1.2. Den Syaopinning iqtisodiy islohotlari va ''Ochiq eshiklar'' siyosati
1976-yil sentabrda Mao Szedun vafot etdi. Bu hodisa Xitoyda hokimiyat
uchun kurashni avj oldirdi. Partiya rahbarligiga Xua Go-fen keldi. To‘rtlar to‘dasi
(bunga Maoning xotini Szyan Sin ham kirardi) «Ishlab chiqarishga juda katta zarar
keltirganlikda» ayblanib, qamoqqa olindi. Oxir-oqibatda hokimiyat tepasiga
«pragmatiklar» deb atalgan guruh keldi. Bu guruhga «madaniy inqilob» yillarida
qatag‘on qilingan Den Syaopin rahbarlik qilar edi. (Den Syaopin 1997-yilda 92
11
M.Lafasov. “Jahon tarixi (1918-2008)” darslik, “Turon Iqbol” .: Toshkent – 2010-yil, 243-bet;
10
yoshida vafot etdi.) Xitoy Kommunistik Partiyasi yangi rahbariyati Mao Szedun
yo‘lini xato deb e’lon qildi.
“Buyuk dohiy” vafotidan keyin mamlakat tepasiga ishning ko‘zini biladigan
arbob Den Syaopin (1904-1997) kelgandan keyin haqiqiy islohotlarni boshlab
yubordi. Qizil shiorlar, balandparvoz chaqiriqlar bilan xalqni to‘ydirib
bo‘lmasligini anglagan yetakchi iqtisodiyotni erkinlashtirdi, sotsialistik jamiyat
tizimiga kapitalistik bozor munosabatlarini dadil olib kirdi. Xususiy mulk davlat va
jamoat mulki deb e’lon qilindi, xorij sarmoyadorlariga bir qator imtiyozlar
berildi.
12
«Katta sakrash» va iqtisodiyotning to‘la davlat nazoratiga olinganligi
mamlakat va xalqqa ulkan kulfat keltirganligi tan olindi va ular qoralandi. 1978-
yildan pragmatiklar aralash iqtisodiyotni yoqlab chiqdilar. Davlat rahbarligida
bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi. Bu tarixga «iqtisodiy va siyosiy hayotni
modernizatsiya qilish» nomi bilan kirdi. Chet el sarmoyasining mamlakat
iqtisodiyotiga joylashtirilishi uchun qulay sharoit yaratildi. Qishloqda xalq
kommunalari tarqatib yuborildi. Shirkat tuzumi bekor qilindi. Ularning o‘rniga oila
pudrati joriy etildi. Shu yo‘l bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash
vazifasi hal etildi. Sanoatda ham chuqur islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, davlat
korxonalari xo‘jalik hisobi asosida ishlaydigan bo‘ldi. Kichik va o‘rta
tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi. Ayni paytda sanoatning maishiy tovarlar ishlab
chiqaruvchi sohalarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Yangi siyosat o‘z
samarasini bermay qolmadi.
“Ochiq eshiklar” siyosati olib borildi. Den Syaopin rahbarligi davrida
rahbariyat bosh maqsadi “sotsializmni ag‘darish emas, balki uni takomillashtirish
va yangilash bo‘ldi”. U totalitar tizimni mukammal demokratik tizimga
almashtirdi. Tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ko‘p yillar davomida hukm
surgan markaziy rejalashtirilgan iqtisodiyotdan zamonaviy bozor iqtisodiyotiga
o‘tish maqsadida 1978-yildan boshlab “Ochiq eshiklar” siyosati doirasida ko‘plab
12
https://zarnews.uz/uz/post/jahonning-ikkinchi-iqtisodiyotiga-aylanish-yolida-xitoyda-amalgaoshirilgan-islohotlar;
11
ishlar amalga oshirildi.
13
Bunda Xitoyda turli shakldagi maxsus iqtisodiy zonalarni
tashkil etish muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil
etishdan asosiy maqsadlar quyidagicha edi:
xorijiy kapitalni maksimal darajada jalb qilish, sanoatning ilmiy sig‘imli
sohalarini yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirish;
xalqaro mehnat taqsimotida samarali ishtirok etish, eksport hajmi va xorijiy
valuta tushumini oshirish;
maxsus iqtisodiy zonalar joylashgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni
Hong Kong, Singapur va boshqa yangi industrial davlatlaridagi kabi rivojlantirish;
arzon va ortiqcha ishchi kuchi hamda boy xomashyo salohiyatidan to‘gri
foydalanish;
boshqaruv malakasiga ega bo‘lish va milliy kadrlarni tayyorlash.
Xitoyda maxsus iqtisodiy zonalarlarning tashkil etilish jarayonini 4
bosqichda kuzatishimiz mumkin: u 1970-yil oxiri 1980-yillar boshlari; 1980-yillar;
1990-yillar va 1990-yildan hozirgi kungacha davom etayotgan zamonaviy davrni
qamrab oladi.
1979-yilda Guangdong va Fujian provinsiyalarida “maxsus siyosat va
moslashuvchan choralar” tizimining joriy etilishi birlamchi qadam edi.
Dastlab,1980-yil avgustda Guangdong provinsiyasidagi Shenzhen, Zhuhai va
Shantou hamda shu yilning oktabrida esa Fujian provinsiyasidagi Xiamen
hududlari 4 ta maxsus iqtisodiy zonalarga aylantirildi. Ushbu MIZning maqsadi
deyarli bir xil bo‘lib, maxsus moliyaviy, investitsion va savdo imtiyozlari orqali
hududda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish edi. Ular, asosan, joriy innovatsion
siyosatni amalda sinovdan o‘tkazish uchun tashkil etilgan bo‘lib, agar loyiha o‘zini
oqlasa, bunday MIZlarni mamlakat bo‘ylab keng tarqatish rejasi ko‘zda tutilgan.
Maxsus iqtisodiy zonalarlarda joriy etilgan imtiyozlar va qulay ishlab
chiqarish omillari yig‘indisi kutilmagan iqtisodiy o‘sishga sabab bo‘ldi. 1980-
1984-yilda yillik Xitoy YaIMi o‘rtacha 10 % o‘sdi. Bu ko‘rsatkich Shenzhenda 58
%, Zhuhaida 32 %, Xiamenda 13 % va Shantouda esa 9 % bo‘ldi. 1986-yilgacha
13
S.B.Djabborovna. “Xitoy iqtisodiyoti” o`quv qo’llanma, III qism .: Toshkent – 2011-yil, 6-bet;
12
Shenzhenda kapital, mehnat, yer, texnologiya, aloqa va transport kabi ishlab
chiqarish omillari kompleksi shakllanib bo‘lgan edi.
80-yillar oxiriga kelib Xitoy ko‘mir, televizor, shoyigazlama, sement ishlab
chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakat oziq-ovqat
mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan bo‘ldi. Bular, o‘z navbatida, aholi
turmush darajasining o‘sishiga olib keldi. Xitoy Xalq Respublikasi Davlat
Kengashi 1986-yilda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida
mamlakatni 3 ta iqtisodiy mintaqa (Sharqiy, Markaziy va G`arbiy)ga ajratildi.
Xitoy iqtisodiy mintaqalari juda katta hududlarni egallaganligi uchun ular o`z
navbatida iqtisodiy rayonlarga bo`linadi. Iqtisodiy rayonlar 2 va undan ortiq
ma`muriy-hududiy birliklar (provinsiya, avtonom rayon, markazgabo`ysunuvchi
shahar, maxsus ma`muriy hudud)dan tashkil topgan.
Yuqorida sanab o‘tilgan savdo va investitsiya muhitini rivojlantirish
maqsadidagi zonalar o‘zini oqlagach, Xitoy o‘z “Ochiq eshiklar” siyosatini yanada
kengaytirdi. 1984-yilda boshqa turdagi Maxsus Iqtisodiy Zonalar – iqtisodiy
texnologik taraqqiyot zonalari, boshqacha aytganda milliy sanoat parklari, tashkil
etila boshlandi. Maxsus Iqtisodiy Zonalarning iqtisodiy texnologik taraqqiyot
zonalaridan (ITTZ) farqi shundaki, Maxsus Iqtisodiy Zonalar kattaroq hududda,
ba’zan butun shahar yoki provinsiyada joylashishi mumkin. Birgina 1984-1988-
yillarda qirg‘oq bo‘yi shaharlarida 14 ITTZ tashkil etildi. 1989 va 2006-yillarda
mos ravishda Shanghai va Tianjin Binhai yangi zonalari ham tashkil etildi.
1992-yilga kelib Xitoyda 35 ta ITTZ muvaffaqiyatli faoliyat yuritar edi.
Keyinchalik, boshqa turdagi Maxsus Iqtisodiy Zonalar ham butun mamlakat
bo‘ylab tarqala boshladi va bunday zonalarni tashkil etish odatiy holga aylandi.
2008-yilda Xitoyda 14 ta ochiq qirg‘oq shaharlar, 15 ta erkin savdo zonalari, 17
eksportni rag‘batlantiruvchi zonalar, 52 ITTZ, 53 ta yuqori texnologiyali taraqqiyot
zonalari va 15 ta chegaradosh iqtisodiy hamkorlik zonalari ro‘yhatdan o‘tkazilgan
edi. Maxsus Iqtisodiy Zonalar to‘g‘risida haligacha yagona normativ hujjat yo‘q
bo‘lib, ularning tashkil etilishi, tugatilishi va faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar
1982-yilda qabul qilingan Xitoy Xalq Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tartibga
13
solinadi. Uning 18-moddasi 2-bandiga ko‘ra, “Xitoy Xalq Respublikasi barcha
xorijiy korxonalar, tashkilotlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma
korxonalarga investitsiya kiritishga ruxsat beradi hamda ularning huquq va
manfaatlari qonun bilan himoyalanadi”.
14
1998-yil 26-iyunda “Maxsus iqtisodiy zona va mintaqaviy shelflar
to‘g‘risida” XXR qonuni qabul qilingan. Yana Maxsus Iqtisodiy Zonalar
to‘g‘risida 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar amal qiladi. Masalan,
Umumxitoy Xalq Vakillari Kengashi doimiy qo‘mitasi tomonidan Shenzhen
(1992-yil iyul), Xiamen (1994-yil mart), Zhuhai va Shantou (1996-yil mart)
Maxsus Iqtisodiy Zonalarini tashkil etish to‘g‘risida qaror yuqorida keltirib
o‘tilgan Maxsus Iqtisodiy Zonalar uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Hainan
Maxsus Iqtisodiy Zonasi faoliyati esa 1988-yil aprelda Xitoy Xalq Respublikasi
Davlat Kengashi qarori bilan tartibga solinadi.
90-yillarda mamlakatda po‘lat, rangli metallar eritish, sement, mineral o‘g‘it
ishlab chiqarish, ko‘p tarmoqli mashinasozlik rivojlandi. To‘qimachilik sanoati
mahsulotlari jahon bozorini egalladi. An’anaviy hunarmandchilik: ipakdan,
suyakdan badiiy buyumlar yasash, chinni mahsulotlar mashhur bo‘ldi. Dengiz
mahsulotlari, dorivor o‘simliklar, yog‘och mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘paydi.
Ishlab chiqarishda samaradorlik oshdi. 1992-yildan boshlab Xitoyda iqtisodiy
islohotning yangi bosqichi boshlandi. Bu bosqich – islohotni jadallashtirish va
chuqurlashtirish, iqtisodiy siyosatni mafkuradan xoli qilish va rejali boshqaruvdan
bozor iqtisodiyotiga izchillik bilan o‘tish bosqichi, deb nom oldi. Bu bosqich ayni
paytda iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayib borishini ham o‘z ichiga
oladi. Amalda shunday bo‘lmoqda ham.
15
Xitoyda iqtisodiy islohotlar olib borilgan keyingi 25-yil davomida
olamshumul muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. 1998-yilda ichki ishlab chiqarishning
umumiy qiymati 1978-yildagidan 5,4 hissa ortiq bo‘ldi. Xitoyda ishlab chiqarish
qoldiqlarini qayta ishlash keng yo‘lga qo‘yildi. Xitoy har yili rivojlangan
14
X.Qichqilov, M.Fayzullayeva. “Eng yangi tarix (1945-2010)” o`quv qo`llanma, “Yangi Nashr” .: Toshkent –
2011-yil, 238-bet;
15
E.Z.Nuriddinov, X.Qichqilov. “Eng yangi tarix (1989-2008)” o`quv darslik .: Toshkent – 2010-yil, 341-bet;
14
davlatlardan ishlab chiqarish qoldiqlarini sotib olib, qayta ishlaydi va milliardlab
foyda oladi. Xitoy har yili AQSH dan 14 mlrd dollarga chiqindi sotib oladi. Hatto
1998-yilda Osiyoda pul masalasi inqirozi hamda tarixda kam uchraydigan kuchli
suv toshqiniga duch kelinganda ham Xitoyda ishlab chiqarishning umumiy qiymati
1997-yildagidan 7,8 foizga oshdi. Bu davrda qator sanoat va qishloq xo‘jalik
mahsulotlari ishlab chiqarish miqdori, masalan, guruch, paxta, go‘sht, yog‘-moy,
ko‘mir, po‘lat, sement, gazlama, televizor ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy dunyoda
birinchi o‘ringa chiqdi. Davlat tashqi pul muomalasi zaxirasi 45 milliard dollarga
yetdi. Xitoy oldingi iqtisodiy qoloq holatdan Amerika, Yaponiya, Germaniya,
Fransiya, Angliya va Italiyadan keyin dunyoda yettinchi o‘ringa chiqdi.
Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatayotgan eng muhim
sabablardan biri davlatning to‘g‘ri iqtisodiy siyosati va bu iqtisodiy islohot
mobaynida tuzilgan iqtisodiy qonunlardir. Xitoy iqtisodiy islohot davomida bozor
xo‘jaligini yo‘lga qo‘ygan davlatlarning tajribalarini ijodiy o‘zlashtirib, o‘tgan
yillar davomida iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan ko‘plab qonun, nizom,
qoida va qarorlarni qabul qildi va ularni yangidan vujudga kelgan iqtisodiy-
ijtimoiy munosabatlar xarakteriga moslashtirib, vaqti-vaqti bilan tuzatib bordi. Bu
qonunlar
islohot
natijalarini
himoyalash
va
mustahkamlashni,
bozor
munosabatlariga oson o‘tish va uning mo‘tadil rivojlanishini kafolatlagan.
16
16
Q.Najmiddinov. “Mao Szedun – Xitoy kommunizmi asoschisi” ilmiy ish .: Namangan – 2022-yil, 43-bet;
|