Ijtimoiy madaniy faoliyat kafedrasi jahon madaniyati va tarixi fani bo`yicha ma`ruza matni namangan -2013 yil so`z boshi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə20/47
tarix15.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#131026
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Jahon madaniyati va tarixi

MAVZU: Ellin madaniyati
Reja:
1. Din va falsafa ;
2.Tabiiy va aniq fanlar;
3. Adabiyot va san`at.
Din va falsafa. Ellin madaniyati yunonlar va Sharq xalqlarining madaniy yutuqlarining qo’shilib ketishi natijasida shakllandi. Ellin dunyosining ma’naviy shakllanishiga davlatlarning ulkan hajmlari cheklanmagan podsho hokimligining mavjudligi, shaharlarning amaldagi mustaqilligini yo’qolishi o’z ta’sirini o’tkazdi.
Bu davrda fan va texnika notekis rivojlandi. Davlat hokimiyati manfaatdor bo’lgan harbiy ish, kemasozlik, shaharlarni qamal qilish texnikasi va qurilish sohalarida eng katta yutuqlarga erishildi.
Ellinizm davrida yunon dunyosi sharq diniy tasavvurlarni qabul qila boshladi. Misrda Kichik Osiyo xudosi Serapisga sig’inish avj oldi. Misr mabudasi Isidani yunonlar Demetra sifatida qabul qildilar. Pergamda Frigiya ma’budasi (Kibela – yerni onasi) bosh xudo sifatida qabul mqilina boshlandi. Ellinlashgan sharq ilohlarining barchasi mistik va ekstatik edi. Yahudiy dini keng tarqala boshlandi.
Yunonistonda yahudiy dini tarqala boshladi. Yunonlar bu monoteistik dinga ishonib, uni qabul qildilar. Yahudiy diniga yangi qabul qilinganlar “prozelitlar” deb ataldi. Ellin davlatlarida turli xudolar turli xalqlarning diniy e’tiqodlari keng tarqaldi. Diniy tolerantlik shakllandi. Joylarda dinning universalligini namoyish qilishga intilib barcha xudolarga atab ibodatxona-Panteon qurila boshlandi. Ana shunday Panteon Iskandariyada qurildi.
Ptolemeylar Misrida qadimgi firavnlar davrida bo’lganidek podsho hokimiyatining mavqei kuchayib ketdi va Ellin sharqidagi boshqa mamlakatlardagi kabi Misrda podsholarga sig’inish yana boshlandi. Ptolemey II Filadel’f o’ziga va o’z singlisi Arsenoyaga sig’inishga buyruq berib, o’zi va sinhlisi sharafiga ibodatxonalar qurdirdi. Misrda Ptolemey III va uning xotini Berenikaga ham sig’inish keng yoyildi.
O’sha davr falsafasida inson shaxsini o’rganish muammosi birinchi o’ringa chiqa boshladi. Er. avv. V-IV asrlarda ikki falsafiy maktab: yangi stoik va epikur maktablari vujudga keldi. Ular inson, shaxs nima, baxt nima degan savollar ustida bosh qotira boshladilar. Stoiklar maktabining asoschisi faylasuf Zenon edi. Ular Afinaning eng gavjum joyi bo’lmish Agorada naqshin peshayvon “stoya” ostida vaz aytib, o’z tinglovchilariga ta’lim berar edilar (Bu maktabning nomi ham shu so’zdan kelib chiqqan). Stoizm yunon va sharq nazariyalarining sintezi edi. U keng tarqalgan va shu bilan birga uzoq yashagan ellin falsafiy maktab edi. Stoiklar hamma narsani shu jumladan fikr, so’z, olov va shu kabilarni ham jism deb atar edilar. Butun olamni stoiklar rivojlanib turadigan olov deb hisoblashar edi. Stoiklar barcha odamlar teng degan g’oyani ilgari surdilar. Ular insonlar tabiat bilan mos holda yashab, baxt va ilohiylik topadi degan fikrni shakllantirdilar.
Er. avv. IV asrda Afinada Epikur falsafa maktabi shakllandi. Faylasuf Epikurning bog’ida uning do’stlari va shogirdlari to’planib, falsafiy suhbatlar qurdilar. Bozorlar, maydonlar odamlar ko’p bo’lgan joylarda o’z ta’limotlarini targ’ib qilgan Stoiklarga aksan, Epikur tinch va sokin joyda tafakkur qilishni yo’lga qo’ydi. Epikurchilar baxtni mohiyati-azobning yo’qligidir “Kimda kam ehtiyoj bo’lsa, u kishida ko’p farog’at bo’ladi”-degan tushunchani ilgari surdilar.
Er.avv. III asrda yana bir falsafiy maktab skeptiklar maktabi shakllandi. Bu maktabga Arastuning kichik zamondoshi Pirron asos soldi. Skeptiklar atrof dunyoni bilib bo’lmaydi, uning tabiati to’g’risidagi barcha nazariyalar xayol deb hisobladilar. Shuning uchun ular fizika bilan shug’ullanmadilar, dunyoni bilish nazariyalarini yaratmadilar, lekin boshqa maktablar yaratgan nazariyalar tanqidiga e’tibor berdilar. Ular “Barcha narsalarni hech qachon bilib bo’lmaydi, ular haqida na haqiqatni, na yolg’onni aytish mumkin emas” deb hisobladilar.
Skeptiklar falsafiy oqimi tibbiyotga ta’sir qildi. Tabiblar kasalliklarning sabablarini bilishlari mumkin emas, faqat bemor kasalligini kuzatish kerak. Kasallikni kasalda dorilarni sinash bilan davolash zarur degan tushunchani ilgari surdilar.
Er. avv. IV asrda falsafada yana bir maktab kiniklar paydo bo’ldi. Bu maktab asoschisi Antisfen, uning mashhur o’quvchisi Diogen. Kiniklar tabiatga qaytish qulayliklardan voz kechishni talab qildilar; insonning qonun-qoidalari tabiatga qarama-qarshidir deb, davlatni tan olmadilar.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin