13-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarni berish Shaxsga doir ma’lumotlarni muayyan shaxsga oshkor etishga qaratilgan harakatlar shaxsga
doir ma’lumotlarni berish hisoblanadi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlariga berish bepul asosda amalga
oshiriladi.
Subyekt o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini berishni rad qilgan taqdirda, o‘zining rad qilishi
sabablarini ko‘rsatmaslik huquqiga ega.
14-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatish Shaxsga doir ma’lumotlarni nomuayyan doiradagi shaxslarga oshkor etishga, shu jumladan
shaxsga doir ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida hammaga ma’lum qilishga, Internet
jahon axborot tarmog‘iga joylashtirishga yoki shaxsga doir ma’lumotlardan biror-bir boshqa usul
bilan foydalanish imkonini berishga qaratilgan harakatlar shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatishdir.
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishning ilgari bildirilgan maqsadlaridan chetga chiqilgan
hollarda, ushbu ma’lumotlarni tarqatish subyektning roziligi bilan amalga oshiriladi.
15-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarni transchegaraviy uzatish Shaxsga doir ma’lumotlarni mulkdor va (yoki) operator tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
hududidan tashqariga uzatish shaxsga doir ma’lumotlarni transchegaraviy uzatishdir.
Shaxsga doir ma’lumotlarni transchegaraviy uzatish shaxsga doir ma’lumotlar subyektlarining
huquqlari bir xilda himoya qilinishini ta’minlovchi chet davlatlar hududiga amalga oshiriladi.
Shaxsga doir ma’lumotlarning bir xilda himoya qilinishini ta’minlamaydigan chet davlatlar
hududiga shaxsga doir ma’lumotlarni transchegaraviy uzatish quyidagi hollarda amalga oshirilishi
mumkin:
subyektning o‘z shaxsga doir ma’lumotlarini transchegaraviy uzatish bo‘yicha roziligi mavjud
bo‘lganda;
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, jamoat tartibini
saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, aholining sog‘lig‘i va ma’naviyatini muhofaza
qilish zarur bo‘lganda;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda.
Shaxsga doir ma’lumotlarni transchegaraviy uzatish O‘zbekiston Respublikasining
konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma’naviyatini, sog‘lig‘ini,
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat mudofaasini hamda davlat
xavfsizligini ta’minlash maqsadida taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.