Shu bilan birga:
- Erkin savdo muhitida raqobat va salohiyatni saqlab qolish maqsadida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasida eksportga yo‘naltirilgan loyihalarni yaratish orqali tarmoq tadbirkorlik tashkilotlari va xususiy sektorni tayyorlashimiz;
28
- Taraqqiyot Strategiyasining 3-asosiy ustuvor yo‘nalishi doirasida BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining asosiy maqsadlarini, ya’ni eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyot, gender tengligi, hisobdor institutlar tashkil etish hamda shaffof savdo tizimini tashkil vazifalarini hisobga olishimiz zarur.
Ko’rib turibmizki bu borada ko’lamli ishlar qilinmoqda. Yana bir tashkilot Yevro Osiyo iqtisodiy Itffoqiga ham azo bo’lishi kutilmoqda. (YeOII)
O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi tashkilotiga raislik qildi hamda belgilangan reja va maqsadlarni muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga a’zo bo‘ldi. Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyati doirasida O‘zbekistonning ishtiroki sezilarli ravishda faollashdi. Pandemiyaga qaramasdan yaqin va uzoq xorijdagi barcha mamlakatlar hamda tashkilotlar bilan sheriklik aloqalari yanada mustahkamlandi.
Shu bilan birga, yakunlanayotgan yilning muhim voqealardan biri – 11 dekabr kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashida, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo-mamlakat rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qilingani bo‘ldi.
Qayd etib o‘tish lozimki, YeOII tomonidan O‘zbekistonga ushbu tashkilot huzurida kuzatuvchi davlat maqomining berilishi, bu shubhasiz so‘nggi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati oshayotganligi, mamlakatimiz tashqi savdo-investitsion munosabatlarda faol ishtirokchiga aylanib, mintaqada muhim rol o‘ynab kelayotganligini yaqqol namoyon qildi. Bundan tashqari, kuzatuvchi davlat maqomining berilishi – tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan O‘zbekistonga ishonchli va mas’uliyatli hamkor sifatida qaralishidan dalolatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev YeOII sammitidagi nutqida ta’kidlaganidek, bugungi kunga kelib Ittifoqning xalqaro nufuzi tobora ortib, tashkilotning xorijiy mamlakatlar bilan amaliy hamkorlik geografiyasi kengayib bormoqda. Shu o‘rinda o‘tgan sammitda O‘zbekiston bilan bir qatorda Kuba davlatiga ham tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi berilganligi YeOII
29
rivojlanib borayotgan salohiyatli va keng qamrovli iqtisodiy hamkorlikni izchillik bilan olib borayotgan tashkilot ekanligi namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorlik qilishining sezilarli faollashishi, jumladan, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi maqomini olishi har tomonlama mamlakatimizning milliy manfaatlariga javob beradi hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ustuvor va dolzarb vazifalarni amalga oshirishda xizmat qiladi. Buni qo‘yidagi omillar orqali ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |