Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə40/62
tarix08.08.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#138937
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYANING DAVLAT STANDARTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

IJODIY RIVOJLANISh

Kichik soha: Badiiy-ijodiy qobiliyatlar

Talab: Bola atrofdagi borliqni ijodiy o‘zgartirish malakasiga ega

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

tasviriy materiallar nomini biladi va to‘g‘ri qo‘llaydi;
sodda kompozitsiyalar, alohida buyumlarni chizadi;
tasvirlanayotgan predmetlarga mos ranglarni tanlaydi va bo‘yaydi;
bolalar musiqiy asboblarida (buben, nay, ksilofon) chalishga taqlid qiladi;
bolalar guruhi bilan qo‘shiq aytadi;
raqsga tushadi (juftlikda aylanadi, oyoqlari bilan depsinadi, predmetlar bilan musiqaga monand harakatlanadi);
plastilindan berilgan sodda shakllarni yasaydi;
tayyor shakllardan tasvirlar yaratadi, turli shakldagi qog‘ozlarni yasatadi;
qumdan turli shakl va piramidalar quradi.

predmetlar shaklini aniq ko‘rsatgan holda qismlarga boy tasvirlar chizadi;
sujetli rasm, predmet va personajlar chizadi;
shakllarni turli texnika asosida bo‘yaydi;
loy, xamir va plastilindan yasaydi;
faoliyati boshida ko‘z oldiga keltirib tasavvur qiladi;
xorda va yakkaxon qo‘shiq aytadi;
raqs harakatlarini hissiyotlarni namoyon etish va muloqot vositasi sifatida qabul qiladi;
musiqiy asboblarda chaladi (qo‘ng‘iroqcha, doira, metallofon, uch burchak);
kattalar yordamida barmoqlar teatri sahna ko‘rinishlarida ishtirok etadi.

murakkab predmetlar chizadi va ularni dekorativ naqshlar bilan yasatadi (choynak, gilam, ro‘mol, lagan);
xotira yoki tasavvuriga ko‘ra sujet yaratadi;
qog‘ozdan va tabiat materiallaridan applikatsiya-hajmli oranjirovkalar yaratadi (siluetlar, otkritkalar, kitob yorliqlari);
muhit yoki shaxsiy loyihalarini yasatadi;
qog‘oz buklash, yirtish, qirqish yo‘li bilan shakllarning harakati va proporsiyalarini yoritgan holda kichik sujetli kompozitsiyalar yaratadi;
tengdoshlari bilan ijodiy o‘yinlar yaratishi mumkin;
shaxsiy ishlarida turli ifoda vositalarini qo‘llaydi;
jamoaviy loyihalarda g‘oyalar taklif etadi.

turli predmetlardan kompozitsiyalar yaratadi;
individual va jamoada qo‘shiq ayta oladi;
raqsda harakatlariga jilo bergan holda shaxsiy namuna yaratishi mumkin;
musiqiy asboblarda yakkaxon yoki orkestrda jo‘r bo‘lib chalishi mumkin;
g‘oya yaratadi va tatbiq etadi;
maqsadga erishishda o‘rindosh sifatida turli predmetlar qo‘llaydi;
turli spektakllarda rol ijro etib ishtirok etadi;
olamni o‘zgartirishda insonning yaratuvchi rolini anglaydi;
buyumlarni ikkilamchi qo‘llashda g‘oyalar taklif etishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga
2-ILOVA

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin