olzlashtirish yuz berganda, u daromad olish
uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini
bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining
mustaqil hal qilinishidir.
U
mol-mulkni sotish,
meros
qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro‘y
beradi.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning
ajralmas jihatlari (egalik qilish, foydalanish, o'zlashtirish va
tasarruf etish) belgilab bersa-da, bu munosabatlar tavsifi
nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli
doirasida ham farqlanishi mumkin.
Misol uchun xususiy mulk shaklini olaylik. 0 ‘z-o ‘zidan
ko'rinib turibdiki, bu mulk shakli bir necha ming yillardan
buyon hozirgacha saqlanib kelgan. Shu bilan birga bu davr
davomida xususiy mulk mazmunida tubdan o ‘zgarishlar sodir
boMdi.
Uning o ‘zgarishiga xususiy mulkchilikni amalda
q o ‘llash (ro‘yobga chiqarish) usullari sabab bo‘ldi. Xususiy
mulkchilik mehnatga majbur qilish yoMi bilan ro‘yobga
chiqarilsa, u quldoriik yoki feodal munosabat kasb etadi:
ro‘yobga chiqarish mulkdorning o ‘z mehnati yordamida
amalga oshirilsa, mayda tovar ishlab chiqarishi uchun zarur
bo‘lgan mehnat qilib topilgan xususiy mulk paydo bo‘ladi;
nihoyat,
xususiy
mulk
yollanma
ishchilar
tom onidan
harakatga keltirilsa, kapitalistik xususiy mulki paydo boMadi.
Mulkchilik jamiyatdagi
ham
huquqiy,
ham
iqtisodiy
munosabatlar mazmunini o ‘zida ifodalaydi.
Mulkchilikning
97
www.ziyouz.com kutubxonasi
huquqiy va iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog'liq va bir-birini taqozo
qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham
huquqiy
kategoriya
hisoblanadi.
Bu
birlikda,
yuqorida
ko‘rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy
tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro'yobga
chiqarilmasa,
ya’ni
o'zlashtirilmasa,
ishlab
chiqarishda
foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda
u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi.
Mulkchilik xo'jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli
shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro'yobga chiqariladi.
Boshqa tom ondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning
iqtisodiy
tomoniga
nisbatan
faqat
bo'ysunuvchi
rol
o ‘ynamaydi.
Bu
shunda
ko'rinadiki,
ishlab
chiqarish
vositalariga m a’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim
ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab
chiqarish
vositalari
va
ishlab
chiqarilgan
mahsulotdan
foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy
normalari (egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi)
iqtisodiy
munosabatlarning
aniqlashtirilgan
ko'rinishi
hisoblanadi.
Huquqiy m c’yorlar, bir tomondan, aynan mulkchilik
munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog'liq holda
vujudga kelsa, boshqa tom ondan u tovar ishlab chiqarish
sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat
muhim rol o ‘ynaydi. Bu rol shunda ko'rinadiki, tovar xo'jaligi
sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida
qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib
(masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati
paydo boMadi.
Shunday
qilib,
mulkchilikning
huquqiy
normalari,
birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy
ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy)
tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan
qo'riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-
mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.
98
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mulkchilik munosabatlari va ulardan kelib chiquvchi
huquqiy vakolatlarning mohiyatini quyidagi shartli misol
yordamida yaqqolroq tasavvur etish mumkin (1-jadval).
Dostları ilə paylaş: |