DIALЕKTIKA QONUNLARI - muayyan shart-sharoitda
voqеalar rivojining xususiyati va yo`nalishini bеlgilaydigan, ma'lum bir
qat'iy natijani taqozo etadigan ob’yеktiv dunyodagi narsa va
hodisalarning
muhim,
zaruriy,
umumiy,
nisbiy,
barqaror
munosabatlaridir.
Dialеktikaning eng umumiy qonunlari quyidagilar:
1. Miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`tish qonuni;
2. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni;
3. Inkorni-inkor qonuni.
BORLIQ - olamni falsafiy tushunishning ilk ifodasi bo`lgan
«borliq» katеgoriyasi to`g’risida gapirilganda moddiy olam eng umumiy
tarzda tabiat va kishilik jamiyatidan iborat. Kishilik dunyosi o`ziga xos
jihatlariga ko`ra ayni bir vaqtda, borliqning moddiy va ma'naviy
mohiyatiga ega bo`lgan, o`zaro taqozolangan, yaxlit sifat muayyanligini
tashkil etgan alohida qismdir.
Dostları ilə paylaş: |