Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Analitik hisob (Yordamchi kitob) va uning materiallari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə17/153
tarix04.08.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#138686
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   153
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (3)

2.2. Analitik hisob (Yordamchi kitob) va uning materiallari

Birlamchi buxgalteriya operatsiyalarini o‘zida aks ettirib, ular haqida mufassal axborot beruvchi hisobvaraqlar guruhi analitik hisob, ya’ni yordamchi kitob deb yuritiladi. Banklarda Yordamchi kitob hisobga olinadigan har bir turdagi mablag‘lar va boyliklar bo‘yicha ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, kartochkalar, kitolblar va jurnallarda yuritiladi. Boshqacha qilib aytganda, bank tomonidan amalga oshiriladigan birlam-chi operatsiyalarning hisobi dastlab shaxsiy hisobvaraqlarda (kartochkalar, kitoblar, jurnallarda) aks ettiriladi. Bunda ularning maqsadi, shuningdek, hisobvaraqlar egalari ko‘rsatiladi.


Banklarda eng ko‘p ishlatiladigan Yordamchi kitob materiallaridan biri bu shaxsiy hisobvaraqlardir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun

35

ochiladigan barcha hisobvaraqlar O‘zbekiston Respublikasi Bank Depo-zitorlari Milliy axborot bazasida qayd etiladi. Bunda har bir mijozga uning qaysi mulkchilik shakliga qarashliligi, faoliyat turi va boshqa belgilariga ko‘ra xosraqam, ya’ni kod beriladi. Bu kod ushbu mijozga bankda qanday turdagi shaxsiy hisobvaraq ochilayotgan bo‘lsa, ularning barchasini nomerlashda foydalaniladi. Lekin mijoz hisobvaraq ochish uchun avvalo o‘z bankiga murojaat etadi. Mijoz uchun hisobvaraq ochi-layotganda bank bosh buxgalteri mijoz taqdim etgan barcha material-larni yuridik jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirgandan so‘ng barcha kerakli ma’lumotlar asosida belgilangan shakl tuziladi. Bu ma’-lumotlar fayli Bank Depozitorlari Milliy Axborot bazasiga jo‘natiladi.


Barcha hisobvaraq nomerlari 20 xonali sonlardan iborat bo‘ladi. Mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari mijozlar tomonidan taqdim etilgan, ayrim hollarda bank xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlari asosida tuziladi. Shaxsiy hisobvaraqlar dasturiy yo‘l bilan tayyorlanadi. Shaxsiy hisobvaraqning elektron nusxasi belgilangan tar-tibda tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng bankda elektron bazada qoldiri-ladi. Mijoz uchun qog‘ozga chiqarib berilgan nusxa shaxsiy hisobvaraq-dan ko‘chirma bo‘lib xizmat qiladi va mijozga beriladi.
Shaxsiy hisobvaraqlarga yozuvlar faqat belgilangan tartibda ras-miylashtirilgan hisob-kitob va pul hujjatlari asosida kiritiladi. Shaxsiy hisobvaraqning sodda shakli quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:

3-jadval. Hisobvaraq shakli


Hisobvaraq nomeri va boshqa umumiy rekvizitlar

T/r
Korresponden-siyalangan hisobvaraq nomeri

Hujjat Operatsiya nomeri mazmuni
Aylanmalar

Debet Kredit bo‘yicha bo‘yicha


Qoldiq (kun bo-shiga va oxiriga)

Jadvalda ko‘rib turganingizdek, shaxsiy hisobvaraq o‘z ichiga hi-sobvaraq nomeri, sana, operatsiya o‘tkazishda korrespondensiyada bo‘lgan hisobvaraq nomeri, operatsiyalar mazmuni, debet va kredit bo‘yicha aylanmalar summasi va hisobvaraq bo‘yicha qoldiqlar haqidagi ma’lumotlarni oladi.

36

Lekin hozirgi kunda barcha banklarda operatsiyalar kompyuter dasturlari yordamida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Shu sababli shaxsiy hisobvaraqlarda avvalgidan ko‘ra ko‘proq ma’lumotlar ko‘rsatil-moqda. Shaxsiyhisobvaraqlarda quyidagi rekvizitlar yozilgan bo‘lishi zarur:


shaxsiy hisobvaraqning nomi;
– shaxsiy hisobvaraqni chop etish tartib raqami (ya’ni, kompyuter qo‘ygan raqam);
– shaxsiy hisobvaraqni tuzgan bank kodi va nomi; – shaxsiy hisobvaraqning raqami va uning nomi;
– hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi buxgalterning raqami, uning familiyasi, ismi, otasining ismi;
– ishlov berish sanasi;
– hisobvaraqdagi so‘nggi harakat sanasi; – kun boshidagi qoldiq summasi;
– kun oxiridagi qoldiq summasi;
– buxgalteriya yozuvlarining tartibi bo‘yicha raqami; – hujjat turi;
– hujjat raqami;
– hujjat turi (toifasi);
vakil bankning kodi;
– debet bo‘yicha aylanmalar summasi; – kredit bo‘yicha aylanmalar summasi;
– debet bo‘yicha aylanmaning umumiy summasi; – kredit bo‘yicha aylanmaning umumiy summasi.
Shaxsiy hisobvaraq rekvizitlaridan biri operatsiya turidir. Ope-ratsiyalar turini shaxsiy hisobvaraqlarda qayd etish uchun shartli raqam belgilari qo‘llaniladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan hujjatlar turini shaxsiy hisobvaraqlarda qayd etish uchun foydalaniladigan shartli raqam belgilari (shifrlar) “Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami-1545, 2006-yil 14-fevral) da berilgan. Masalan, xatoliklarni tuza-tish uchun tuziladigan memorial orderlar “06”, to‘lov topshiriqnomasi “01” , tijorat bankining hisob-kitob cheklari uchun esa “14”shartli raqa-mi bilan belgilangan.
Demak, hujjatlar buxgalteriya qaydidan o‘tkazilayotganda shaxsiy hisobvaraqlarga qo‘yiladigan operatsiyalar turining shartli belgilari (shifr-lari) qo‘yiladi.

37


T/r

Quyidagi jadvalda shartli raqam belgilarini keltiramiz.

4-jadval.

Operatsiyalar turlarining shartli raqamlari




Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin