Shaxsga doir ma’lumotlar aniq va ishonchli bo‘lishi, zarur bo‘lgan taqdirda esa o‘zgartirilishi va
to‘ldirilishi kerak.
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarning
hajmi subyekt tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. Ishlov
beriladigan shaxsga doir
ma’lumotlarning hajmi va xususiyati ularga ishlov berish maqsadlari va usullariga muvofiq bo‘lishi
kerak.
Shaxsga doir ma’lumotlarga subyektni identifikatsiya qilishga yo‘l qo‘yiladigan shaklda yoki
egasizlantirilgan tarzda ishlov beriladi.
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish muddati subyektning o‘z shaxsga doir
ma’lumotlariga ishlov berishga roziligi amal qiladigan muddatdan oshib ketmasligi kerak.
20-modda. Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida
ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasini ro‘yxatdan o‘tkazish ariza berish
prinsipi orqali xabardor
qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasini Shaxsga doir ma’lumotlar
bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ariza vakolatli davlat organiga beriladi.
O‘z tarkibida:
jamoat birlashmasining yoki diniy tashkilotning ishtirokchilariga (a’zolariga) taalluqli bo‘lgan
hamda tegishincha jamoat birlashmasi yoki diniy tashkilot tomonidan ishlov beriladigan shaxsga
doir ma’lumotlar, ularni uchinchi shaxslarga tarqatmaslik yoki oshkor etmaslik sharti bilan;
subyekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin qilib qo‘yilgan;
subyektlarning faqat familiyasini, ismini va otasining ismini o‘z ichiga olgan;
subyektning mulkdor va (yoki) operator turgan hududga bir
martalik kirishi uchun yoki
boshqa shunga o‘xshash maqsadlar uchun zarur bo‘lgan;
avtomatlashtirilgan davlat axborot tizimlari maqomiga ega bo‘lgan shaxsga doir
ma’lumotlarning axborot tizimlariga kiritilgan;
avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmagan holda ishlov beriladigan;
Oldingi
tahrirga qarang.
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ishlov beriladigan shaxsga doir ma’lumotlar
mavjud bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalari ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
(20-modda uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Mulkdor va (yoki) operator tegishli shaxsga doir ma’lumotlar bazasini ro‘yxatdan o‘tkazish
uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning har bir o‘zgarishi to‘g‘risida vakolatli davlat organini bunday
o‘zgarish yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘n kalendar kundan kechiktirmay xabardor qilishi shart.
Dostları ilə paylaş: