Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Toshkentdagi «Mushafi Usmoniy» tarixi va Qur’on tarjimalari



Yüklə 493,5 Kb.
səhifə7/15
tarix09.05.2023
ölçüsü493,5 Kb.
#109952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
“Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari va taraqqiyot

Toshkentdagi «Mushafi Usmoniy» tarixi va Qur’on tarjimalari. Mushafning Samarqanddan 1865 yilda Sankt-Peterburgga olib ketilgan, 1920 yilda musulmonlarga qaytarib berilgan, 1923 yilda Toshkentga olib kelingan.
Mushafning O‘rta Osiyoga olib kelinishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar ichida tarixiy jihatdan asoslirog‘i va ishonarlirog‘i sohibqiron Amir Temurning Basradan Samarqandga Qur’onning qadimiy bir nusxasini jo‘natgani haqidagi ma’lumot mavjud.
Mushaf-keyinchalik musulmon olamida tarqalgan va minglab marotaba nashr qilinayotgan Qur’onning asl nusxasi hisoblanadi. Qur’on qaerda nashr qilinmasin, uning birinchi sahifasida Usmon mushafi matniga muvofiq ekani yozib qo‘yilgan bo‘ladi.
Yendi Qur’onning tarjimalari haqidagi aniq ma’lumotlarga e’tibor qaratamiz. Hozirgi paytda ko‘pchilik o‘quvchilarning fikr mulohazalari e’tiborga olinib, O‘zbekiston musulmonlari Diniy idorasi tashabbusi bilan o‘zbek tiliga 2 marta (Alouddin Mansur tarjimasi, T.: 1992, Abdullaziz Mansur tarjimasi, T.: 2001) nashr etildi.
Hadislar – Qur’ondan keyingi mo‘tabar manba.
Hadis – Muhammad payg‘ambarning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, taqrirlari (ko‘rib qaytarmagan ishlari) yoki u kishiga berilgan sifatlarni o‘zida mujassam qilgan xabar va rivoyatlardir. «Hadis» so‘zining lug‘aviy ma’nosi – «so‘z, xabar, hikoya; yangi».
Hadislar islom dini ta’limoti va qonunlari uchun, ba’zi mazhablar nazdida, Qur’ondan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Hadislar tarkib jihatidan ikki qismdan: aynan xabar beruvchi matn va uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri – isnoddan iborat.
Hadislar o‘zidagi ma’lumot xarakteriga qarab, xilma-xildir:

  • al-hadis al-qudsiy (bu kabi hadisda ma’no – Allohdan, lafz – Payg‘ambardan deb hisoblanadi);

  • al-hadis an-nabaviy (bunda ma’no ham, lafz ham Payg‘ambarniki deb hisoblanadi) va boshqalar.

Hadislar ilk davrda faqat og‘zaki ravishda avloddan-avlodga uzatilar edi. Yozma ravishda hadislarni to‘plamaslik haqidagi Payg‘ambar va xalifalarning ko‘rsatmalari, asosan, ilk islom davriga taalluqli edi. Keyingi davrda paydo bo‘lgan muhaddislarning fikricha, Payg‘ambar o‘z so‘zlarini yozib olishdan odamlarni qaytarishlariga sabab – hadislarning Qur’on oyatlariga aralashtirib yubormaslik lozim edi. Boshqa hadisda esa Payg‘ambar (bu ahl al-hadis muhitiga tegishli bo‘lsa kerak): «Bu og‘izdan – deya o‘z og‘izlariga ishora qildilar – faqatgina haq so‘z chiqadi» – deb, o‘z so‘zlarini yozib olishga buyurganliklari haqida rivoyat qilingan.
Hadislarni tanqidiy o‘rganish bo‘yicha tez orada olti to‘plamda uchragan bir qator maxsus terminlar guruhi vujudga keldi. Imom at-Termiziy bu sohada salmoqli ishni amalga oshirdi. U faqatgina hadislarni to‘plash bilangina cheklanib qolmasdan, ularning tahliliga ham alohida bo‘lim ajratdi. Imom at-Termiziy birinchilardan bo‘lib hadislarni sahih, hasan va zaif guruhlarga ajratgan olimdir. Vaqt o‘tishi bilan hadis ilmidagi terminlar taraqqiy etib bordi va bu sohada umumiy qabul qilingan shaklga keldi.
Hadislar sahih (ishonarli), hasan (yaxshi), zaif (ishonchsiz), saqim (kasal) va boshqa turlarga ajratildi. Masalan, sunniylikda sahih hadislar darajalari bo‘yicha etti xilga bo‘lindi:

  1. Imom Buxoriy va Imom Muslim keltirgan;

  2. faqat Imom Buxoriy keltirgan;

  3. faqat Imom Muslim keltirgan;

  4. ikkala muhaddis ham keltirmagan, balki ularning shartlari bo‘yicha rivoyat qilingan;

  5. Imom Buxoriy shartlari bo‘yicha rivoyat qilingan; 6) Imom Muslim shartlari bo‘yicha rivoyat qilingan; 7) boshqa ulamolar tomonidan tasdiqlangan hadislar.

Hadis ko‘pincha sunna so‘zi bilan ham yonma-yon keladi. Sunna so‘zining lug‘aviy ma’nosi – «odat», «tariqa», «yo‘l» bo‘lib, istilohda Payg‘ambar odatlari, tutgan yo‘li, taqrir (ko‘rib qaytarmagan) va buyurgan ishlariga nisbatan ishlatiladi. Boshqacha qilib aytganda, bu istiloh Payg‘ambar turmush tarzini anglatadi.



Yüklə 493,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin