Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Bank hisob-operatsion bo‘limining tuzilishi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə6/153
tarix04.08.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#138686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (3)

1.2. Bank hisob-operatsion bo‘limining tuzilishi

Banklarda bajariladigan barcha operatsiyalarning buxgalteriya hi-sobini olib borish bankning hisob-operatsion bo‘limiga yuklatilgan. Hi-sob-operatsion bo‘lim bank faoliyatining ko‘lami va yo‘nalishi, mijoz-lar soni hamda boshqa ko‘rsatkichlarga qarab bir qancha guruhlardan iborat bo‘ladi. Bu guruhlarda ish yurituvchilar mas’ul ijrochi deb ataladi. Har bir mas’ul ijrochiga bir nechta mijozlar bo‘lib berilib, ular o‘z mijozlari bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit va boshqa operatsiyalari bo‘yicha hisob ishlarini olib boradilar, ularga xizmat ko‘rsatadilar. Bu guruhlar hisob guruhi deyiladi. Bundan tashqari, hisob-operatsion bo‘limda banklararo hisob-kitoblar bo‘limi, davlat budjetining kassa ijrosi bo‘limi, bank ichki operatsiyala-rini tashkil etish bo‘limi ham mavjud bo‘ladi. Bu bo‘limlarda ishlovchi buxgalterlar soni ham mazkur bo‘limda bajariladigan operatsiyalar ko‘lami bilan belgilanadi.


Banklararo hisob-kitoblar bo‘limining vazifasi mas’ul ijrochilardan boshqa banklarga tegishli bo‘lib, o‘tkazilishi kerak bo‘lgan hujjatlarni qabul qilish, ularni banklar bo‘yicha saralash, hujjatlardagi yozuvlarning to‘g‘riligini filiallararo aylanmalar bo‘yicha nazorat qilish va boshqa bankka hujjatlarni elektron pochta orqali jo‘natishdan iborat. Lekin ho-zirgi kunda deyarli barcha tijorat banklarida hisob-kitob hujjatlari mas’ul ijrochidan so‘ng bosh buxgalter tekshiruvidan o‘tkaziladi va elektron axborot bankining hisoblash markaziga uzatiladi. Bu yerda elektron to‘lovni boshqa banklarga o‘tkazish ishlari bajariladi.
Davlat budjetining kassa ijrosi bo‘yicha bo‘lim buxgalterlari davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bo‘yicha operatsiyalarni tashkil
11

etadi, bu operatsiyalar hisobini olib boradi, davlat budjeti xarajatlarining to‘g‘ri va qonuniy sarflanishi ustidan nazorat qiladi. Ichki bank ope-ratsiyalari bo‘yicha bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


– bank asosiy vositalarini, kam baholi va tez eskiradigan buyum-larni sotib olish, ularning eskirishi, qayta baholanishi hamda hisobdan chiqarilishini hisobga olish;
– bank nomoddiy aktivlarini, materiallarni sotib olish, eskirishi, qay-ta baholanishi, hisobdan chiqarilishini hisobga olish;
– bank boshqaruv apparati va xodimlarining xarajatlarini hisoblash va hisobga olib borish;
– bankning barcha daromadlari bo‘yicha hisobni olib borish; – bankning barcha xarajatlarini hisobga olib borish va hokazo.
Yuqorida sanab o‘tilgan bo‘limlar majmuasi bankning hisob-operatsion bo‘limini tashkil etadi. Hisob-operatsion bo‘limni bank bosh buxgalteri boshqaradi. Bankdagi mijozlar soni, bajaradigan operatsiyalar ko‘lami va hisob-operatsion bo‘limdagi guruhlar soniga qarab bosh buxgalterning bir yoki ikki muovini tayinlanadi. Yordamchi va Bosh kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, dasturli kompyuter tizimida hiso-botlar tuzish ishlariga umumiy rahbarlik qilish bank bosh buxgalterlariga yuklanadi. Agar bosh buxgalter bo‘lmasa, ya’ni mehnat ta’tilida, xizmat safarida yoki kasal bo‘lsa, bank rahbarining buyrug‘iga ko‘ra uning muoviniga topshiriladi. Bankning buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish bilan bankning bosh buxgalteri shug‘ullanadi.

Front-ofisva Bek-ofisdan iborat bo‘lgan banklarning buxgalteriya apparatining xususiyatlari

Hozirgi kunda xalqaro andozalar asosida faoliyat yuritishga hara-kat qilayotgan qator banklarda buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish amalga oshirilmoqda.
Tijorat banklari nuqtayi nazaridan buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga bo‘linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis muta-xassislari mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofis muta-xassislari esa dastlab Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichning tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga yet-kazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi.
12

Mijoz uchun ham bunday tarkibiy bo‘linish ahamiyatli bo‘lib, bankning bitta bo‘limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo‘lgan xodimlardan o‘zining barcha masalalarini yechish imkoni yuzaga keladi. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada bo‘lib, Bek-ofis mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz hisoblanadi.


Front-ofis mijozlar bilan bevosita muomalada bo‘ladigan va barcha bank xizmatlarini ko‘rsatadigan bankning operatsion xodimlari guruhidan iborat bo‘ladi.

Front-ofisning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:


1) bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni taklif qilish va ular yuza-sidan shartnomalar tuzish;
2) mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini, shuningdek, “Bank-mijoz” dasturi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish;
3) mijozlarning bank orqali o‘tadigan operatsiyalarini huquqiy va
moliyaviy jihatdan dastlabki nazoratdan o‘tkazish;
4) mijozlarga pul hisob-kitob operatsiyalarining o‘tkazilishini tas-diqlovchi tilxat berish.
Front-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat:
1. Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi korporativ bo‘lim.
2. Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim.
3. Bankning ichki operatsiyalarini (depozit, kredit, qimmatli qog‘ozlar, valyuta operatsiyalari) amalga oshiruvchi bo‘lim.
Front-ofis tarkibida bank uchun o‘ta muhim mijozlar (VIP) ga xiz-mat ko‘rsatuvchi alohida bo‘lim tashkil etilishi mumkin.
Front-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqa-ruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1834-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan yo‘riqnomaning tegishli ilovalari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Bek-ofis – Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy va yakuniy na-zoratdan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.

13

Bek-ofisning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:


1) Front-ofis tomonidan ruxsat etilgan operatsiyalarni avtomatlash-tirilgan bank hisob tizimida aks ettirish;
2) joriy va yakuniy nazoratni amalga oshirish; 3) hisobotlar tuzish.
Bek-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin: 1. Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi.
2. Kliring va plastik kartochkalar emissiyasi bo‘limi. 3. Ssuda-depozit bitimlar bo‘limi (guruhi).
4. Statistik ma’lumotlar bo‘limi.
5. Ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘limi. 6. Yakuniy nazorat bo‘limi.
Bek-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun ham yuqorida keltirilgan yo‘riqnomaning tegishli ilovalariga murojaat etish tavsiya etiladi.
Bank tarkibiy tuzilmasining mas’uliyatini belgilash uchun, ular bajaradigan operatsiyalari tavsifidan kelib chiqqan holda, bo‘limlar bo‘yicha vazifalar taqsimlashning taxminiy doirasini aniqlash zarur. Shuni qayd etish zarurki, bo‘linmaga yuklatiladigan vazifalar doirasi qat’iy bo‘lishi shart emas. Bank bo‘linmalarida ko‘rsatilayotgan xiz-matlar hajmi va bank operatsiyalarining avtomatlashtirilgan darajasiga bog‘liq ravishda Bek-ofis yoki Front-ofis tarkibida ayrim bo‘lim yoki sektor bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda, bir bo‘lim yoki sektor vazifalarini boshqa bo‘lim, sektorning bajarishi ko‘zda tutilishi lozim.
Vazifalar bank tarkibiy tuzilmasining har bir bo‘limi uchun alohida taqsimlanadi. Mijozlarga bankning barcha xizmatlar majmuasi faqat Front-ofis bo‘limida ko‘rsatilganligi bois, mazkur bo‘lim bank xizmat-larining barcha turlarini yaxshi biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart.
Bunda shart-sharoitlar va bank tomonidan mijozlarga ko‘rsatila-yotgan xizmatlar ro‘yxati e’lon qilinishi hamda mazkur xizmatlardan bankning mavjud va bo‘lg‘usi mijozlari xabardor qilinishi shart.
Xizmat ko‘rsatish jarayonida nostandart – ko‘zda tutilmagan holat-lar kelib chiqishi ehtimoli mavjudligini inobatga olgan holda, aniq xiz-matlar turi (misol uchun, eksport yoki import shartnomalarini ro‘yxatga olish va hisobi) bo‘yicha paydo bo‘lgan savollarni joyida hal qiluvchi va tegishli operatsiyalarni butunlay nazorat qilish salohiyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan jamlangan bo‘lishi kerak.

14

Shundan kelib chiqqan holda, operatsiyalarni amalga oshirishda mas’ul ijrochi bilishi lozim bo‘lgan qonunchilik doirasi qanchalik kichik bo‘lsa, uning ishi tez va sifatli bo‘ladi. Shuning uchun Front-ofis mas’ul ijrochilari o‘rtasida mijozlarni taqsimlashda, bir mas’ul ijrochida bir toifali mijozlar bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bunda mijozning mavjud barcha hisobvaraqlariga bir mas’ul ijrochi tomonidan xizmat ko‘rsati-lishi shart.


Front-ofis xodimlarini mijozlarning jismoniy va yuridik shaxslar toifasi bo‘yicha guruhlash lozim. Qonunchilik bazasi turli yoki bir xilli-giga bog‘liq holda, yuqorida qayd etib o‘tilgan mijozlarni yanada kichik bo‘lgan quyidagi turlarga bo‘lish mumkin. Masalan, faqat milliy valyutada operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar, milliy va chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar, bir mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar va hokazo.
Bankning Front-ofis bo‘limidagi har bir guruh mutaxassisi mijozlarga ko‘rsatiladigan to‘liq standart xizmatlar ro‘yxatini ularga taqdim etadi.
Xodimlar guruhi tomonidan mijozlarga ko‘p operatsiyalar turi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilsa, mazkur guruhga kamroq mijoz taqsimla-nishi lozim. Chunki ko‘p turli operatsiyalar bajaruvchi mijozning bitta tashrifi bo‘yicha unga xizmat ko‘rsatish bank xodimining ko‘p vaqtini egallaydi.
Front-ofis zimmasiga mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlar-ning rasmiylashtirilishi va ular tomonidan boshlangan operatsiyalarning to‘g‘riligini dastlabki nazorat qilish yuklatiladi. Qo‘shimcha nazorat zarur hollarda (bank qo‘shimcha nazorat qilinishi lozim bo‘lgan ope-ratsiyalar ro‘yxati va ularni nazorat qilish tartibini ishlab chiqadi) Front-ofis xodimi operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni nazoratchi xodimga taq-dim etadi.
Bank tomonidan amalga oshiriladigan mijoz operatsiyalarining na-zoratini o‘z xususiyatlari bo‘yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1) mijozning shartnomaga asoslangan harakatini tekshirish;
2) mijoz o‘z operatsiyalarini qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ba-jarayotganligini tekshirish;
3) hujjatlarning rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan talablarga rioya qi-linishini ta’minlash;
4) to‘lovlarni amalga oshirish uchun moliyaviy sharoitlar mavjud-ligini aniqlash.

15

Yakuniy nazoratning vazifasi operatsiyalarning yakuniy nazoratini amalga oshiruvchi Bek-ofis xodimlari tomonidan keyingi bank ish kuni-dan kechiktirmagan holda o‘tkazish hisoblanadi.




Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin