Xulosa va takliflar Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi o‘zida iqtisodiyot turli soha va tarmoqlarining mustaqil taraqqiyoti va har tomonlama mustahkam iqtisodiy o‘sishini taqozo etadi. Tarmoq va sohalar iqtisodiy o'sishini ta’minlashda bozor infratuzilmasining rivojlanishi ham ahamiyatlidir. Bozor infratuzilmasi shakllanishi va rivojlanishining muhim shart- sharoitlari, qulay muhitini vujudga keltirishda davlat tomonidan tartibga solish katta ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda esa iqtisodiy qonunlar bilan birga hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar uyg'unligini ta ’minlash va ulaming bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqilishini yo'lg a qo'yish muhim sanaladi. Ba’zilar infratuzilmani “insonning hayoti va ijtimoiy ishlab chiqarishda xizmatlar ishlab chiqarishdagi o‘ziga xos mehnat jarayonlari majmuasi”, “moddiy ishlab chiqarishga ishlab chiqarish xizmatlari ko‘rsatuvchi, xalq xo‘jaligida iqtisodiy aylanishni ta’minlovchi, aholi uchun xizmatlar va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqaruvchi, atrof-muhitni takror ishlab chiqarish va muhofaza qilish uchun mavjud xalq xo‘jaligining tarmoqlari va tarmoq ichi sohalari yig‘indisi” sifatida ta’riflasalar, ba’zilari infratuzilmaningahamiyatini “ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini yaratish”, “asosiy ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash” orqali belgilab, u orqali faqat ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish tizimini tushunadilar.
Bozor infratuzilmasi infratuzilmaning nisbatan yangi turi bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotda bozor mexanizmining rivojlanib borishi bilan alohida bozorlarning ehtiyojlarini qondirish bo'yicha faoliyatning maxsus turini yaratish zaruriyati vujudga keladi.
Bozorning paydo bo‘lishi uning madaniylashgan ko‘rinishda amal qilishini ta’minlovchi yangi tashkilotlar, muassasalaming shakllanishini taqozo etadi. Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o’z maksad va manfaatlaridan kelib chiqib mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko’rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o’z rivojlanishining tabiiy-evolyustion, dinamik xususiyatini belgilab beradi. Bozor iqtisodiyoti – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo’lib, birlashgan, o’zaro bog’langan va birgalikda harakatlanadigan bir qancha tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyotining normal amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor munosabatlariga ko’mak berishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, ularni bozor yordamida hal etish mumkin emas yoki ehtimoli kam. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o’z zimmasiga olishi kerak yoki bo’lmasa mavjud muammolarni hal etilishi uchun shart-sharoit yaratib berishi kerak.
Xulosa qilib aytganda bozor infratuzilmasi bu rivojlanayotgan iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblanadi.