Xulosalar
1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va
tekis ketmay, uni turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur
bosqichlarini
bilishda
tarixiy-formasion,
madaniylashish
(sivilizasiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi,
sosial-iqtisodiy shakllarning o ‘zgarishi kabi jihatlar bo‘yicha
yondashuvlar mavjud.
2. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan
iqtisodiy munosabatlari iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik
mexanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy nazariyada ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab
chiqaruvchi kuchlaming rivojlanish darajasi bilan bog‘lab, shu
asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy iqtisodiyot,
ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga
ajratiladi.
3. Mulkchilik munosabatlari - shaxsiy, jamoa va davlat
manfaatlarini o‘zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va
natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar,
hududlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidir.
4. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy
va
ma’naviy
ne’matlami
o ‘zlashtirish
borasidagi
iqtisodiy
munosabatlarni o‘zida aks etadi. Agar mulkchilikning iqtisodiy
mazmuni u yoki bu obyektni o ‘zlashtirish va foydalanish borasida
subyektlar o ‘rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning
huquqiy mazmuni
subyektning obyektga nisbatan
boMgan
munosabatini aks ettiradi.
5. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarisrt va xususiylashtirish -
korxonalar nizom fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning
investision
jozibadorligini
oshirish
va
xorijiy
investorlami
xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan
kompleks dasturdan iborat jarayondir.
123
www.ziyouz.com kutubxonasi
|