Muxandislik psixologiyasi: muhandislik psixologiyasi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari operatorlarining faoliyatini, odam-texnika o‘rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyat- larini o‘rganadi;
Muloqot psixologiyasi:SHaxs ijtimoiylashuvining biologik va ijtimoiy omillari; «muxandis shaxsi» tushunchasi; ayrim toifadagi shaxslarning mulokati tipologik tavsifi. Faoliyatda mulokat psixologiyasi,
Ijtimoiy psixologiya va kasbiy psixologiya o‘rtasida farq qiluvchi tomonlar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
kasbiy psixologiya fanining ko‘lami ijtimoiy psixologiyaga qaraganda torroq, chunki u kasbiy holatlar psixologiyasi bilan shug‘ullanmaydi;
kasbiy psixologiya fanida nazariyaga qaraganda amaliy holatlar ko‘proq, bu bevosita inson-texnika munosabatlari bilan bog‘liq psixik jarayonlarning o‘ziga xosligi bilan ifodalanadi;
kasbiy psixologiya fanining ishlash metodlari aksariyat hollarda «maxsuslik» xarakteriga ega;
kasbiy psixologiyaning ish uslubi tezkorlik xususiyatiga ega;
kasbiy psixologiya katta psixologik stress holatlarini ham
o‘z ichiga oladi;
kasbiy psixologiya texnik muxandis xodimlarining psixologiyasini shakllantirish va rivojlantirishi bilan ajralib turadi.
Kasbiy psixologiya fani ijtimoiy psixologiya kabi bir necha tarmoqlarga bo‘linadi. Bular:
profilaktika faoliyati psixologiyasi;
muxandislik faoliyati psixologiyasi;
inson-texnika munosabatlari psixologiyasi;
kasbiy faoliyat psixologiyasi.
Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo‘lib u o‘zining tadqiqot predmeti va ob’ektiga ega. SHu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob’ekti va predmetidan farqlanadi.