Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Ish joyini o‘zgartirish



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə63/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   238
mehnat kodeksi

148-modda. Ish joyini o‘zgartirish
Ish joyi ish beruvchi tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan joy bo‘lib, xodim bu joyda bo‘lishi yoki u mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga doir ishni bajarish uchun bu joyga yetib kelishi kerak.
Mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ish joyining o‘zgarishi (xodimni ayni o‘sha ish beruvchidagi boshqa ish joyiga, xuddi o‘sha hududda joylashgan boshqa alohida bo‘lmagan bo‘linmaga o‘tkazish yoki xodimga boshqa mexanizmda yoki agregatda ishlashni topshirish) ish avvalgi mehnat vazifasi bo‘yicha va ayni o‘sha mehnat sharoitlarida davom ettirilgan taqdirda, xodimning roziligini talab etmaydi.
Agar muayyan ish joyidagi (ayni o‘sha hududda joylashgan alohida bo‘lmagan bo‘linmadagi, aniq mexanizmdagi yoki agregatdagi) ish mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan bo‘lsa, ish joyini o‘zgartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
149-modda. Mehnat shartnomasini o‘zgartirishni rasmiylashtirish
Mehnat shartnomasini o‘zgartirish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Xodimni doimiy boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini o‘zgartirish haqida, mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyini o‘zgartirish to‘g‘risida, shuningdek ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyni o‘zgartirish haqida buyruqlar chiqarish uchun mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgartishlar asos bo‘ladi. Mehnat shartnomasiga doir o‘zgartishlar xodim va ish beruvchi tomonidan yozma shaklda tuziladigan hamda mehnat shartnomasining ajralmas qismi bo‘lgan qo‘shimcha kelishuv imzolash orqali rasmiylashtiriladi. Mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv kamida ikki nusxada tuziladi. Qo‘shimcha kelishuvning har bir nusxasi xodimning va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzosi bilan mustahkamlanadi. Ish beruvchida muhr mavjud bo‘lgan taqdirda, mehnat shartnomasining barcha nusxalarida mansabdor shaxsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi. Qo‘shimcha kelishuvning bir nusxasi xodimga beriladi, boshqasi (boshqalari) ish beruvchida mehnat shartnomasi bilan birga saqlanadi. Xodim tomonidan qo‘shimcha kelishuvning nusxasi olinganligi xodimning ish beruvchida saqlanadigan qo‘shimcha kelishuvning nusxasiga qo‘yilgan qo‘shimcha imzosi bilan tasdiqlanadi.
Xodimni doimiy boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini o‘zgartirish, shuningdek mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyini o‘zgartirish to‘g‘risidagi buyruqlar mehnat shartnomasi taraflari tomonidan qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali ushbu shartnomaga kiritilgan o‘zgartishlarning mazmuniga aynan muvofiq ravishda chiqariladi va xodimga imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi.
Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish o‘tkazishning muddati ko‘rsatilgan holda buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra va xodimning tashabbusi bilan xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqarish uchun xodimning yozma arizasi asos bo‘ladi.
Xodim sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish, homilador ayolni, shuningdek ikki yoshga to‘lmagan bolasini parvarishlayotgan ota-onadan birini (vasiyni) ularning avvalgi ishni bajarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq chiqarish uchun ularning arizasi va tibbiy xulosa asos bo‘ladi.
Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqarish uchun ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish faktlarining mavjudligi asos bo‘ladi.
Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish mehnat shartnomasida aks ettirilmaydi.
Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish haqida buyruq chiqarish uchun xodim hamda mazkur xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborgan ish beruvchi bilan kelishuvga ko‘ra xodim qaysi ish beruvchiga xizmat safariga yuborilgan bo‘lsa, o‘sha ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan alohida muddatli mehnat shartnomasi asos bo‘ladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin