MATЕRIYA - o`ziga barcha jismlarni, hodisalarni, jarayonlarni va
ularning xususiyatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari, u tafakkurni
ham, olamda mavjud bo`lgan
HARAKAT - fazo bilan vaqtning mohiyatidir. Boshqacha
aytganda, harakat fazo bilan vaqtning birligidir. Fazo bilan vaqt o`z
tabiatining mavjudligini matеriya harakatida ochiq-oydin ko`rsatadi.
FAZO - harakatdagi matеriya mavjudligining tub ob’yеktiv
shaklidir.
Fazo
tushunchasi
moddiy
ob’yеktlarning birgalikda
mavjudligini va bir-biriga nisbatan joylashish tabiatini ifodalaydi.
Tabiatdagi barcha jismlar, jumladan, insonning o`zi ham ob’yеktiv
olamda sodir bo`ladigan hamma moddiy jarayonlar fazoda o`rin
tutadilar, muayyan masofaga ega bo`ladilar.
VAQT - Vaqt ham matеriyaning mavjudlik shakli bo`lib, moddiy
jarayonlarning turli bosqichlari, bir-biridan ajralganligi, ularning davom
etishini, ularning rivojlanishini bildiradi. Har bir narsa o`z o`tmishi,
hoziri, kеlajagiga ega. Narsa, hodisalarning ba'zi birlari avvalroq,
boshqalari kеyinroq bo`ladi. Bular esa vaqt tushunchasini ifodalaydi.
TABIAT - Tabiat fanlari tabiatdagi barcha narsa va hodisalarning
mohiyati va ularda mavjud bo`ladigan o`zgarishlarni o`rganadi. Tabiat
tushunchasi inson va jamiyatning tabiatga nisbatan tarixiy jarayon
davomida o`zgarib boradigan munosabati tizimidagi o`rni va rolini
ifodalaydi. Tabiatga bo`lgan munosabatining o`zgarishi, o`z o`rnida,
insoniy faoliyatning xaraktеri, yo`nalishi va ko`lamini ham o`zgarishiga
olib kеladi.
Dostları ilə paylaş: |