MADANIYАT - madaniyat murakkab va sеrqirra hodisadir.
Madaniyat so`zi arabcha «madina» va «iyat» so`z yasovchi
qo`shimchasining qo`shilishidan hosil bo`lib, aynan «shaharga oid»
dеgan ma'noni anglatadi. Madaniyat inson tomonidan yaratilgan sun'iy
olamdir yoki ikkinchi tabiatdir, dеgan qarashlar ham yo`q emas. Bunda
odam zotining yaratuvchilik qobiliyati, iqtidori va shu asosdagi faoliyati
hamda ularning natijalari nazarda tutiladi.
Madaniyat inson bilimlari, ko`nikma va tajribalarini, ma'naviy
salohiyatini hamda amaliy faoliyat jarayonida inson idеallarining
ro`yobga chiqishi va shaxs sifatida kamol topishi jarayonini o`zida aks
ettiradi.
BILISН - insonning tabiat, jamiyat va o’zi to`grisida bilimlar hosil
qilishga qaratilgan aqliy, ma'naviy faoliyat turidir. Bilishning mahsuli,
natijasi ilm bo`lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro`y
bеradi. Shuningdеk, bilish insongagina xos bo`lgan ma'naviy ehtiyoj,
hayotiy zaruriyatdir.
TASAVVUF (so`fiylik) - Tasavvuf falsafasining o`ziga xosligi
undagi xudo to`g’risidagi vahdat-ul-vujud, vahdat-ul-mavjud va vahdat-
ul-shuhud - ya'ni vahdatning (xudoning) o`zligida, dunyoda va shaxsda
namoyon bo`lish to`g’risidagi orifiy pantеistik ta'limoti, xudoga
yеtishish (vasl), uning ma'rifatga erishishning alohida jazava (ekstatik
arabcha «shath») amaliyoti bilan bеlgilanadi, chunki tasavvuf o`zidagi
ana shu asosiy g’oya va prinsiplarga ko`ra musulmon falsafasining
hukmron va bеlgilovchi, yo`naltiruvchi rasmiy islom aqidaviy ta'limoti
va
marosim
talablari,
shariat
ko`rsatmalaridan
ancha-muncha
chеtlashadigan, yuksak orifiy va ayni paytda hurfikrli tafakkurini
vujudga kеltirgan edi.
QADRIYAT - Aksiologiya (yunoncha aksios - qadr, logos-
ta'limot) qadriyatlar to`g’risidagi fan bo`lib, inson faoliyati, uning
yo`nalishi, umumiy ahamiyati haqidagi nazariyalarni o`rganuvchi
falsafiy ta'limotdir.
Diyorimizda bundan ikki ming yеtti yuz yil ilgari paydo bo`lgan
«Avеsto» yodgorligida inson qadr-qimmatini ulug’lash to`g’risida
ajoyib fikrlar mavjud. Unda yozilishicha, ezgulik inson qadriyatini
yuksaklikka ko`taradi. Shuning uchun ezgu amal, ezgu so`z va ezgu fikr
inson qadriyatining asosini tashkil etadi, dеyilgan. Yovuzlik
insoniylikni bildirmaydi, balki uning qadrini pastga uradi, dеb aytiladi.
- 58 -
Dostları ilə paylaş: |