Образование и инновационные исследования (2022 год №10)
ISSN 2181-1717 (E)
191
http://interscience.uz
o‘rganilgan.
Mavzuni nazariy jihatdan yoritishda uning
maqsad va vazifalaridan
kelib chiqib, mavzuga oid ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili, xorijiy va
mahalliy pedagogik tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish, ma’lumotlarni
tizimlashtirish kabi usullardan foydalanildi.
Natijalar va muhokama. Bugungi kunda bo‘lajak pedagoglar kasbiy
faoliyatlariga qo‘yiladigan malaka talablarida, ularning ma’naviy – ma’rifiy
faoliyatida bir qator vazifalar belgilab o‘tilgan. Jumladan, ma’naviy-
ma’rifiy ishlarni rejalashtira olish, uni tashkil etish metodikasini egallash,
o‘quvchilar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini
singdirish; o‘quvchilarda
mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi immunitetni yuzaga keltirish
usul va texnologiyalarini bilishi; globallashuv sharoitida kechayotgan
jarayonlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ta’siri
haqida tushuntirish ishlarini olib borish; mahallalarda ma’naviy-axloqiy
tarbiya masalalari bo‘yicha individual suhbat o‘tkazish; milliy urf-odat
va marosimlarni o‘tkazishda, umuminsoniy qadriyatlar,
mehr-muruvvat,
bag‘rikenglik, vatanparvarlik, sadoqat kabi yuksak insoniy fazilatlarni
ochib berish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak deb aytilgan bo‘lib, aynan bu
o‘qituvchining ijtimoiy kompetensiyalari sanaladi.
Ayniqsa, bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish
muammosining pedagogik muammo sifatida e’tibor berilishi oliy o‘quv
yurtlaridagi ta’lim jarayonida kompetentli yondashuvni takomillashtiradi. Bu
esa ijtimoiy kompetensiya mohiyatini “kompetensiya” va “kompetentlilik”
tushunchalari orqali oydinlashtirishni taqozo qiladi.
1996 yilda Yevropa Kengashi tomonidan Bernda o‘tkazilgan “Evropa
uchun tayanch kompetensiyalar” simpoziumida zamonaviy bitiruvchilarning
quyidagi 5 ta muhim kompetensiyalari aniqlandi[2]. Bular: siyosiy va ijtimoiy
kompetensiyalar (o‘ziga javobgarlikni olish, qaror qabul qilishda ishtirok
etish, ziddiyatlarni zo‘ravonliksiz hal qila olish); ko‘p millatli jamiyatda
yashash kompetensiyalari (tafovutlarni ehtirossiz qabul qilish, o‘zgalarni
hurmat qilish, boshqa madaniyat vakillari bilan o‘zaro
munosabatga
kirishish); bir va undan ortiq tilda og‘zaki va yozma muloqot qila olish;
axborotlashgan jamiyatda yashash kompetensiyalari (yangi texnologiyalarni
bilish, ularni qo‘llay olish, ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilayotgan
ma’lumot, reklamalarga tanqidiy munosabatda bo‘lish); butun hayoti
davomida uzluksiz ta’limni kasbiy tayyorgarlik kontekstida mustaqil o‘zini
o‘zi o‘qitish qobiliyati[3].
Zamonaviy kasbiy ta’lim bo‘lajak mutaxassislarda yangi qadriyatlar
tizimini shakllantirishga qaratiladi. Uning markazida, G.P.Shedroviskiyning
fikricha, “Erkin muloqotga asoslangan, hayot tarzini va aloqa shakllarini
kommunikatsiya asosida o‘zgartira oladigan,
va ijtimoiy javobgarlik
192
Education and innovative research 2022 y. №10
tamoyiliga ega bo‘la oladigan individ” turadi[4].
Lug‘atlarda “kompetentli” tushunchasi bir necha ma’nolarda keladi.
Jumladan, muayyan kompetensiyaga ega bo‘lgan, ya’ni biror bir tashkilot,
shaxs faoliyatida vujudga keladigan muammo, vaziyatlarga: competentia
(lot.) qonun bo‘yicha taalluqli funksiyalarni amalga oshira oluvchi; ma’lum
savollar to‘plamiga javob bera oladigan, malakali mansabdor shaxsni
anglatadi. E.A.Seytxalilov, B.X.Raximov, I.U.Madjidovlar tomonidan chop
etilgan “Pedagogicheskiy slovar-spravochnik” lug‘atida “kompetentli”
termini “biror bir sohaga taaluqli bilimga egalik, xabardorlik”, “kompetensiya”
so‘zini esa “ma’lum savollarga javoblarni yaxshi biladigan kishi”, yoki “biror
ishni qilish huquqiga ega odamlar doirasi”, sifatida talqin qilinadi[5].
Bugungi kunga kelib, “kompetensiya” tushunchasi ta’lim mazmunini
modernizatsiyalashning, o‘zida ta’limning
intellektual va malakaviy
tarkiblari natijasini birlashtiruvchi markaziy tushunchaga aylandi. Ta’limda
kompetentli yondashuv zarur bilim bazasi shartligini inkor qilmaydi, balki
kompetensiyaning integral natijadorligini ko‘zda tutadi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston pedagog olimlarining kompetensiyaviy ta’lim,
kompetensiya masalalariga doir ilmiy nuqtai nazarlari katta qiziqish uyg‘otadi.
Pedagogika fanlari doktori M.Vahobov “Bizningcha “kompetensiya”
deganda, o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustaqil
ravishda shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarda qo‘llay olish layoqati
tushuniladi[6]”, deb hisoblaydi.
“Kompetentlilik” va “bilimlilik” nisbati haqida so‘z borganda, pedagogik
kompetentlik va kreativlik asoslarini tadqiq qilgan olimlar N.A.Muslimov,
M.H.Usmonboeva, D.M.Sayfurov va A.B.To‘raevlar kompetensiyaning
o‘rganish (mashq qilish) natijasida vujudga kelishini, kompetentlilik esa
faoliyatda nazariy bilimlardan foydalanishda, yuqori darajadagi kasbiy
malaka, mahorat va iqtidorni namoyon etishda namoyon bo‘ladi,
degan
uyg‘un qarashni olg‘a surganlar[7].
Mamlakatimizda
pedagog-o‘qituvchilarning
kasbiy
faoliyati,
kompetensiyalarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik izlanishlar
amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi pedagog olimi
M.B.Bekmurodov kompetensiya mutaxassisning o‘z bilimlari, ko‘nikmalari
va harakatlarining umumlashgan usullarini safarbar qilish qobiliyati sifatida
belgilashini bildirdi. Tayanch kompetensiyalar pedagog-mutaxassisning
universalligini ta’minlaydi va shuning uchun chuqur ixtisoslashgan
bo‘lolmaydi. Mutaxassis o‘z kompetensiyalarini faqat faoliyatida, muayyan
vaziyatda namoyon qiladi. Namoyish etilmagan kompetensiyalar esa,
potensial imkoniyat sifatida mavjud bo‘lishini qayd qiladi[3].
Tadqiqotchilar I.A.Zimnyaya “kompetensiya” va “kompetentlik”
kategoriyalarining mazmun jihatidan farqlarini keltirib o‘tgan. Ya’ni
Dostları ilə paylaş: