Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə18/153
tarix04.08.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#138686
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   153
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (3)

Т/р Hujjatlarning nomi

1. To‘lov topshiriqnomasi

2. To‘lov talabnomasi

3. Akkreditivga ariza

4. Memorial orderlar

5. Inkasso topshiriqnomasi

6. Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari
Shartli raqamlari

01

02



05

06

11



14

Shaxsiy hisobvaraqlar va ular bo‘yicha operatsiyalarni quyidagi misolda ko‘ramiz.

5-jadval. Hisobvaraq nomeri 20208000400685254001
sana 04.10. 2010



Korrespon-densiyalangan hisobvaraq nomeri
Kun boshiga qoldiq

Hujjat Operatsiya nomeri mazmuni


Aylanmalar

Debet Kredit bo‘yicha bo‘yicha

Qoldiq

4758600



1. 10101

2. 20214


3. 20210

4. 45257
125 03 2256200

41 01 5652440

92 02 2325400

118 06 52000



Aylanmalar yig‘indisi

Kun oxiriga qoldiq


4633600 5652440

5777440

Yuqorida keltirilgsn shaxsiy hisobvaraqda qayd etilgan operatsiya-larga quyidagicha tavsif beramiz.

38

1. Hisobvaraq egasining 125-nomerli pul chekiga asosan bank kas-sasidan 2256200 so‘m naqd pul berildi.
2. Chet el kapitali ishtirokidagi korxonaning 41-nomerli to‘lov top-shiriqnomasi asosida 5652440 so‘m kelib tushdi.
3. Davlat korxonasining 92-nomerli to‘lov talabnomasi asosida kommunal xizmat uchun 2325400 so‘m to‘lov undirildi.
4. Mijozga inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bank tomonidan 118- nomerli memorial orderga asosan 52000 so‘m undirildi.
Bajarilgan operatsiyalar natijasida hisobvaraqning debeti bo‘yicha aylanmalar 4633600 so‘mni va krediti bo‘yicha aylanmalar 5652440 so‘mni tashkil qildi. Kun oxiriga bo‘lgan qoldiqni aniqlash uchun kun boshiga bo‘lgan qoldiq (4758600 so‘m) qa krediti bo‘yicha aylanmalar (5652440 so‘m)ni q o‘shib, debeti bo‘yicha aylanmalar (4633600 so‘m)ni ayiramiz. Misolimizda mijozning hisobvarag‘ida kun oxiriga bo‘lgan qoldiq 5777440 so‘mni tashkil etdi.
Aksariyat banklarda shaxsiy hisobvaraqlar va ularning ko‘chirma-lari kompyuterlarda tayyorlanadi. Shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar kompyuter yordamida tayyorlansa, ular mijozlarga berilayotganda imzolar va bank shtamplari bilan tasdiqlanmaydi.
Hisobvaraqlar krediti bo‘yicha o‘tkazilgan summalar yuzasidan shaxsiy hisobvaraqlaridan ko‘chirmalarga yozuvlarni kiritishda asos bo‘lgan dastlabki hujjatlar ilova qilinadi. Puli to‘langan hisob-kitob huj-jatlarning mijozlar hisobvaraqlaridan ko‘chirmalarga ilova qilinadigan, ishlov berishning dastlabki bosqichlaridayoq bank shtampi yoki muhri bosilgan ikkinchi nusxalar, shuningdek, kirim-kassa operatsiyalariga doir hujjatlar shtamp bilan tasdiqlanmaydi.
Hisobvaraqlardan ko‘chirmalar mazkur hisobvaraq bo‘yicha birin-chi yoki ikkinchi imzo huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga yoki ularning ishonchnoma taqdim etilgan vakillariga tilxat bilan beriladi. Bunday ishonchnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Hisobvaraq egasi unga ko‘chirma berilgandan keyin, agar biror e’tiroz bo‘lsa, ikki ish kuni mobaynida bankka hisobvaraq krediti va debeti bo‘yicha o‘tkazilishi lozim bo‘lgan to‘g‘ri summalar haqida yozma ravishda xabar berishi shart. Agar, shu ikki kun muddat ichida mijoz o‘z e’tirozini bildirmasa, bajarilgan operatsiyalar hamda hisobvaraqdagi mablag‘ qoldig‘i tasdiqlangan hisoblanadi. Mijoz o‘z hisobvarag‘i kre-diti bo‘yicha noto‘g‘ri summa kelib tushgani (ya’ni boshqa korxonaga

39

tegishli bo‘lgan adashib tushirilgan) haqida ham ikki ish kuni ichida bankka xabar berishi lozim. Bank oradan ikki ish kuni o‘tgandan keyin mijoz hisobvarag‘i kreditida noto‘g‘ri yozuvlar borligini aniqlasa, mijoz har bir kechiktirilgan kun uchun hisobvaraq kreditiga yozilgan umumiy summaning bank xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi shartnomada ko‘zda tutilgan foiz hajmida bankka jarima to‘laydi. Bunday jarima begonalar mablag‘laridan o‘z manfaatlari uchun foydalanganligi uchun undirib olinadi.


Bank o‘z mijozlarining barcha turdagi hisobvaraqlarining holati to‘g‘risida, ya’ni mablag‘lari, ularning harakati to‘g‘risidagi yozma ma’lumotlarni ikki holatda berishlari mumkin:

a) Hisobvaraq egalarining yuqori turuvchi tashkilotlari tomonidan so‘ralganda;


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin