Misr san'atida realistik san'at oqimining mavjudligini ham inkor etib bo'lmaydi. Bu hoi, ayniqsa, oddiy xalq hayotiga bag'ishlangan tasvirlarda ko'proq uchraydi. Oddiy turmush voqealari jonli, real va ba'zan yengil yumor bilan ishlangan tasvirlar kishida ham on estetik /;ivq va yengil kulgi uyg'otadi. Turli qushlar, hayvonlar (yovvoyi mushuk, maymun, qo'ng'iz va hokazolar) tasviri realligi va ta'sirchan ishlanganligi bilan kishi xotirasida yaxshi saqlanadi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin