Ijtimoiy iqtisodiy fanlar


Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi va rivojlanishi



Yüklə 67,08 Kb.
səhifə6/8
tarix20.05.2023
ölçüsü67,08 Kb.
#118226
1   2   3   4   5   6   7   8
Bozor infratuzilmasi va uning asosiy unsurlari

2.2. Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi va rivojlanishi
Bozor infratuzilmasi tarkibiy qismlarini turkumlarga ajratishda yana shu narsa ma’lum bo‘ladiki, ba’zi bir tuzilmalaming alohida bozor turlari bilan o‘zaro aloqadorligi mavjud emas. Balki, ular barcha iqtisodiy munosabatlami, shu jumladan, bozor aloqalarini ham tartibga solib turadi yoki ulaming samarali amalga oshishi uchun ko'maklashadi.
Jumladan, soliq idorasi, sug'urta muassasasining ba’zi turlari, bojxona, emissiya banki kabi tuzilmalar bevosita davlat tomonidan tashkil etilgan bo'lib, ular iqtisodiy faoliyatning zarur me’yor va tartiblarda olib borilishini ta ’minlashga xizmat qiladilar.
Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi va rivojlanishi darajasi turli mamlakatlarda turlicha bo'lishi mumkin.
Bu esa:
-iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi;
-unda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning xususiyatlari;
-infratuzilma sohasining rivojlanishiga bo'lgan e ’tibor;
-davlat tomonidan qo'llab-quw atlashning mavjudligi kabi bir qator omillar ta ’siri ostida shakllanadi.
Shunga ko'ra, O'zbekistonda bozor infratuzilmasining rivojlanish xususiyatlarini o'rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.Ilmiy tadqiqotlarda bozor infratuzilmasini ta’riflashda, rivojlangan infratuzilmaga ega bo'lgan mamlakatlar tajribasini tahlil qilish va O‘zbekistonning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda quyidagi uslubiy yondashuvlar tavsiya etiladi:
- funksional;
- tarmoq;
- bozorlarga xizmat qilish;
-hududiy faoliyati;
- mulk shakllari;
- rivojlanganlik darajasi.
Bozor infratuzilmasining funksional belgisi takror ishlab chiqarish jarayonining uzliksizligini ta ’minlashdagi rolini to ‘liq ochib beradi, ya’ni: savdo vositachilik, moliya-kredit, iqtisodiy-axborot, iqtisodiy-huquqiy, tashqi iqtisodiy kabilami.
Tarmoq nuqtai nazaridan - savdo, ta ’minot, mahsulotni sotish, tayyorlov, moliyalash, kredit, sug‘urta, axborot-hisoblash, ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar va umumiy tijorat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan infratuzilma.
Bozorlarga xizmat qilish belgisi bo‘yicha:
-turli bozorlarga xizmat qiluvchi universal xarakterga ega bo’lgan umumbozor infratuzilmasi (tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, maslahat, auditorlik firmalari, axborot muassasalari va hokazolar);
-alohida bozorlarga xizmat qiluvchi infratuzilma (iste’mol bozori, ishlab chiqarish vositalari, moliya va ko‘chmas mulk bozorlari va hokazolar). hududiy faoliyati bo‘yicha:
-xalqaro (xalqaro banklar, biijalar, sug‘urta kompaniyalari, chet el firmalari, vakolatxonalari, chet el banklari filiallari, tashqi savdo firmalari, bojxona tashkilotlari, xalqaro yarmarkalar va hokazolar);
- milliy ( O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Respublika fermer xo‘jaliklari uyushmasi, Tovar-xomashyo birjasi, Respublika fond birjasi, Agrobank va hokazo);
- hududlararo (hududiy tovar biijalari, hududlararo ulguiji savdo uyushmalari va hokazo);
-hududlar (viloyatlardagi ulguiji savdo, tijorat banklari, savdo uylari va hokazolar);
-shahar va tumanlardagi (ulguiji va kichik ulguiji, marketing, reklama firmalari, advokatlik idoralari, auditorlik firmalari va hokazolar).
Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o’rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xo’jaligi, trans’ort, aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, aukstionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya - kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sug’urta va moliya kom’aniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar (uy - joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida bo’g’inini tashkil qilib, ularga ma’lumotlarni to’plash, umumlashtirish va sotish bilan shug’ullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.
Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik to’ishiga, ish kuchini yollashiga ko’maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida aloqa o’rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida joylashsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat bo’lib, ko’rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Bozor infratuzilmasida tovar (xizmat)lar muomalasiga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar muhim o’rin tutishi sababli ularning asosiylarining qisqacha tavsifini beramiz.
Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo - sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat muassasalaridir. Tovar birjalaridan farq qilib, fond birjasida qimmatbaxo qog’ozlar va chet el valyutalarining oldi-sotdisi amalga oshsa, mehnat birjasi ishchi kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona o’rtasida turib, unga bo’lgan talab va taklifni bir-biriga bog’laydi.
Birjaning barcha shakllarida kelishuvning xarakterli belgisi tovar, akstiya va valyuta kurslariga, narxning tebranib turishiga chayqov yo’li bilan ta’sir qilishdir.
Birjada uning qatnashchilari ayirboshlash to’g’risida bitim tuzadi, lekin tovarni etkazib berish va uning haqini to’lash birjadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovar egasi va xaridorlar qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler)lar - bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar to’shirig’iga ko’ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o’z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin.
Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu erda hali ishlab chiqarilmagan, lekin tayyorlanishi aniq bo’lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi.
Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi.
Auksionlar - alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro’yxati bo’yicha, ommaviy sotuvga qo’yish yo’li bilan o’tkaziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o’tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar ro’yxatda ko’rsatilgan tartibda savdoga qo’yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi.
Aukstionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kollekstiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari ma’lum vaqtda o’tkazilib, bu erda tovarlar ulgurji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi o’rtasida yuz berib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi.
Savdo uylari - savdo muassasasining maxsus turi. U ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim - kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.) universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o’rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo - sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporastiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanadigan turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug’ullanadi.
Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o’z mulkiga sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari har xil shaklni olib, ular mustaqil do’konlar, maxsus do’konlar va su’ermarketlardan iborat bo’ladi. Supermarket - bu xaridorning o’z - o’ziga xizmat ko’rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli hamma turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo’yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy - maishiy xizmat ko’rsatadi.
Ko’p tarmoqli tashqi savdo firmalari ham savdo uyi deb ataladi. Ular o’z nomidan va ko’pincha o’zlari hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga to’shirish, kreditlar berish, sug’urta xizmati ko’rsatish bilan moliya va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi.
Infratuzilma tizimida moliya - kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o’ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo’lgan ka’ital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o’rnatadi. Moliyaviy muassasalardan ko’pchiligi o’ziga xos belgilarga ega bo’lsada, ularning barchasi bitta umumiy belgiga ega. Ular o’zlarining majburiyatlarini bildiradi, ya’ni mablag’lari ortiqcha bo’lgan sub’ektlardan pul qarz oladi va o’z nomidan mablag’lari etishmagan sub’ektlarga pul qarz beradi.
Bozor infratuzilmasining banklar, sug’urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya - kredit munosabatlarida alohida o’ziga xos o’ringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o’rni bilan keyingi mavzularda batafsil tanishamiz.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firmalar - korxona, firma, kom’aniyalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini eks’ertizadan o’tkazuvchi idora. Ular odatda aksioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat ko’rsatadi va to’liq mustaqillikga ega bo’ladi. Auditor firmalar o’z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi.
Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat ko’rsatishi, hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlaydi.



Yüklə 67,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin