1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish chog‘idagi harakatlar to‘g‘risida



Yüklə 122,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix15.10.2022
ölçüsü122,97 Kb.
#65160
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
O‘RQ-547-сон 02.07.2019. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida

23-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish chog‘idagi harakatlar to‘g‘risida
xabardor qilish
Subyekt o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari shaxsga doir ma’lumotlar bazasiga
kiritilayotganda shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlari, ushbu Qonunning 
30-
moddasida
 belgilangan o‘z huquqlari haqida yozma shaklda xabardor qilinishi kerak.


Shaxsga doir ma’lumotlar uchinchi shaxsga berilgan taqdirda, mulkdor va (yoki) operator bu
haqda subyektni uch kun ichida yozma shaklda xabardor qiladi.
Subyektni yozma shaklda xabardor qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
davlat organlari o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda;
shaxsga doir ma’lumotlar tarixiy, statistik, sotsiologik yoki ilmiy maqsadlarda ishlov berish
uchun berilganda;
shaxsga doir ma’lumotlar hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan manbalardan yig‘ilganda.
24-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish
Subyekt o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan, yuridik oqibatlarni keltirib
chiqaradigan o‘z shaxsga doir ma’lumotlariga faqat avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish asosida
qaror qabul qilishga duchor etilmaslik huquqiga ega, bundan ushbu moddaning 
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan hollar mustasno.
Quyidagi hollarda subyektning shaxsga doir ma’lumotlariga faqat avtomatlashtirilgan tarzda
ishlov berish asosida qaror qabul qilinishi mumkin:
subyektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi mavjud
bo‘lganda;
agar qaror mulkdor va subyekt o‘rtasidagi shartnomani ijro etish yoki ilgari tuzilgan
shartnoma shartlarini bajarish uchun qabul qilinayotgan bo‘lsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda.
(24-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mulkdor va (yoki) operator subyektga uning shaxsga doir ma’lumotlariga faqat
avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish asosida qaror qabul qilish tartibini va bunday qarorning
ehtimoldagi yuridik oqibatlarini tushuntirishi, bunday qarorga e’tiroz bildirish imkoniyatini berishi,
shuningdek subyekt tomonidan o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tartibini
tushuntirishi shart.
Mulkdor va (yoki) operator ushbu moddaning 
uchinchi qismida
ko‘rsatilgan e’tirozni ko‘rib
chiqishi hamda bunday e’tirozni ko‘rib chiqish natijalari haqida subyektni o‘n kun ichida yozma
shaklda xabardor qilishi shart.

Yüklə 122,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin