1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish



Yüklə 122,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix15.10.2022
ölçüsü122,97 Kb.
#65160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O‘RQ-547-сон 02.07.2019. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida

3-bob. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish
9-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish ishtirokchilari
Subyekt va operator shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish ishtirokchilaridir. Subyektning
qonuniy vakili, mulkdor va uchinchi shaxslar ham shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish
ishtirokchilari sifatida ish yuritishi mumkin.
10-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish va saqlash
Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs
tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarni bajarish uchun zarur hamda yetarli bo‘lgan shaxsga
doir ma’lumotlarni yig‘ish yo‘li bilan shakllantiriladi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish tartibi va prinsiplari mulkdor va (yoki)
operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash shaxsga
doir ma’lumotlarni yig‘ish chog‘ida ilgari bildirilgan maqsadlar talab etadigan darajada subyektni
identifikatsiya qilish imkonini beradigan shaklda amalga oshiriladi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash muddati ularni yig‘ish va ularga ishlov berish maqsadiga
erishish sanasi bilan belgilanadi.
11-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarni o‘zgartirish va to‘ldirish
Shaxsga doir ma’lumotlarni o‘zgartirish va to‘ldirish subyektning murojaati asosida, ushbu
murojaat berilgan paytdan e’tiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay mulkdor va (yoki)
operator tomonidan amalga oshiriladi.
Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan shaxsga doir ma’lumotlarni o‘zgartirish va to‘ldirish bunday
nomuvofiqlik aniqlangan paytdan e’tiboran darhol amalga oshiriladi.


12-modda. Shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish
Mulkdorning, operatorning va uchinchi shaxsning faoliyati maqsadlarini amalga oshirishga
qaratilgan shaxsga doir ma’lumotlar bilan harakatlar shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishdir.
Mulkdor, operator va uchinchi shaxs tomonidan shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish bu
ma’lumotlarning zarur darajada himoya qilinishini ta’minlash sharti bilan faqat ushbu shaxsga doir
ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha ilgari bildirilgan maqsadlar uchun amalga oshiriladi.
Mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir ma’lumotlarga
ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlari tomonidan shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish
faqat ularning o‘z kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir ma’lumotlarga
ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlari o‘ziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud
mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli ma’lum bo‘lib qolgan shaxsga doir ma’lumotlarning
oshkor etilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.

Yüklə 122,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin