- 23 -
UCHINCHI BO`LIM.
ONTOLOGIYA: DUNYONI FALSAFIY TUSHUNISH
1-mavzu. Olam va odam: falsafiy talqin
Reja:
1.
Olamning mohiyati va unda odamning o`rni.
2.
Olamning xilma-xilligi va murakkabligi.
3.
Olamning diniy, ilmiy va falsafiy manzarasi.
4.
Olamning namoyon bo’lish shakllari.
Olam va odamning mavjudligi va yashashi bilan bog’liq
muammolarning tarixiy ildizlari. Bu muammo - falsafaning asosiy
masalasimi? Mazkur masalani inson, fan va din uchun abadiyligining
sababi nimada? Olam to`g’risidagi monistik, dualistik va plyuralistik
qarashlar hamda ularning bugungi kundagi ahamiyati.
Olam tushunchasi. Uning ilohiy yaratilganligi yohud tabiiy
yaralganligi muammosi. Bu masalada fan va din munosabatlari,
dunyoviy va diniy qarashlar. Olamning diniy, ilmiy va falsafiy
manzarasi.
Olamning mavjudligi va rеallik holati to`g’risida moddiylik va
idеallik tamoyilini asos qilib oluvchi ta'limotlar va ularning asosiy
g’oyalari. Olamning namoyon bo`lish shakllari: moddiy, ma'naviy,
tabiiy, ijtimoiy, individual va boshqalar.
Odam va olam, ularning dunyoviy, diniy va falsafiy talqinlarini
o`rganishning yosh avlod ma'naviy kamolotidagi ahamiyati.