egasizlantirishi shart.
17-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarni yo‘q qilish
Amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir ma’lumotlarni tiklash imkoni bo‘lmay qoladigan
harakatlar shaxsga doir ma’lumotlarni yo‘q qilishdir.
Shaxsga doir ma’lumotlar mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan
quyidagi hollarda yo‘q qilinishi lozim:
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadiga erishilganda;
subyektning shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish uchun
berilgan roziligi chaqirib
olinganda;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishning subyekt bergan rozilik bilan belgilangan
muddati o‘tganda;
sudning qarori qonuniy kuchga kirganda.
4-bob. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish tartibi
18-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish shartlari
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish ushbu Qonunning asosiy prinsiplariga muvofiq
amalga oshirilishi kerak.
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
subyekt bu ma’lumotlarga ishlov berishga rozilik berganda;
subyekt taraf bo‘lgan shartnomani bajarish uchun bu ma’lumotlarga
ishlov berish yoki
shunday shartnoma tuzilguniga qadar subyektning so‘roviga binoan choralar ko‘rish zarur
bo‘lganda;
Oldingi
tahrirga qarang.
mulkdor va (yoki) operatorning qonunchilikda belgilangan majburiyatlarini bajarish uchun bu
ma’lumotlarga ishlov berish zarur bo‘lganda;
(18-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
subyektning yoki boshqa shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun bu
ma’lumotlarga ishlov berish zarur bo‘lganda;
mulkdor va (yoki) operatorning yoki uchinchi shaxsning huquqlari
va qonuniy manfaatlarini
amalga oshirish uchun yoxud shaxsga doir ma’lumotlar subyektlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlari buzilmasligi sharti bilan ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlarga
erishish uchun bu
ma’lumotlarga ishlov berish zarur bo‘lganda;
shaxsga doir ma’lumotlarga ularni majburiy ravishda egasizlantirish sharti bilan statistik yoki
boshqa tadqiqot maqsadlarida ishlov berilganda;
agar bu ma’lumotlar hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan manbalardan olingan bo‘lsa.
Subyektning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida shaxsga doir
ma’lumotlarga ishlov berish zarur bo‘lgan
taqdirda, bu ma’lumotlarga ishlov berishga rozilik olish
mumkin bo‘lgan paytga qadar subyektning roziligisiz yo‘l qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: