Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi



Yüklə 115 Kb.
səhifə1/4
tarix28.04.2023
ölçüsü115 Kb.
#104421
  1   2   3   4
PQ-376 21.09.2022



[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.10.00 Fuqarolarning alohida toifalarini ishga joylash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qo‘shimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.01.00 Ayollar mehnati;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Kasanachilikni rivojlantirish orqali oila budjeti daromadlarini oshirish, uy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish orqali ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar sonini qisqartirish, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida:
1. 2022-yil 1-oktabrdan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-apreldagi PQ-214-son qarorining 4-bandiga muvofiq, kasanachiga zarur asbob-uskuna xarid qilish uchun tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan subsidiya miqdori amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha oshirilsin;
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (Z. Mahkamova) Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har yili bir marotaba har birining qiymati 50 million so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovini o‘tkazsin;
yangi ish boshlayotgan kasanachilar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish uchun xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lider kasanachilarni jalb etgan holda o‘quv kurslari tashkil etilsin;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan kamida 5 nafar ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undirilsin;
ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlik subyektlari davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 2027-yil 1-oktabrga qadar ozod etilsin.
Mazkur bandda nazarda tutilgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara to‘lovlari uchun beriladigan imtiyozlarning shartlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Kasanachilikni rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (Z. Mahkamova) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagi choralarni ko‘rsin:
har bir tuman (shahar)da xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari huzurida lider kasanachilarni jalb etgan holda “maslahat soatlari”ni joriy etish;
hududlarda kasanachilik orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida “Eng namunali tadbirkor” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish.
4. Belgilansinki:
mahallalarda tashkil etiladigan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari (keyingi o‘rinlarda — markazlar) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan barpo etiladi;
markazlar binolari mahalla fuqarolari yig‘ini tomonidan mahallalardagi xotin-qizlar faollarining tavsiyasiga asosan davlat mulkini ijaraga berish tartibiga muvofiq tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ijaraga beriladi;
xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish faoliyati tashkil etilgan markazlarda bitta yo‘nalish bo‘yicha jalb qilingan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining mehnatiga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan haq to‘lashga ruxsat beriladi;
markazlarda bitta loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida har bir nafar bandligi ta’minlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda 3 million so‘mdan oshmagan miqdorda davlat granti ajratiladi;
ajratilgan davlat granti ijtimoiy loyihani amalga oshirish maqsadida markazlarda tashkil etiladigan tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik va turli hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda tayyorlash uchun zarur bo‘ladigan dastgoh, uskuna va jihozlar xarid qilishga yo‘naltiriladi.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) hamda Kadastr agentligi (F. Pulatov) bilan birgalikda 3-ilovada ko‘rsatilgan mahallalarda bo‘sh yer uchastkalari va bo‘sh binolarning (binolar bir qismining) markazlar tashkil etish uchun tegishli mahallalarga ajratilishini va ularning to‘liq ishga tushirilishini ta’minlasin;
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi (T. Xudaybergenov), Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (M. Ubaydullayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) bilan birgalikda markazlar binolarini tadbirkorlik subyektlariga 5 yilgacha ijaraga berish hamda markazlar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda mahallalarga ko‘maklashsin;
mazkur qarorga 3-ilovada keltirilmagan barcha mahallalarda bosqichma-bosqich markazlar barpo etilishi va ularning faoliyati yo‘lga qo‘yilishi choralarini ko‘rsin.
6. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) mazkur qarorning mazmun-mohiyatini va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari Z.M. Mahkamova, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Yüklə 115 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin