1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Asosiy tushunchalar



Yüklə 122,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix15.10.2022
ölçüsü122,97 Kb.
#65160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O‘RQ-547-сон 02.07.2019. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida

4-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
shaxsga doir ma’lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni
identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda
qayd etilgan axborot;
shaxsga doir ma’lumotlar subyekti (subyekt) — shaxsga doir ma’lumotlar o‘ziga taalluqli
bo‘lgan jismoniy shaxs;
shaxsga doir ma’lumotlar bazasi — tarkibida shaxsga doir ma’lumotlar mavjud bo‘lgan
axborot tizimi tarzidagi ma’lumotlar bazasi;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish — shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish,
tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish,
egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish;


shaxsga doir ma’lumotlar bazasining operatori (operator) — shaxsga doir ma’lumotlarga
ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
shaxsga doir ma’lumotlar bazasining mulkdori (mulkdor) — shaxsga doir ma’lumotlar
bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan davlat organi,
jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
uchinchi shaxs — subyekt, mulkdor va (yoki) operator bo‘lmagan, ammo shaxsga doir
ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha holatlar yoki munosabatlar orqali ular bilan bog‘liq bo‘lgan har
qanday shaxs.
5-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etish;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi;
shaxsga doir ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi;
shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligi;
subyektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlarining tengligi;
shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligi.

Yüklə 122,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin