Mifologiya va din. Qadimgi Xitoy mifologiyasi to’g’risidagi manbalar asosan er. avv. XI asrga oid. Bu afsonalar mazmuniga ko’ra ikki guruh yoki sikllarga bo’linadi.
Kosmogonik miflar ichida ilk, tartibsiz holatdan tabiat va insonning paydo bo’lishi to’g`risidagi asosiy konsepsiya, bo’linish va aylanish berilgan. Ulardan birinchisi jonsiz va tirik mavjudotlar tartibsizligi, ikki ilk unsur (erkak)ning boshlanishi, Yan va qorong`ulik (ayol)ning boshlanishi - In paydo bo’lgan. Ikkinchi konsepsiya barcha mavjudotlarning paydo bo’lishi bu transformasiya natijasidir deb tushuntiradi. Odam Nyuy ismli ma'buda tomonidan loydan yaratilgan.
Tabiat stixiyalari va ulardan odamlarni qutqargan qahramonlar to’g`risida afsonalar ko’pchilikni tashkil qiladi. Toshqin va qurg`oqchilik hodisalari afsonalarda ko’p tilga olinadi. Qadimgi qahramonlar to’g`risidagi afsonalarda qahramonlar odamlarni olovdan foydalanishga o`rgatgan; ilk bor shox-shabba chaylani ko’rgan. Baliq ovi va ovchilik usulini kashf qilgan; ilk dehqonchilik qurollarini yasagan, donni bug`da pishirishni o`rgatgan qahramonlar mavzusi yetakchi o’rinni tutadi. Ko’pgina qahramonlar ilon gavdali, buqaning kallasi bilan yarim hayvon, yarim odam qiyofasida tasvirlanganlar. Bu qadimgi totemistik tasavvurlarni aks ettirishdir.
Qadimgi xitoyliklar u dune to’g`risidagi tushunchalarida yerda mavjud bo’lgan tartib-qoidalar aks ettiriladi. Yerda hokimiyat vanga tegishli, osmonda xamma jismlar Oliy xudo (Di)ga buysunadi. Di qudratli, u odamlarga marxamat qiladi yeki ularni baxtsizlik bilan jazolaydi. U odamlarga hosilni sovg`a qiladi, qurg`oqchilik yuboradi, yomg`ir va shamol Diga bogliq. Dining yaqinlarini Vanning vafot qilgan ajdodlari tashkil qiladi. Vanning ajdodlari Dining topshiriqlarini bajaradi va ular Vanning yerdam berish to’grisidagi iltimosini Diga yetkazadi. Vanning oliy koxin sifatidagi vazifasi odamlar va xudolar dunesi o’rtasida vositachi bo’lgan o’z ajdodlari bilan muloqotni amalga oshirishdir.
Konfutsiylikni paydo bo’lishi va tarqalishi ajdodlarga e'tiqod qilishni kuchaytirdi. Konfutsiy (er. avv. 551-479 yillar)ning axloqiy-syosiy ta'limotida markaziy o’rinni «oliyjanob kishi» (SzyanSzi) to’g`risidagi tushuncha egallaydi. Konfutsiylik gumanizm (Jen), sadoqat (Chjun), kattalarga hurmat (Syuo), kishilar o’rtasidagi munosabatlarga rioya qilish (Li)dan iborat. Konfutsiy ochko’zlik, zo`ravonlikga qarshi axloq va burchni qarama-qarshi quyadi.
II-III asrlarda Xitoyga budda dini kirib keldi. Afsonalarga ko’ra, birinchi budda sutralari (matn yoki qoida) Xitoyga oq otda olib kelingan: bunga xotira sifatida Loyan shahri yonida budda «oq ot ibodatxonasi» qurilgan va hozirgacha saqlanib qolgan. Xitoyda sutralarni tarjima qilish va budda dinini tarqalishi IV-VI asrlarga tegishlidir.
Adabiyot. Eng qadimgi Xitoy she'riyati namunalari eramizdan avvalgi XI-VI asrlarda jez ko`zalardagi yozuvlarda yetib kelgan. «Shiszin» (“qo’shiqlar kitobi”)-qadimgi Xitoy adabiyotining haqiqiy xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo’limga bo’lingan («Podsholik axloqi», «Kichik odalar», «Buyuk odalar», «Madhiyalar») 305 poetik asarlar majmuasidan iborat.
«Shiszin» an'analari eramizdan avvalgi IV asrda poetik asarlar mualliflari tomonidan o’zlashtirib olindi. Bizgacha bu asarlar do`mbira shaklini eslatadigan tosh uyumlarda yetib kelgan, shu sababli ular «Tosh do`mbiralar»dagi matnlar deb ataladi. Eramizdan avvalgi IV asrda mashhur Syu Yuan, Xan davrida Sima Syan-Ju kabi shoirlar ijod qilgan.
Musiqa, poeziya va raqs kabi san'at janrlari Xitoyda yuqori darajada shakllangan. Musiqa asboblari uch asosiy guruhga: torli, tovush va urib chalinadigan asboblarga bo’lingan. Ko’pgina musiqa asboblari eramizning birinchi, ikkinchi asrlarida O’rta Osiyodan o’zlashtirib olingan.
Xitoy me'morchilik san'atida yog`och asosiy xom-ashyo edi. Xan davrining noyeb me'morchilik yodgorligi imperiya poytaxti Chanyan shahri 12 darvozali devor bilan o’rab olingan. Baland ko’p xonali imperator saroyi, ma'muriy binolar va ibodatxonalar shaharning kurki edi. Ma'muriy binolar sariq rangda, imperator saroylari qizil rangda bo`yalgan. Xan davrida portret san'ati yuksak darajada bo’lgan, saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.
Yozuv. Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari er. avv. XIV-XI asrlarga oid fol ko`rish yozuvlaridir. In yozuvlarining ko’pchilik qismi buyumlar tasviridir. In belgilari buyumlar tasviri yeki murakkab tushunchalarni ifodalaydigan ko’pgina tasvirlar qo`shilmasi ideogramma ko’rinishidadir.
In belgilarining hozirgi Xitoy iyerogliflaridan 3 xil farqli tomoni bor. Birinchidan, har bir elementar belgi qandaydir buyumning konturini tasvirlagan, ikkinchidan bir belgilini yozilishida ko’p xilma-xillik mavjud. Uchinchidan belgini qatorning nisbiy yo`nalishiga tomon harakati hali barqaror bo’lmagan. In yozuvining er. avv. I ming yillikda Chjoular tomonidan o’zlashtirilishi, uning taraqqiyotini uzib qo`ymadi. Er.avv. II-I ming yilliklarda iyerogliflarning mahalliy variantlari unifikasiya qilindi, belgilarni yezishning yangi husnixati paydo bo’ldi.
Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog`och yoki bambuk taxtachalariga yozilgan. Tushli mo`yqalam bilan yozuv ana shu taxtachalarga tushirilgan va yozuvlar metall pichoq bilan tozalangan. Eramizdan avvalgi I ming yillikning o’rtalarida ipak matoga ham yozilgan. Yangi era boshida qog`oz kashf qilinib ishlatila boshlandi va qog`oz boshqa materiallarni siqib chiqardi.