32-modda. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga javob bermaydigan, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun javobgarlik Oldingi tahrirga qarang. [OKOZ: 1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.02.00 Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi / 05.06.02.01 Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga javob bermaydigan, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va yetkazib berganlik iste’molchilarga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishiga sabab bo‘ladi.
(32-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1017 — 1020-moddalari. O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq bo‘lmagan ishlab chiqarish vositalarini, shaxsiy himoya vositalarini va jamoaviy himoya vositalarini, shu jumladan chet ellardan olingan shunday vositalarni sotish, tarqatish va reklama qilish taqiqlanadi hamda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
33-modda. Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi Oldingi tahrirga qarang. [OKOZ: 1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.02.00 Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi / 05.06.02.01 Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.06.00 Ish beruvchi tomonidan xodimga shikast yetkazilishi natijasidagi zararni to‘lash]
Ish beruvchi xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli uning hayoti va sog‘lig‘iga o‘zi yetkazgan zararning o‘rnini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘liq hajmda qoplashi shart.
(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash jabrlanuvchining mehnatda mayib bo‘lishiga qadar bo‘lgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan jabrlanuvchi tomonidan kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasiga muvofiq bo‘lgan foizlardagi har oylik to‘lovdan, shuningdek xodimning bir yillik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lovidan hamda xodimning sog‘lig‘i shikastlanishidan kelib chiqqan qo‘shimcha xarajatlarni (agar u davolanish, protez qo‘ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj deb topilgan bo‘lsa, ushbu tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek jabrlanuvchining qayta tayyorgarligi va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishi uchun xarajatlar va boshqa xarajatlar) kompensatsiya qilishdan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida xodim vafot etgan taqdirda, zararning o‘rni qoplanishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga boquvchining vafoti bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun qonunchilikda belgilangan tartibda har oylik to‘lovlar amalga oshiriladi, shuningdek vafot etgan xodimning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi va dafn etish xarajatlarining o‘rni qoplanadi.
(33-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Voyaga yetmagan xodimning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda zararning o‘rnini qoplash uning avvalgi ish haqidan kelib chiqqan holda, ammo qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblab chiqariladi.
(33-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 25-bobining 2-paragrafi (“O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari”), Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash Qoidalari”.