1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Mulkdorning va (yoki) operatorning huquq va majburiyatlari



Yüklə 122,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix15.10.2022
ölçüsü122,97 Kb.
#65160
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O‘RQ-547-сон 02.07.2019. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida

31-modda. Mulkdorning va (yoki) operatorning huquq va majburiyatlari
Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshirish
huquqiga ega.
Mulkdor va (yoki) operator:
Oldingi
 tahrirga qarang.
shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishi;
(31-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
subyektning murojaatiga ko‘ra uning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga taalluqli
axborotni taqdim etishi;
o‘zi vazifalarini bajarish uchun zarur va yetarli bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar tarkibini
tasdiqlashi;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishdan ko‘zlangan maqsadga erishilgan taqdirda,
shuningdek ushbu Qonunda belgilangan boshqa hollarda ularni yo‘q qilish choralarini ko‘rishi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda subyektning o‘z shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov
berish uchun roziligi olinganligi dalilini taqdim etishi;
(31-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
basharti yangi ma’lumotlarning ishonchliligi hujjatlar bilan tasdiqlansa, shaxsga doir
ma’lumotlarni o‘zgartirishi va (yoki) to‘ldirishi yoxud bunday o‘zgartirish va (yoki) to‘ldirishni kiritish
imkoni bo‘lmagan taqdirda bu ma’lumotlarni yo‘q qilishi;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish shartlari buzilganligi to‘g‘risida axborot mavjud
bo‘lgan taqdirda, ularga ishlov berishni vaqtincha to‘xtatishi yoki ularni yo‘q qilishi;
subyektning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishni vaqtincha to‘xtatish va (yoki) ularni
yo‘q qilish uchun subyekt tomonidan hujjatlarni elektron tarzda berish imkoniyatini ta’minlashi;
shaxsga doir ma’lumotlar o‘zgartirilgan, yo‘q qilingan va ulardan foydalanish cheklangan
hollarda subyektni, shuningdek shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishning boshqa
ishtirokchilarini yozma shaklda xabardor qilishi;
shaxsga doir ma’lumotlar uchinchi shaxsga berilgan taqdirda, subyektni yozma shaklda
xabardor qilishi;
o‘z mulki bo‘lgan va (yoki) ishlov berilayotgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan
o‘tkazishi;
shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni
ko‘rishi shart.
Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni quyidagi hollarda
uchinchi shaxsga topshirishga haqli:
subyektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi mavjud bo‘lgan
taqdirda;


agar qaror mulkdor va subyekt o‘rtasidagi shartnomani ijro etish yoki ilgari tuzilgan
shartnoma shartlarini bajarish uchun qabul qilinayotgan bo‘lsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda.
(31-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mulkdorning va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir
ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha majburiyatlari shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish paytidan
e’tiboran vujudga keladi va ular yo‘q qilib tashlangan yoki egasizlantirilgan paytga qadar amal
qiladi.
Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish
bilan bog‘liq ishlar uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmani yoki mansabdor shaxsni belgilaydi
hamda uning ishini Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibiga muvofiq
ta’minlaydi.

Yüklə 122,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin