Bank ish kuni – qonun hujjatlari bilan belgilangan kun ichida o‘r-natilgan ish vaqti
Bank operatsiyalari ichki nazorati – bank rahbariyati va barcha bank xodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish
268
jarayonida ularning qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malaka-da bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash tizimi.
Bosh kitob– hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraq-lari qoldiqlarining ro‘yxati
Buxgalteriya hisobi registrlari – ikkiyoqlama yozuv usulida ope-ratsiyalar qayd etiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlan-gan blanklar.
Bek-ofis – bankning tarkibiy qismi bo‘lib, Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan ope-ratsiyalarni joriy nazoratdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.
Bank depoziti –bank mijozi-yuridik yoki xususiy shaxs tomoni-dan bankka saqlash uchun qo‘yilgan pul mablag‘lari; ular bank hisobo-tida passiv sifatida ko‘rsatiladi.
Bank kafolati – mijozning iltimosiga ko‘ra tijorat banki tomoni-dan bo‘nak (avans) sifatida summani kontrakt shartlari bo‘yicha bajarish va kafolatlash. Bank kafolati berilishida kafolat majburiyatining maz-muni bankning o‘z farmoyishi bilan so‘zsiz tartibda qarzdor tashkilot-ning hisobdan uning summasini kafolat tashkilot hisobidan qoplash yo‘li bilan yoki u tashkilotga taalluqli bo‘lgan pullarni undirish yo‘li bilan ssudani qoplash huquqidan iboratdir.
Bank krediti –foiz to‘lash sharti bilan banklardan beriladigan pul vositasi. Qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli, shuningdek, to‘-lanuvchi ssudalar, hisob veksellari, tovar hujjatlariga asoslangan ssuda, qimmatli qog‘ozlar, investitsiya ssudalari farqlanadi.
Banklardagi operativ hisobot – buxgalter hisobida aks etmaydi-gan yoki uning boshqa qismida aks etadigan pul, hisob-kitob, kredit ope-ratsiyalari va alohida ko‘rsatkichlarning tizimdan tashqaridagi hisoboti.