o‘sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi etarli darajada ishlab
chiqarmaydigan yoki umuman etkazib bermaydigan ayrim tovarlar
hamda xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini
o‘zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, sof
kapitalizmdan farq qilib, Amerika iqtisodiyotida yirik korporasiyalar
va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli
iqtisodiy
tashkilotlar mavjud.
Bu yerda, shuni alohida ta ’kidlash lozimki, xususiy
mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va
markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud
bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya
iqtisodiyoti
avtoritar
kapitalizm
deb
atalgan,
chunki
mulkchilik xususiy bo‘lib qolsa-da, mamlakat iqtisodiyoti
qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan.
Buning teskarisi, bozor sosializmi deb atalgan sobiq sosialistik
Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos
bo‘lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish hamda
boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shveysiya
iqtisodiyotida ham 90 foizdan ortiq xo‘jalik faoliyati xususiy
firmalarda to ‘plangan bo ‘lsa-da, davlat iqtisodiy barqarorlikni
ta ’minlash
va
daromadlarni
qayta
taqsimlashda
faol
qatnashadi.
Hozirgi
vaqtda Xitoy
Xalq
Respublikasida
davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va
rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari
muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan
iqtisodiy o'sishga erishmoqda.
Dostları ilə paylaş: