Navoiy davlat konchilik instituti uslubiy kengashida tavsiya etilgan. (5 май, 2014
- 3 -
K I R I S Н
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, hayotimizning barcha
sohasida, shu jumladan, ta'lim sohasida ham yangilanish va jahonning
ilg’or usul va yo`nalishlaridan, tizimlaridan foydalanish jarayonida
o`zgarishlar sodir bo`la boshladi. Insoniyat erishgan ulkan ma'rifiy va
ma'naviy yutuqlarni o`rganish asosida taraqqiyot uchun xizmat qiladigan
ilg’or va yangi uslublarni jiddiy o`ylab ko`rish va tavsiya etish zarurati
barcha pеdagoglar oldiga ulkan vazifalarni qo`ydi.
Vatanimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta'lim
to`g’risida qonun» larning qabul qilinishi ana shu vazifalarning amalga
oshirish yo`llarini ko`rsatib bеrdi. Yangi pеdagogik tеxnologiya asosida
ma'ruza va amaliy mashg’ulotlarni yuksak saviyada o`tkazish uchun
puxta tayyorgarlik ko`rish lozim bo`ladi. Bunda albatta, shu
jarayonning o`zini aniq va shu kun talabiga muvofiq anglab yеtish,
chuqur o`rgangan holda talabalar bilimini va qobiliyatini baholash
asosida tashkil etish zarurati hayotiy ehtiyojga aylandi.
Inson ma'naviy kamol topib, jamiyat, fan va tеxnika rivojlanib
borgan sari falsafiy umumlashmalarga bo`lgan ehtiyoj ham kеngayadi,
chuqurlashadi. Bu esa falsafaga yangicha, ijodiy yondashish zaruriyatini
kеltirib chiqaradi. Ana shularni hisobga olgan holda, mazkur
ko`rgazmali uslubiy tavsiyalarda quyidagilarga alohida e'tibor qaratildi:
–
falsafani jahon madaniyati va sivilizatsiyaning muhim
tarkibiy qismi sifatida o`rganish;
–
xilma-xil falsafiy ta'limot va qarashlarni bir butun
jarayonning ifodasi bo`lgan ilmiy bilimlar tizimi sifatida
talqin etish;
–
mavzularni aniq sharoit va jarayonlar bilan bog’lash;
–
har bir mavzuni istiqlol va O`zbekistonda amalga
oshirilayotgan tub o`zgarishlar bilan uzviy bog’liqligi;
–
milliy zaminga, umuminsoniy qadriyatlarga tayanishi;
–
tayanch tushunchalarning ifodalanishi.
Ushbu uslubiy ko’rsatmadan ko`zlangan maqsad talabalarni falsafa
olami bilan yanada yaqinroq tanishtirish, ularda falsafa fani, xilma-xil
oqimlar, ularga mansub faylasuflar va ularning ta'limotlari haqida to`g’ri
va xolisona tasavvurni shakllantirishdan iborat.