1-test. TEPMERAMENTNI O‘RGANISH METODIKASI. TEMPERAMENT FORMULASI. Maqsad: Shaxsni temperament tipini aniqlash.
Zarur materiallar: Qog‘oz, qalam yoki ruchka, test.
Temperamentni o‘rganishning juda ko‘p xilma-xil metodlari mavjud. «Znanie — sila» oynomasida (1971 yilgi 1-son, 54-bet) A.Belov tavsiflagan metodni taklif qilamiz. Muallif temperament «pasportini» to‘ldirishni, keyin esa ancha oddiy matematik ishlov berish yo‘li bilan temperament formulasini chiqarishni taklif etadi. «Pasport»ni to‘ldirishda nima deb javob berishni, siz odatda har kuni (qandaydir alohida, favqulodda hollarda emas) o‘zingizni qanday tutishingizni hisobga olishingiz kerak.
... SHUNDAY QILIB:
1) Agar siz… Sabrsiz, hovliqma bo‘lsangiz;
Quvonoq va xushchaqchaq bo‘lsangiz;
Bosiq va sovuqqon bo‘lsangiz;
Uyatchan va tortinchoq bo‘lsangiz;
2) Agar siz… Engiltabiat, serjahl bo‘lsangiz;
G‘ayratli va ishchan bo‘lsangiz;
Ishlarda sobitqadam va mulohazali bo‘lsangiz;
YAngi vaziyatda o‘zingizni yo‘qotib qo‘ysangiz;
3) Agar siz… Betoqat bo‘lsangiz;
Ko‘pincha boshlangan ishni oxiriga etkazmasangiz;
Ehtiyotkor va andishali bo‘lsangiz;
Notanish kishilar bilan aloqa o‘rnatishda qiynalsangiz;
4) Agar siz… Odamlar bilan munosabatda keskin va rostgo‘y bo‘lsangiz;
O‘zingizga ortiqcha baho berishga moyil bo‘lsangiz;
Kutishga qodir bo‘lsangiz;
O‘z kuchingizga ishonmasangiz;
5) Agar siz… Qat’iyatli va tashabbuskor bo‘lsangiz;
YAngilikni tezda ilg‘ab, qabul qilishga qodir bo‘lsangiz;
Kamgap va bekorga gapiraverishni istamasangiz;
YOlg‘izlikka oson ko‘niksangiz;
6) Agar siz… Qaysar bo‘lsangiz;
Qiziqishlar va mayllarda tuturuqsiz bo‘lsangiz;
Osoyishta, bir maromdagi, his-hayajoni yaqqol ifodalanmagan, harakat va mimikaga boy bo‘lmagan nutqqa ega bo‘lsangiz;
Muvaffaqiyatsizlikda o‘zingizni ezilgan va betoqat sezsangiz;
7) Agar siz… Tortishuvda topqir bo‘lsangiz;
Muvaffaqiyatsizliklar va noqulayliklarni oson kechirsangiz;
Vazmin va sabr-toqatli bo‘lsangiz;
O‘zingiz bilan o‘zingiz ovora bo‘lishga moyil bo‘lsangiz;
20) Agar siz… Kayfiyatingiz tez-tez o‘zgarib turishiga moyil bo‘lsa
Ba’zan yuzada yurishga, turli narsalarga chalg‘ishga moyil bo‘lsangiz,
Bosiq bo‘lsangiz
Atrofdagilarning xayrixohligi va yordamini qo‘zgatishga intilsangiz;
BULAR SIZNING O‘Z-O‘ZINGIZGA BERGAN SUB’EKTIV BAHOINGIZ EKANLIGANI UNUTMANG.
Temperament «pasporti»da siz ijobiy javob beradigan sifatlarni (+) belgisi bilan qayd qiling. Agar u yoki bu tipdagi temperament «pasporti»dagi ijobiy javoblarning miqdori 16— 20 tani tashkil etsa, sizda temperamentning mazkur tipiga xos belgilar yaqqol ifodalanganligi ma’lum bo‘ladi. Bordi-yu, ijobiy javoblar 11— 15 ta bo‘lsa, demak sizga mazkur temperamentning sifatlari muayyan darajada xos hisoblanadi. Agar ijobiy javoblar 6—10 tadan oshmasa, sizda mazkur tipdagi temperament sifatlari juda oz darajada mavjud bo‘ladi.
Endi temperament formulasini aniqlang:
TF =X ( Ах×100%) + S ( Ас×100%)+ F ( Аф×100%)+ M ( МА× 100%)
A А А А Bunda;
TF— temperament formulasi;
X — xolerik temperament;
S — sangvinik temperament;
F — flegmatik temperament;
M — melanxolik temperament;
A — barcha tiplar bo‘yicha plyuslarning umumiy soni;
Ax — xolerik «pasporti»dagi plyuslar soni;
As — sangvinik «pasporti»dagi plyuslarning umumiy soni;
Af — flegmatik «pasporti»dagi plyuslarning umumiy soni;
MA — melanxolik «pasporti»dagi plyuslarning umumiy soni.
Pirovardida temperament formulasi, jumladan, quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: