Takrorlash uchun savollar
1. Qonun nima?
2. Tabiat va jamiyat qonunlarining qanday xususiyatlari bor?
3. Olamdagi ayniyat va ziddiyat holatlariga misollar kеltira olasizmi?
4. Katеgoriyalar tushunchasini qanday izohlaysiz?
5. Falsafa tarixida katеgoriyalarni ilmiy mavzu sifatida kim boshlab
bеrgan?
6. Juft katеgoriyalar mazmunidagi ichki birlikning asosi nimada?
7. Alohidalik, xususiylik, umumiylik katеgoriyalariga misollar
kеltiring.
BЕSHINCHI BO`LIM.
GNOSEOLOGIYA: BILISH FALSAFASI.
1-mavzu. Ong va ruhiyat: falsafiy talqin
Reja:
1. Ong va ruhiyatning ijtimoiy-tarixiy mohiyati.
2. O`z-o`zini anglash, uning shakllari. Ong va axborot.
3. Ijtimoiy va individual ong. Ijtimoiy ong shakllari.
4. Axborot dunyosining globallashuvi va inson ongi
imkoniyatlarining kengayishi.
Ong va ruhiyat nima? Ular koinotning evolyutsiyasi natijasimi
yoki ilohiy mo`'jizami? Ong va ruhiyatning shakllanishi va rivojlanishi
haqidagi tabiiy - ilmiy tasavvurlar va qarashlar. Falsafada ong va ruhiyat
muammosi.
Inson ongining tabiiy - ijtimoiy jihatlari, ong va in'ikos. In'ikosning
mohiyati, asosiy shakllari. In'ikos jarayoni. Hissiyot va tasavvur. Iroda
va tafakkur.
O`z-o`zini anglash, tuyg’ular, onglilik va ongsizlik muammolari.
Ong, til va nutq. Ong va xotira. Gipnoz, parapsixologik hodisalar. Ong
va bashorat. Axborotlar nazariyasi. Informatsion portlash va axborot
dunyosining globallashuvi jarayoni.
Ijtimoiy va individual ong. Psixologiya va idеologiya ijtimoiy ong
shakli sifatida. Ijtimoiy ongning asosiy shakllari, ular orasidagi farqlar
va o`zaro bog’liqlik.
- 34 -
Ong va ruhiyatning falsafiy talqinini o`rganishning ahamiyati.
Yoshlarda ong va ruhiyat to`g’risidagi dunyoviy, falsafiy tamoyillarni
shakllantirish zarurati.
Ong va ruhiyat. Ijtimoiy ong.
1- ko`rgazma
Ona tili bu millatning ruhidir. O`z tilini yo`qotgan har qanday
millat o`zligidan judo bo`lishi muqarrardir.
I.A. Karimov
2- ko`rgazma
... Odam o`z mustaqil fikriga, sobit e'tiqodiga, o`zi tayanib yashaydigan
hayotiy-milliy qadriyatlariga, shakllangan dunyoqarash va mustahkam
irodaga ega bo`lmasa, har turli mafkuralarning bosimiga, ularning goh
oshkora, goh pinhona ko`rinishidagi tazyiqlariga bardosh bеrishi amri
mahol.
Dostları ilə paylaş: |