jamoatchilik nazorati — mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlarida tashkil etiladigan jamoatchilik komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
milliy va xalqaro darajada baholash — hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar talablari asosida maktabgacha ta’lim boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar, jumladan, xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoida Oldingi tahrirga qarang. 16. Davlat standarti talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga
1-ILOVA
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan DAVLAT TALABLARI 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (keyingi o‘rinlarda — davlat talablari) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda — bolalar) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, quyidagi ta’lim tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari va “Bolalar shaharchalari”.
2. Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan tashkilotlar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
3. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: