Far.D.Uning Eksperimental Psixologiya o’qituvchisi M.J.Rajabovning Eksperimental Psixologiyadan Labaratoriya ishlari to’plamidan
1
1-test. TEPMERAMENTNI O‘RGANISH METODIKASI.
TEMPERAMENT FORMULASI.
Maqsad: Shaxsni temperament tipini aniqlash.
Zarur materiallar: Qog‘oz, qalam yoki ruchka, test.
Temperamentni o‘rganishning juda ko‘p xilma-xil metodlari mavjud. «Znanie
— sila» oynomasida (1971 yilgi 1-son, 54-bet) A.Belov tavsiflagan metodni taklif
qilamiz. Muallif tsmperament «pasportini» to‘ldirishni, keyin esa ancha oddiy
matematik ishlov berish yo‘li bilan temperament formulasini chiqarishni taklif etadi.
«Pasport»ni to‘ldirishda nima deb javob berishni, siz odatda har kuni (qandaydir
alohida, favqulodda hollarda emaC) o‘zingizni qanday tutishingizni hisobga olishingiz
kerak.
... SHUNDAY QILIB:
1) Agar siz…
A) Sabrsiz, hovliqma bo‘lsangiz;
B) Quvonoq va xushchaqchaq bo‘lsangiz;
C) Bosiq va sovuqqon bo‘lsangiz;
D) Uyatchan va tortinchoq bo‘lsangiz;
2) Agar siz…
A) Engiltabiat, serjahl bo‘lsangiz;
B) G‘ayratli va ishchan bo‘lsangiz;
C) Ishlarda sobitqadam va mulohazali bo‘lsangiz;
D) YAngi vaziyatda o‘zingizni yo‘qotib qo‘ysangiz;
3) Agar siz…
A) Betoqat bo‘lsangiz;
B) Ko‘pincha boshlangan ishni oxiriga etkazmasangiz;
C) Ehtiyotkor va andishali bo‘lsangiz;
D) Notanish kishilar bilan aloqa o‘rnatishda qiynalsangiz;
4) Agar siz…
A) Odamlar bilan munosabatda keskin va rostgo‘y bo‘lsangiz;
B) O‘zingizga ortiqcha baho berishga moyil bo‘lsangiz;
C) Kutishga qodir bo‘lsangiz;
D) O‘z kuchingizga ishonmasangiz;
5) Agar siz…
A) Qat’iyatli va tashabbuskor bo‘lsangiz;
B) YAngilikni tezda ilg‘ab, qabul qilishga qodir bo‘lsangiz;
C) Kamgap va bekorga gapiraverishni istamasangiz;
D) YOlg‘izlikka oson ko‘niksangiz;
6) Agar siz…
A) Qaysar bo‘lsangiz;
Far.D.Uning Eksperimental Psixologiya o’qituvchisi M.J.Rajabovning Eksperimental Psixologiyadan Labaratoriya ishlari to’plamidan
2
B) Qiziqishlar va mayllarda tuturuqsiz bo‘lsangiz;
C) Osoyishta, bir maromdagi, his-hayajoni yaqqol ifodalanmagan, harakat va
mimikaga boy bo‘lmagan nutqqa ega bo‘lsangiz;
D) Muvaffaqiyatsizlikda o‘zingizni ezilgan va betoqat sezsangiz;
7) Agar siz…
A) Tortishuvda topqir bo‘lsangiz;
B) Muvaffaqiyatsizliklar va noqulayliklarni oson kechirsangiz;
C) Vazmin va sabr-toqatli bo‘lsangiz;
D) O‘zingiz bilan o‘zingiz ovora bo‘lishga moyil bo‘lsangiz; 8) Agar siz…
A) Tirishqoqlik bilan ishlasangiz;
B) Turli sharoitlarga oson muvofiqlashsangiz;
C) Boshlangan ishni oxirigacha etkazsangiz;
D) Tezda charchab qolsangiz;
9) Agar siz…
A) Tavakkal qilishga moyil bo‘lsangiz;
B) Har qanday ishga zo‘r qiziqish bilan kirishsangiz;
C) Kuchingizni bekorga sarflamasangiz;
D) Nutqingiz sekin, zaif, ba’zan pichirlash darajasiga tushib qolsa; 10) Agar siz…
A) Keksiz va arazlamaydigan bo‘lsangiz;
B) Agar ish sizni hiziqtirmay qo‘ysa, darhol xafsalangiz pir bo‘lsa;
C) Vujudga kelgan hayot tartibiga, ishdagi sistemaga qatiy rioya qilsangiz;
D) Suhbatdoshingiz xarakteriga beixtiyor moslashsangiz;
11) Agar siz…
A) Tez, ehtirosli, poyma-poy nutqqa ega bo‘lsangiz;
B) YAngi ishga tez kirishib ketsangiz va bir ishdan ikkinchisiga tezda qo‘shilib
ketsangiz;
C) Tutoqib ketishdan osongina o‘zingizni tiysangiz;
D) Hissiyotga beriluvchan bo‘lsangiz;
12) Agar siz…
A) Betayin va qiziqqonlikka moyil bo‘lsangiz;
B) Bir xil, kundalik, sermexnat ish bilan band bo‘lsangiz;
C) Ma’qullash va tanbehlardan kam ta’sirlansangiz;
D) Ma’qullash va tanbehga nihoyatda ta’sirchan bo‘lsangiz;
13) Agar siz…
A) Tajovuzkor, urishqoq bo‘lsangiz;
B) Dilkash va mehribon bo‘lsangiz, o‘zingiz uchun yangi bo‘lgan kishilar bilan
muomala qilishda tortinmasangiz;
C) Muloyim bo‘lsangiz, o‘z sha’ningizga aytilgan qaltis hazillarga kechiruvchan
munosabatda bo‘lsangiz;
D) O‘zingizga va atrofdagilarga yuksak talablar qo‘ysangiz;
14) Agar siz…
Far.D.Uning Eksperimental Psixologiya o’qituvchisi M.J.Rajabovning Eksperimental Psixologiyadan Labaratoriya ishlari to’plamidan
3
A) Kamchiliklarga toqatsiz bo‘lsangiz;
B) Bardoshli va ishchan bo‘lsangiz;
C) O‘z munosabat va qiziqishlaringizda barqaror bo‘lsangiz;
D) SHubha bilan qarashga, badgumonlikka moyil bo‘lsangiz;
15) Agar siz…
A) Ifodali imo-ishoraga ega bo‘lsangiz;
B) Jonli imo-ishoralar, ifodali mimika bilan ajralib turadigan aniq, tez va baland ovozli
nutqqa ega bo‘lsangiz;
C) Ishga bafurja kirishsangiz va bir ishdan ikkinchisiga sekinlik bilan o‘tsangiz;
D) Haddan tashqari ta’sirlanuvchan va azoblanuvchan bo‘lsangiz; 16) Agar siz…
A) Tez harakat qilishga va hal etishga qobiliyatli bo‘lsangiz;
B) Kutilmagan, murakkab vaziyatda o‘zingizni yo‘qotmasangiz;
C) Hammaga bir xilda munosabatda bo‘lsangiz;
D) Haddan tashqari arazgo‘y(salga xafa bo‘ladigan) bo‘lsangiz; 17) Agar siz…
A) YAngalikka tinimsiz intilsangiz;
B) Hamisha quvnoq kayfiyat bilan ajralib tursangiz;
C) Barcha sohada puxtalik va tarbiyani yoqtirsangiz;
D) Ichingizdagini hech kimga aytmaydigan va odamovi bo‘lsangiz, o‘z fikrlaringizni
hech kim bilan baham ko‘rmasangiz; 18) Agar siz…
A) Keskin, shiddatli harakat qilsangiz;
B) Tezda uxlab va tezda uyg‘onsangiz;
C) YAngi sharoitga, qiyinchilikka moslashsangiz;
D) Kamharakat va jur’atsiz bo‘lsangiz;
19) Agar siz…
A) Qo‘yilgan maqsadga erishishda qatiyatli bo‘lsangiz;
B) Ko‘pincha fikringizni bir joyga to‘plab ololmay, bir to‘xtamga kelishda shoshma-
shosharlik qilsangiz;
C) O‘zingizni tuta bilsangiz;
D) Gap qaytarmay bo‘ysunuvchan bo‘lsangiz;
20) Agar siz…
A) Kayfiyatingiz tez-tez o‘zgarib turishiga moyil bo‘lsa
B) Ba’zan yuzada yurishga, turli narsalarga chalg‘ishga moyil bo‘lsangiz,
C) Bosiq bo‘lsangiz
D) Atrofdagilarning xayrixohligi va yordamini qo‘zgatishga intilsangiz;
BULAR SIZNING O‘Z-O‘ZINGIZGA BERGAN SUB’EKTIV
BAHOINGIZ EKANLIGANI UNUTMANG.
Temperament «pasporti»da siz ijobiy javob beradigan sifatlarni (+) belgisi bilan
qayd qiling. Agar u yoki bu tipdagi temperament «pasporti»dagi ijobiy javoblarning
Far.D.Uning Eksperimental Psixologiya o’qituvchisi M.J.Rajabovning Eksperimental Psixologiyadan Labaratoriya ishlari to’plamidan
4
miqdori 16— 20 tani tashkil etsa, sizda temperamentning mazkur tipiga xos belgilar
yaqqol ifodalanganligi ma’lum bo‘ladi. Bordi-yu, ijobiy javoblar 11— 15 ta bo‘lsa,
demak sizga mazkur tempsramentning sifatlari muayyan darajada xos hisoblanadi.
Agar ijobiy javoblar 6—10 tadan oshmasa, sizda mazkur tipdagi temperament sifatlari
juda oz darajada mavjud bo‘ladi.
Endi temperament formulasini aniqlang:
TF =X(
Ах
×100%) + S(
Ас
×100%)+ F(
Аф
×100%)+ M(
МА
× 100%)
Ф
А
А
А
Bunda;
T
F
— temperament formulasi;
X — xolerik temperament;
S — sangvinik temperament;
F — flegmatik temperament;
M — melanxolik temperament;
A — barcha tiplar bo‘yicha plyuslarning umumiy soni;
A
x
— xolerik «pasporti»dagi plyuslar soni;
As — sangvinik «pasporti»dagi plyuslarning umumiy soni; Af
— flegmatik «pasporti»dagi plyuslarning umumiy soni;
MA — melanxolik «pasporti»dagi plyuslarning umumiy soni.
Pirovardida temperament formulasi, jumladan, quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: |