1. Xalqaro mehnat taqsimoti. 2. Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi. 3. Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati. 4. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi. 5. Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari. 6. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Jahon bozori - moddiylashtirilgan va moddiylashtirilmagan ko‘rinishidagi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol bosqichlami o‘z ichiga oluvchi XIM laming subyektlarini (milliy va hududiy iqtisodiyotlar, xalqaro
tashkilotlar va korporatsiya lar) o‘zaro iqtisodiy ta’sirlanishidagi global muhitidir.
Jahon iqtisodiyotida va XIMda “Erkin savdo” va “Ochiq iqtisodiyot” tushunchalarini farqlash lozim. “Erkin savdo” haqidagi kontseptsiya A.Smitning siyosiy iqtisodiyotidan boshlanib u va zamonaviy amerika iqtisodchilariningkashfiyoti emas. “Ochiq iqtisodiyot” tushunchasi aslida ishlab
12
chiqarish omillari, axborot, milliy valyutalaming o‘zaro almashuvining erkin harakatini o‘z ichiga olgan tovarlar savdosi ko‘rinishida bo‘lib, u “erkin savdo”
tezisidan kengroq tushunchadir. Ochiq iqtisodiyotni avtarkiya, o‘z-o‘zini ta’minlash
iqtisodiyoti, haddan tashqari o‘z kuchiga suyanishning antipodi sifatida ham tushunish lozim. Ochiq iqtisodiyotning vujudga kelishi, bu - jahon rivojlanishining obyektiv tendensiyasidir. Ochiq iqtisodiyot tamoyillariga mos ravishda harakat qilish, bu
- jahon bozori standartlarini tan olish, uning qonunlari asosida harakat qilishdir. Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga to‘g‘ri keladigan darajada ochiqligini nazarda tutadi. Ochiq iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir:
- ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashishi;
- resurslami mulohazakorlik bilan samaradorlik darajasiga qarab taqsimlash;
- xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali jahon tajribasining tarqalishi;
- jahon bozoridagi raqobat tomonidan rag‘batlantiriladigan milliy ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatning kuchayishi.
Shakllanib bo‘lgan ochiq iqtisodiyot va ochiq iqtisodiyotga o‘tish bir xil narsa emas. Ochiq iqtisodiyot davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarida nazoratsizlik va hamma narsa mumkin, chegaralar ochiq degani emas.
Ochiq iqtisodiyot uning aqlga sig‘adigan darajada amalga oshirish mexanizmini shakllantirishda davlatning sezilarli aralashuvini talab qiladi. Hech bir mamlakatda iqtisodiyotning mutlaq (absolyut) ochiqligi yo‘q. Ochiqlik miqdorining birinchi darajali indikatoriga eksport va importning yalpi ichki mahsulotdagi (YalM) ulushini kiritish mumkin. Ularning kombinatsiyasi alohida milliy iqtisodiyotlaming
13
jahon bozori bilan aloqalarining miqyosi haqida tushuncha beradi. Shunday qilib eksportning YalMga munosabati eksport kvotasi sifatida aniqlanadi: