Kasanachilikni rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar DASTURI
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Moliyalashtirish manbalari
Mas’ul ijrochilar
1.
Kasanachilikni rivojlan-tirish orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha “Farg‘ona tajribasi”ni ommalashtirish.
1. Kasanachilik orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruh tuzish.
2022-yil sentyabr
-
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Z. Mahkamova),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
(M. Ubaydullayev),
Farg‘ona viloyati hokimligi
(X. Bozorov)
2. Kasanachilikni rivojlantirishga qaratilgan “Farg‘ona tajribasi”ni respublikaning boshqa hududlarida ommalashtirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish.
2022-yil sentyabr
3. “Farg‘ona tajribasi” bo‘yicha kasanachilik faoliyatini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar tomonidan mahorat darslari tashkil etish, shuningdek, flayer, bukletlar, tarqatma materiallar chop etish.
2022-yil oktyabr
2.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishdagi to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar yaratish.
1. Kasanachilik orqali ishchi o‘rinlar tashkil etayotgan tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirish.
2022-yil sentyabr
-
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(A. Ortiqov),
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Z. Mahkamova),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Ish o‘rinlarini tashkil etishda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish.
2022-yil oktyabr
3. Tadbirkorlarga davlat mulkidagi bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha imtiyoz va qulayliklar yaratish.
2022-yil noyabr
3.
Kasanachilik faoliyati doirasida xomashyo mahsulotlarini yetkazib berish va yig‘ib olish uchun transport xizmatlarini joriy qilish.
1. Kasanachilik faoliyati davomida mahsulotlarni yetkazib berish bilan bog‘liq muammosi mavjud tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini shakllantirish.
2022-yil sentyabr
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Z. Mahkamova)
2. Kasanachilik faoliyatida transport xizmatlarini joriy qilishga oid hamkorlik dasturini ishlab chiqish.
2022-yil oktyabr
3. Xom ashyo mahsulotlarini yetkazib berish va yig‘ib olish uchun imtiyozli transport xizmatlarini amaliyotga joriy qilish.
2022-yil noyabr
4.
Kasanachilik sohasi uchun mutaxassis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
1. Mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan kasanachil�k faoliyati bilan shug‘ullanishga layoqati va qiziqishi bor xotin-qizlarni ajratib olish.
2022-yil sentyabr
-
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Z. Mahkamova)
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
(M. Ubaydullayev)
2. Tegishli mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
2022-yil oktyabr
3. Kasanachilik sohasi uchun mutaxassis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish.
2022-yil noyabr
5.
Chekka va olis hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida har yili bir marotaba qiymati 50 mln so‘m miqdoridagi loyihalar tanlovini o‘tkazish.
1. Loyihalar tanlovi nizomini ishlab chiqish.
2022-yil sentyabr
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Z. Mahkamova),
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi
(U. Ismailov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bittadan loyihalar tanlovini o‘tkazish.
2022-yil oktyabr
6.
Har bir tuman (shahar)da xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari huzurida lider kasanachilar tomonidan “maslahat soatlari”ni joriy etish.
1. Yetakchi tadbirkor va kasanachilardan iborat o‘qituvchilar jamoasini shakllantirish.
2022-yil sentyabr
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Z. Mahkamova),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. “Maslahat soatlari” tartibi va nizomini ishlab chiqish.
2022-yil oktyabr
3. Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari huzurida “maslahat soatlari”ni joriy etish va ularga xotin-qizlarni jalb qilish choralarini ko‘rish.
Hududlarda kas�nachilik orqali ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkorlar o‘rtasida “Eng namunali tadbirkor” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish.
1. “Eng namunali tadbirkor” ko‘rik-tanlovi nizomini ishlab chiqish.
2022-yil oktyabr
-
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
(Z. Mahkamova),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Tanlovning hududiy va respublika bosqichlarini tashkil etish va o‘tkazish.
2022-yil noyabr
3. Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.
2022-yil dekabr
8.
Yagona elektron shartnomalar axborot portalini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsi�lashuv platformasi orqali “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilinishini ta’minlash.
Integratsiya doirasida quyidagilarni nazarda tutish:
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali kasanachining daromad miqdorini real vaqt rejimida aniqlash imkoniyati;
kasanachilik uchun fuqarolik-huquqiy shartnomalar, shu jumladan pudrat shartnomasi asosida tashkil etilgan ish o‘rinlari ish beruvchining shtatlar jadvaliga kiritilmasligi;
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ish beruvchining shaxsiy kabinetida faoliyat turlari asosida kasanachilik mehnat shartnomasi bilan bir qatorda ishlarni bajarish, tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish haqidagi fuqarolik-huquqiy shartnomalar, shu jumladan pudrat shartnomasi asosida ish o‘rinlari rasmiylashtirilishi.
Ikki oy muddatda
-
Davlat soliq qo‘mitasi
(Sh. Kudbiyev),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Shermatov)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi PQ-376-son qaroriga