I bob. BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH ASOSLARI. BANKLARNING HISOBVARAQLAR REJASI
1.1. Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining rivojlanishida banklar alohida o‘rin egallaydi.
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan, “Bank – tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hi-soblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuyini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
– yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki inves-titsiyalash uchun foydalanish;
– to‘lovlarni amalga oshirish”2.
Banklar o‘z faoliyatida ko‘plab operatsiyalarni bajaradi. Ularga yuridik va jismoniy shaxslarning, banklarning hisobvaraqlarini ochish, yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar o‘tkazish, omonatlar jalb etish, kreditlar berish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish va sotish, moliyaviy lizing xizmatini ko‘rsatish, kassa operatsiyalarini bajarish, chet el valyutasini sotish va xarid qilish, pul mablag‘lari, hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish va bir qator boshqa operatsiyalarni kiritish mumkin.
Shunday qilib, bank tijorat muassasasi bo‘lib, to‘lovlar va hisob-kitoblarni tashkil etish, huquqiy va jismoniy shaxslarning hisobvaraqla-rini yuritish, ularning pul mablag‘larini saqlash, kreditlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar bank faoliyatining mahsuli hisoblanadi.
Bank faoliyatida, yuqorida sanab o‘tilgan operatsiyalarni bajarish jarayonida pul mablag‘larining harakati va ularning manbalari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishda buxgalteriya hisobi katta o‘rin tutadi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalangan holda bankning aktiv va passiv operatsiyalari rejalashtiriladi. Moliyaviy hisobotlarning natijasi bankning moliyaviy holatini ko‘rsatadi va bank rahbarlariga bank ishini rivojlantirishda aniq chora va tadbirlar ishlab chiqishga sharoit yaratadi. Shu qabul qilingan siyosat asosida tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi yaratiladi. Bu faoliyat bank xodimlarining kunlik ish jarayonlarida hamda operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishda o‘z ifodasini topadi.
2 O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 1996-yil.
6
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning asosiy yo‘na-lishlari belgilab berilgan bo‘lib, ular quyidagilardir:
a) davlatimizning qonunchiligiga rioya qilish;
b) buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga rioya qilish;
c) bankning o‘z amaliyotidan kelib chiqib, odatiy operatsiyalarini hisobga olgan holda buxgalteriya hisobini tashkil qilish;
d) Banklar o‘zining hisob siyosatini ishlab chiqish bilan birga Respublika Markaziy banki tomonidan belgilab berilgan umumiy yo‘riqnoma va nizomlarga rioya qilish.
e) buxgalteriya hisobini ilmiy asoslangan holda tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: |