1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Yüklə 122,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix15.10.2022
ölçüsü122,97 Kb.
#65160
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O‘RQ-547-сон 02.07.2019. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-
aprelda qabul qilingan 
Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi munosabatlarni tartibga
solishdan iborat.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2-modda. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik
Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik
hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi
Ushbu Qonunning amal qilishi shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya
qilish chog‘ida qo‘llaniladigan ishlov berish vositalaridan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan
qat’i nazar yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
jismoniy shaxs tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarga shaxsiy, maishiy maqsadlarda va o‘z
kasbiy yoki tijorat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ishlov berish;
Milliy arxiv fondi hujjatlarini va shaxsga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan boshqa arxiv
hujjatlarini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanish;
davlat sirlarini tashkil etadigan ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan shaxsga doir ma’lumotlarga
ishlov berish;
tezkor-qidiruv, razvedka va kontrrazvedka faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-
tartibotni saqlash jarayonida, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
qarshi kurashish doirasida olingan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish chog‘ida yuzaga
keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Yüklə 122,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin