Ijtimoiy iqtisodiy fanlar


Kurs ishining dolzarbligi



Yüklə 67,08 Kb.
səhifə2/8
tarix20.05.2023
ölçüsü67,08 Kb.
#118226
1   2   3   4   5   6   7   8
Bozor infratuzilmasi va uning asosiy unsurlari

Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida o‘z o‘mi va nufuziga ega bo‘lishi uchun iqtisodiy asos bo‘lib xizmat qildi. Biroq, sanab o‘tilgan yutuqlar mamlakatimiz oldida turgan ozod va farovon hayotni barpo etishdan iborat ezgu-maqsadlarga yetaklovchi navbatdagi salmoqli qadam, bosqichlardan biri hisoblanadi. Mazkur maqsadga to‘liq erishish uchun oldimizda qator vazifalar turibdi. Bu borada mamlakatimiz birinchi rahbari ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to‘qqizinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida“Bizning vazifamiz mamlakatimizni, jamiyatimizni demokratlashtirish hamda yangilash yo‘lidagi harakatlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichgako‘tarish va so‘zsiz bu borada amalga oshirgan ijobiy ishlarimizni qat’i yat bilan davom ettirish, ulami xalqimiz orzu qilgan marralarga yetkazishdir” deya Ta’kidlab, mazkur dastuming negizini tashkil etuvchi ustuvor vazifalar qatorida “Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o ‘zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti boigan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat” bo‘lgan ustuvor yo‘nalishni alohida ko‘rsatib berdi. Shu bilan birga 2008-yildan buyon o‘zini ko‘rsatib kelayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqrozi va uning oldini olishga qaratilgan, O‘zbekistonda amaliy dastur sifatida foydalanilayotgan birinchi prezidentimiz I.Karimov tomonidan batafsil yoritilgan “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqrozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yoilari va choralari” nomli asarida ham “Mamlakatimizni modemizatsiyalash va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim” deb ta’kidladilar.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimini takomillashtirish borasida parlament tomonidan o‘tgan davr mobaynida xususiy mulkni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, fermerlik harakatini mustahkamlash, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, keng tarmoqli bozor infratuzilmasini barpo etish kabi vazifalami amalga oshirishga mo‘ljallangan qonun hujjatlari qabul qilindi. Shuningdek, parlament aholi daromadlari va xalq farovonligini uzluksiz oshirib borish, keng miqyosdagi ijtimoiy dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish masalalariga ham alohida e’tibor berib kelmoqda.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko`pchilik mamlakatlari uchun xos bo`lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi ko`plab asrlar davomida tarkib topib, shakillanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko`pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyutsiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Xususiy mulkchilikning paydo bo`lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro`y berishi bozor iqtisodiyotining ro`y berishi hamda mavjud bo`lishining umumiy sharoiti hissoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo`jalikning tovar shaklini taqazo qiladi. Tovar ishlab chiqarishning mavjud bo`lishi o`z- o`zidan pul muammosi, ayriboshlash, taqsimlash va iste`molning bozorga oid xususiyatlari ko`zda tutiladi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo`lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayri boshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo`nalishlarini ko`rsatib beruvchi erkin narxlarning shakillanishiga imkon yaratadi.

Yüklə 67,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin